Hisobot 2023 Kirish Reja : Xalq Banki atbning tashkil topishi va faoliyati. Xalq Banki atbning tashkiliy tuzilmasi
Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan
Download 1.85 Mb.
|
Hisobot Xalq Banki (Navrozbek)1
4. Xalq Banki ATBning istiqbolli rivojlanish bosqichlari
Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish Ichki nazorat tizimini takomillashtirish Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – eng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi. Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi. Xulosa Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to`g`risida aniq, ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishlarida audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Audit olib borish tartibi qonunlar, hukumat qarorlari va idoraviy yo`l-yo`riqlar bilan tartibga solib boriladi. Mijozning moliyaviy holatini yaxshilash, investorlar, kreditorlarni jalb etishga yordam beradi, moliya, soliq va boshqa sohalarda maslahat beradi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi. Tijorat banklarining audit xulosalari matbuotda e`lon qilinishi lozim. O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi. Shuningdek, u bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Boʻsh mablagʻlarni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim oʻrin tutadi.Bu borada koʻrilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash koʻlami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion soʻmlik kredit ajratildi.Yigʻilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi boʻyicha 24 mingdan ziyod murojaat boʻlgani shundan dalolat beradi.Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam boʻlsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga toʻgʻri keladi.Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator obyektlar oʻz vaqtida ishga tushmagani va kreditlar qaytishi choʻzilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida kredit mablagʻlari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalari haligacha boshlanmagani tanqid qilindi. Bank nazoratining asosiy asosini banklarning o`zlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisobot shakli yoki auditorlik firmalari tasdiqlagan ish faoliyatining moliyaviy ahvoli va rentabelligi haqidagi axborotlar tashkil etadi. Ko`pgina xalqaro me`yoriy hujjatlarda bank aktivlari va passivlarini noto`g`ri baholash, ular faoliyatining moliyaviy natijalari haqqoniy baholanishi zarurligi ta`kidlanadi. Biroq eng mukammal xalqaro standartlar ham tijorat banklarining real moliyaviy ahvoli va moliyaviy hisobotlardagi ma`lumotlar bilan mos kelmasligi mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling