Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari


Download 129.28 Kb.
bet3/10
Sana18.10.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1707749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asos

Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informasiyaning suzlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma`lumotlar va x.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashki ta`sirnatijasida sezgi organlar orqali axborotlarga ega bo’ladi. Bular: ta`m bilish, xid sezish, eshitish, ko’rish, teri-badan sezgisi.
Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo`lgan extiyoji juda katta. Uzatish vositalari - sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. Tuplash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter.
Informatika to`g`risida gap ketganda, har bir kishi qandaydir axborotlar haqida fikr borayotganligini va bu axborotlar nimagadir yoki kimgadir tegishli ekanligini tushunadi. Bu axborotlar qayerdan olingan, qanday saqlangan va ularni manbai qayerda ekanligi ko`pchilikni qiziqtirishi mumkin.
Qadimda insonlar, qog`oz mavjud bo`lmagan vaqtlarda, o`sha davrga tegishli ma`lumotlarni toshlarga, daraxt barglariga, gildan (loydan) yasalgan tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma`lumotlar esa cherkovlarda yoki ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma`lumotlarga ega bo`lish, ularni o`rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O`qishni yoki yozishni bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan. Vaqt o`tishi bilan insonlar o`zgardi, jamiyatning tuzumi o`zgardi. Jamiyatda o`qimishli kishilar ko`paydi. Yangidan-yangi axborotlar hosil bo`ldi. Bu axborotlarni ko`paytirish va ularni barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo`ldi. Axborotlarni tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda ro`y berayotgan o`zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to`g`risida axborotlarga ega bo`lishdi.
Yillar o`tishi bilan hosil bo`ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya`ni informasion sanoatga asos solindi. Ko`plab tirajda chop etilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi. Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya axborotlarni uzatish vositasi bo`lib qoldi.
Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin
«ko`rinishni berish», «tasavvurlash» ma`nosida tushunilgan.

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling