Hisoblash
MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR
Download 305.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5474679582533618139
2.3.MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR.
1. Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 950 Vt quvvatdagi muzlatgichdan va 1050 Vt quvvatdagi kondensionerdan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi. 2. Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 1050 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 5 ta 100 Vt va 4 ta 150 Vt quvvatli lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi. 3. Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 1200 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 10 ta 7 Vt va 5 ta 5 Vt quvvatdagi lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi. 4. Reaktiv quvvat iste’moli Q 180 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lgan iste’molchining iste`mol qilayotgan elektr energiyasi uchun qaysi stavkada to`lashi lozim ekanligini aniqlang. 5. O’zgarmas rejimda iste’mol qilayotgan reaktiv quvvati 240 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lgan iste’molchining 24 soat uzluksiz qabul qilgandagi elektr energiya uchun to’lovini hisoblang. 6. O’zgarmas rejimda iste’mol qilayotgan reaktiv quvvati 133 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,6 ga teng bo’lgan iste’molchining uzluksiz 1 yillik elektr energiya iste’moli uchun to’lovini hisoblang. 7. Reaktiv quvvat iste’moli Q 100 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,75 ga teng bo’lgan iste’molchining iste`mol qilayotgan elektr energiyasi uchun qaysi stavkada to`lashi lozim ekanligini aniqlang. 8. Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 550 Vt quvvatdagi muzlatgichdan va 1200 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 15 ta 100 Vt va 25 ta 5 Vt quvvatdagi lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi? 9. Maishiy iste’molchining elektr energiya hisoblagichidan cosφ 0,8, o’zgarmas qiymatdagi 15 A tok uzluksiz 30 kun davomida o’tishi natijasida qancha elektr energiyaga to’lovni amalga oshiradi? U=220 V. 10. Iste’molchining elektr energiya hisoblagichidan cosφ 0,6, o’zgarmas qiymatdagi 40 A tok uzluksiz 30 kun davomida o’tishi natijasida qancha elektr energiyaga to’lovni amalga oshiradi? U=220 V.
Download 305.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling