Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
Download 246 Kb.
|
8 4-dars SMM platformalari bilan tanishish. Telegram tarmog\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Yangi mavzuni organish.
- Telegram
- Guruhli chat
- Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish 1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING
- Telegram ga (1)
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
III. Fan nomi: Informatika. IV. Mavzu: SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOG’I V. Maqsad: O`quvchilarga Telegram xabar almashish dasturi haqida ma’lumot berish. VI. Kompetensiyalar TK2 - Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi TK6 - Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi FK1 - Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi FK2 - Elektron vositalarda axborotlarni qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi FK3 - Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi VII. Takrorlash. 1. YouTube platformasida ro‘yxatdan qanday o‘tiladi? 2. YouTube platformasidagi videoroliklarni yuklab olish mumkinmi? 3. YouTube platformasida ta’lim sohasiga taalluqli videoroliklar mavjudmi? 4. YouTube va Google platformalarining bir-biriga qanday aloqasi bor? VIII. Yangi mavzuni organish.
Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi. Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin. Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar. Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar. Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi. Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin. Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi. Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish 1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING tugmachasi tanlanadi (1). 2. Davlat nomi va telefon raqami kiritiladi (2). 3. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelgan kod teriladi (3). Telegram tarmog‘ini sozlash 1. Telegramga (1) kirib, Contacts (2) bo‘limi orqali yangi foydalanuvchi kontaktini qo‘shish mumkin. 2. Telegramga (1) kirib, Settings (Sozlash) (3) bo‘limi orqali profilni tahrirlash (4), xabarlarni eslatish (5), profilni himoyalash (6), chat oynasini sozlash (7), yangi papka yaratish (8) hamda tilni sozlash (9) mumkin. IX. Mustahkamlash.
X. Uyga vazifa
Download 246 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling