Kamomadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Ayrim shaxslarning bo'yniga qo'yilgan pul mablag'lari, inventarlar va materiallaming kamomadlari va talon-torojlar bo'yicha qarzlar hamda aybdor shaxslar hisobiga o'tkazilgan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishi natijasida sodir bo'lgan nobudgarchiliklar 170-«Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. 170-«Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyotining debetiga kamomadlar, rastratalar va talon-torojlar hamda buzilishdan sodir bo'lgan nobudgarchiliklar bo'yicha aybdor shaxslarning bo'yniga qo'yilgan qarzlar summasi yoziladi, bu subschyotning kreditiga kamomadlar va talon-torojlar hamda buzilishdan sodir bo'lgan nobudgarchiliklar bo'yicha qarzlarni to'lash hisobiga tushgan summalar yoziladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, kamomadlar va talon-torojlar natijasida ko'rilgan zararlar summasi yetishmagan (o'g'irlangan) qiymatliklarning chakana baholardagi qiymati miqdorida hisoblanadi. Ayrim hollarda talon-toroj qilish, kamomadga yo'l qo'yish yoki yo'qotish natijasida keltirilgan zarar aybdor shaxslardan koeffitsientlar qo'llanilgan chakana baholar bo'yicha ham aniqlanadi.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga qo'yilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
a) materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarining hisobdagi baholari
bo'yicha summalariga:
Debet 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit 060-069-«Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari» subschyotlari.
b) Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarining hisobdagi baholari
bo'yicha qiymati bilan chakana baholari bo'yicha qiymati o'rtasidagi
farq summasiga:
Debet 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 140-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblan> subschyoti (G'azrtachi-likka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha amalangan materiallar va moddiy qiymatliklarLg ortiqchalari bo‘yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki
Kredit 230 -«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o’tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materially va moddiy qiymatUMarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti)
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar bo'yicha aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga qo'yilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
a) Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming hisobdagi baholari
bo'yicha summalariga:
Debet 260 - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti;
Kredit 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti yoki
Kredit 071 -«Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti yoki
Kredit 072 -«Ombordagi ichki kiyimlar, ko'rpa-to'shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar» subschyoti yoki
Kredit 073 - «Foydalanishdagi ichki kiyimlar, ko'rpa-to'shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallan> subschyoti;
b) Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming chakana baholari
bo'yicha summalariga:
Debet 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 140-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti (G'aznachi-
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
SSSSSsS
Do'stlaringiz bilan baham: |