Hisoblash mashinalari


Download 17.64 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi17.64 Kb.
#164122
Bog'liq
Kompyuter Arxitekturasi amaliy ish 4docx


EHMlarning 6-nchi avlodi bo‘lgan neyron arxitekturasiga asoslangan neyrokompyuterlarni yaratishga qaratilgan ilmiy izlanish ishlari olib borilmoqda.

SHAXSIY KOMPYUTERLAR, ULARNING TUZILISHI VA TARKIBIY QISMI. KOMPYUTERLARNING DASTURIY TA’MINOTI

Hozirgi zamon kompyuterlari asosan shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, ularning texnik

Hisoblash mashinalari

Ish prinsipiga ko’ra

Vazifasiga ko’ra

O’lchamlari va funksional imkoniyatlariga ko’ra

Ko’p ishlatiladigan sohasi

AHM Universal

Super EHM

Matnlarni qayta ishlash

EHM Muammoga yo’naltirilgan

Katta

Dasturlash



GHM Mahsus

Kichik


Mashina grafikasi

Mikro EHM

Kompyuter grafikasi

Ko’tarib yuradigan EHM lar

Kalkulyator va kassa apparatlari

43


tuzilishini 3 qismga bo‘lish mumkin: EHM konstruktsiyasi elementlari. Konstruktiv jihatdan EHM markaziy tizimli blok ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, unga raz’emlar vositasida tashqi qurilmalar: klaviatura, displey, printer va boshqalar ulanadi. Tizim bloki o‘z ichiga tizim platasini, manba blokini, disklardagi to‘plagichlarni, ko‘shimcha qurilmalar uchun raz’emlarni kontrollerlar bilan kengaytirgich platalari tashqi qurilmalar adapterlarini oladi. Tizim platasida (odatda uni “ona platasi” deb ham ataydilar) quyidagi qurilmalar joylashadi: Mikroprotsessor (MP); Matematik soprotsessor; Takt impulslari generatori; OXK va TXK bloklari; Klaviatura adapterlari, KMDT va EMDT lar: Bo‘linish kontrolleri (tekshiruvchisi): Taymer va boshqalar. Klaviatura - ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun ishlatiladi. Displey - ma’lumotlarni kiritayotganda ekranda ko‘rish va xotiradagi ma’lumotlarni ekranda ko‘rish uchun ishlatiladi. Printer - matnli va grafikli ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish uchun ishlatiladi. Bu qurilmalardan tashqari kompyuterga yana har xil kiritish va chiqarish qurilmalarni ulash mumkin. Bularga quyidagi qurilmalar kiradi: "Sichqoncha"- ma’lumotlarni kiritish ishlarini yengillashtiradigan qurilma. Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterlar bilan o‘zaro ma’lumotlarni bir-biriga uzatish qurilmasi. Faks - modem telefaks ishlarini bajaradigan qurilma. Skaner - qog‘ozdagi matnli va grafikli ma’lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilma. Plotter – chertej (chizma) larni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Audioplata - kompyuterda ovoz chiqarish qurilmasi. Diskovod - kompakt diskdan ma’lumotlarni o‘quvchi qurilma. Hozirgi vaqtda egiluvchi disklardan boshqa katta hajmli (700 M bayt) mahsus disklar ham

44


yaratilgan. Bu qurilma shunday disklardan ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi. Trekbol - xuddi "sichqoncha" ishini bajaradigan qurilma. Tarmoq adapteri - mahalliy tarmoqka ulovchi qurilma. Grafik planshet – chertej (chizma) larni mashina xotirasiga kirituvchi qurilma. Shaxsiy kompyuterlarning tashqi qurilmalari Tashqi qurilmalar (TK). Bu har qanday hisoblash kompleksining eng zaruriy qismini tashkil etadi. TQ lar tannarxi bo‘yicha har qanday EHM ning tannarxini 5080% ni tashqil etadi. TQ larning turlari va xarakteristikalariga ko‘ra EHM larning boshqarish tizimlarida va umuman, xalq xo‘jaligining turli soxalarida qo‘llanishi va effektiv ishlatilishi mumkin. TQ lar EHM larning tashqi muhit bilan mashinaning o‘zaro aloqa-sini ta’minlab turadi: foydalanuvchilar bilan, boshqarish ob’ektlari va boshqa EHM lar bilan va xokazo. TQ lar turli-tuman bo‘lib, bir qator belgilari bo‘yicha turkumlarga ajratilishi mumkin. Masalan, vazifasi bo‘yicha TQ lar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: EHM ning tashqi xotirasi yoki tashqi xotira qurilmalari: Foydalanuvchining dialog vositalari: Axbolrotni kiritish qurilmalari: Axborotni chiqarish qurilmalari: Aloqa vositalari va telekommunikatsiyalar. Dialog vositalari. Foydalanuvchining bu vositalariga videomonitorlar (displeylar), pultli yozuv mashinkalari (klaviaturali printerlar) va axborotni nutq orqali kiritish-chiqarish qurilmalari kiradi. Nutq orqali kiritish-chiqarish qurilmalariga tez rivojlanayotgan multimedia vositalari kiradi. Nutq orqali kiritish qurilmalariga turli mikrofonli akustik tizimlar, “tovushli sichqoncha”, masalan, murakkab dasturiy ta’minotli va inson tomonidan aytiladigan harflar va so‘zlarni taniy oladigan, ularni solishtirib kodlashtira oladigan qurilmalar to‘plami kiradi. Nutq orqali chiqarish qurilmalari. Bular turli tovush sintezatorlari bo‘lib, raqamli kodlarni harflarga va so‘zlarga aylantiruvchi hamda kompyuterga ulangan tovush

45


kolonlari yoki qattiq ovoz chiqaruvchi dinamiklar yordamida atrofga tarqatuvchi tizimlardir. Videomonitor (displey) – EHM ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan axborotni ekranda ko‘rsatib turuvchi qurilma. Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi: -klaviatura – raqamli, matnli va boshqaruvchi axborotlarni EHM ga qo‘lda kiritishga xizmat qiladigan qurilma. -grafik planshetlar (didjitayzerlar) – mahsus ko‘rsatkich (pero)ni planshet yuzasida siljitish yordamida grafik axborotlarni qo‘lda kiritishga xizmat qiladigan qurilma. Peroni harakatlanishi natijasida uning turgan o‘rnini koordinatlari avtomatik ravishda o‘qilib, EHM ga kiritiladi. Skanerlar (o‘quvchi avtomatlar) – qog‘ozdagi yozuvlarni avtomatik tarzda o‘qish va EHM ga mashinkada terilgan matnlarni, grafiklarni, chertejlarni, rasmlarni kiritish uchun qo‘llaniladi: skanerning kodlashtirish qurilmasida matn rejimida uqilgan simvol (etalon kontur) bilan solishtirilgandan so‘ng mahsus dasturlar yordamida ASCII kodiga aylantiriladi, grafik rejimida esa o‘qilgan grafiklar va chertejlar ketma-ket ikki o‘lchovli koordinatalarga aylantiriladi. Manipulyatorlar (ko‘rsatish qurilmalari): djoystik-richag, sichqoncha, trekbolgar-dishdagi shar, nurli pero va boshqalar – ekran bo‘ylab kursor harakatini boshqarish orqali grafik axborotni displey ekraniga kiritish, so‘ngra kursor koordinatasini kodlashtirilgan holda uni EHM ga kiritish uchun xizmat qiladi. Sensorli ekranlar. Displey ekranidagi tasvirlar, dasturlar va komandalarning ayrim elementlarini EHM ga kiritish uchun ishlatiladi. Axborotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi: Printerlar – axborotni qog‘ozga chop etuvchi qurilma. Grafik quruvchi (plotterlar) – grafik axborotlarni (grafiklar, chertejlar, rasmlarni) EHM dan qog‘ozga chiqarish uchun ishlatiladi: Plotterlar ikki hil bo‘ladi: vektorli – tasvirni pero yordamida chizuvchi va rastli: termografik, elektrostatik, sachratishli va lazerlidir. Konstruktsiyasiga ko‘ra plotterlar planshetli va barabanli turlarga bo‘linadi. Xamma plotterlarning asosiy xarakteristikalari taxminan bir-biriga yaqinroq: chizish tezligi- 100 – 1000 mm/s, eng yaxshi modellarida rangli tasvir va

46


yarim tonlarni ham ko‘rsata olish imkoniyati bor; lazerli plotterlarning sezuvchanligi eng yuqori, lekin ular eng qimmatli hisoblanadi. Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari uskunalar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan aloqa qilish uchun ishlatiladi (interfeyslarni muvofiqlashtiruvchilar, adapterlar, raqamli-analog o‘zgartirgichlar), shuningdek, EHM ni aloqa kanaliga, boshqa EHM larga va hisoblash tarmoqlariga ulash uchun (tarmoq interfeys platalari, ulagichlar, modemlar, axborotlarni uzatuvchi modemlar) qo‘llaniladi. Multimedia vositalari (MULTIMEDIA - ko‘p muhitlilik) - bu apparat va dasturiy vositalar kompleksi bo‘lib, insonga kompyuter bilan turli xil muhitlar: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiyalar va boshqalardan foydalangan holda aloqa qilishlikni bildiradi. Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: Nutq orqali axborotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari; Keng tarqalgan skanerlar (ular kompyuterga avtomatik ravishda chop etilgan matnlarni va rasmlarni kiritishi mumkin); Yuqori sifatli video va tovushli platalar, video magnitofon va videokameralardan tasvirlarni ko’chiruvchi videoko’chirgich platalari, ular orqali shu tasvirlarni EHM ga kiritish; Tovushli va video axborotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari. Moprotsessorlar (qo‘shimcha protsessorlar, matematik soprotsessor, kiritishchiqarish soprotsessori va h.k) sonlar ustida bajariladigan operatsiyalarni tezlashtirish uchun keng qo‘llaniladi, asosiy MP bilan parallel ravishda ishlaganligi sababli kiritish-chiqarish amallarini bajarilishini tezlatadi, shuningdek, xotiraga to‘g‘ridan-to’g‘ri kirish rejimini amalga oshiradi. Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish kontrolleri (tekshiruvchisi) MP ni magnit disklaridagi to‘plagichlarni boshqarishdan ozod qiladi, bu esa SHEHM ni tezligini sezilarli darajada oshiradi. Bu tekshiruvchisiz TXQ va OXQ orasidagi axborot ayirboshlash MP registrlari orqali amalga oshiriladi, agar tekshiruvchi bo‘lsa,
Download 17.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling