Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin


Download 246 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi246 Kb.
#1063657
Bog'liq
8 4-dars SMM platformalari bilan tanishish. Telegram tarmog\'i


III. Fan nomi: Informatika.
IV. Mavzu: SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOG’I


V. Maqsad: O`quvchilarga Telegram xabar almashish dasturi haqida ma’lumot berish.
VI. Kompetensiyalar
TK2 - Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
TK6 - Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
FK1 - Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
FK2 - Elektron vositalarda axborotlarni qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
FK3 - Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


VII. Takrorlash.
1. YouTube platformasida ro‘yxatdan qanday o‘tiladi?
2. YouTube platformasidagi videoroliklarni yuklab olish mumkinmi?
3. YouTube platformasida ta’lim sohasiga taalluqli videoroliklar mavjudmi?
4. YouTube va Google platformalarining bir-biriga qanday aloqasi bor?


VIII. Yangi mavzuni organish.







Telegram tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar almashish dasturi bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va h. k.)ni jo‘natish mumkin.
Telegram loyihasi 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan.



Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi.
Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin.
Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar.
Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar.
Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi.
Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin.
Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin.
Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi.
Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish

1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING tugmachasi tanlanadi (1).


2. Davlat nomi va telefon raqami kiritiladi (2).
3. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelgan kod teriladi (3).






Telegram tarmog‘ini sozlash
1. Telegramga (1) kirib, Contacts (2) bo‘limi orqali yangi foydalanuvchi kontaktini qo‘shish
mumkin.
2. Telegramga (1) kirib, Settings (Sozlash) (3) bo‘limi orqali profilni tahrirlash (4), xabarlarni eslatish (5), profilni himoyalash (6), chat oynasini sozlash (7), yangi papka yaratish (8) hamda tilni
sozlash (9) mumkin.

IX. Mustahkamlash.



TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Telegram tarmog‘ida guruhli chat deganda nimani tushunasiz?
2. Telegram tarmog‘ida botning asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Telegram tarmog‘idagi papkalarning vazifasini aytib bering. Papkalar qanday hosil qilinadi?
4. Ijtimoiy marketingni Telegram tarmog‘ida qanday yuritish mumkin?

X. Uyga vazifa



AMALIY TOPSHIRIQ
1. Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting.
2. Telegram tarmog‘ida shaxsiy profilingizga rasm o‘rnating va ma’lumotlarni kiriting.
3. Telegram tarmog‘ida kontaktlar ro‘yxatiga yangi kontakt qo‘shing.
4. Telegram tarmog‘ida xavfsizlik tizimingizni sozlang. Profilingizni himoyalang.
5. Telegram tarmog‘ida papkalar hosil qiling. Chat va kanallaringizni saralang.
6. Telegram tarmog‘ida turli loyihalarni yurituvchi kanal va guruhli chatlarni qidirib toping,
ularga a’zo bo‘ling.

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling