Hisoblash


Download 305.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi305.85 Kb.
#212705
1   2   3   4
Bog'liq
2 5474679582533618139

2.1.NAZARIY QISM. 

Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-

kitob qilish 

Ma’ruza  mashg’ulotidan  ma’lum  bo’ldiki,  tabaqalashtirilgan  tarif  bo‘yicha 

hisob-kitob qilmaydigan barcha boshqa II, III, IV tarif guruh iste’molchilari elektr 

energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi. 

Bir stavkali tarif hisob-kitob davrida iste’mol qilingan har bir kVt/s elektr 

energiyasi uchun to‘lovdan iborat. 

Tarif  o‘zgarganda,  tarif  o‘zgargan  sanagacha  iste’mol  qilingan  elektr 

energiyasi  hajmi  oldingi  to‘lov  vaqtidan  boshlab  o‘rtacha  sutkalik  iste’mol 

bo‘yicha  aniqlanadi  va  unga  eski  tarif  bo‘yicha  haq  to‘lanadi.  Hisobga  olish 

asboblarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.  




Tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun 

yangi  tarif  bo‘yicha  haq  to‘lanadi.  Maishiy  iste’molchi  o‘z  xohishiga  ko‘ra,  2 

oydan  ko‘p  bo‘lmagan  muddat  uchun  elektr  energiyasidan  foydalanish  haqini 

oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-

kitob qilinmaydi. 

Arifmetik  xatoliklar,  tariflarni  noto‘g‘ri  qo‘llash  tufayli  paydo  bo‘ladigan 

kam  va  ortiqcha  to‘lovlar  tegishli  tarif  bo‘yicha  kVt  soatlarda  qayta  hisoblab 

chiqiladi  va  hududiy  elektr  tarmoqlari  korxonasi  tomonidan  da’vo  muddati 

doirasida  ko‘rsatkichlardagi  tafovut  yoki  qo‘shimchalar  bilan  birgalikda  hisobga 

olinadi. 

Maishiy  iste’molchilar  to‘lov  bo‘yicha  qarzdor  bo‘lganda,  to‘lov  muddati 

o‘tgan  har  bir  kun  uchun  to‘lov  muddati  o‘tgan  summaning  0,1  foizi  miqdorida, 

lekin  muddati  o‘tgan  to‘lov  summasining  50  foizidan  ko‘p  bo‘lmagan  miqdorda 

penya to‘laydilar. 

Penya hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin va amalga 

oshirilgan  qayta  hisob-kitoblardan  so‘ng,  shuningdek,  belgilangan  tartibda 

kiritilgan  oldindan  to‘lov  hisobga  olingan  holda,  hisob-kitob  davridan  keyingi 

oyning  11-kunidan  boshlab  maishiy  iste’molchining  aniqlashtirilgan  qarzdorlik 

(to‘lanmangan qarz) summasidan undiriladi.  

Penyani  hisoblash  uchun  qarzdorlik  hosil  bo‘lgan  oy  aniqlanadi  va  qarz 

to‘langan har bir oy bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya 

shu oydan boshlab hisoblanadi. 

Iste’mol  qilingan  elektr  energiyasi  bo‘yicha  qarzdorlik  mavjud  bo‘lganda 

maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan 

jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga 

yetgan  jismoniy  shaxsning  solidar  javobgarligi  u  maishiy  iste’molchiga  tegishli 

bo‘lgan  turar  joyga  propiska  qilingan  vaqtdan  boshlab  vujudga  keladi  va 

propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi. 

 

 




Download 305.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling