Hisobot 2023 Kirish Reja : Xalq Banki atbning tashkil topishi va faoliyati. Xalq Banki atbning tashkiliy tuzilmasi
Download 1.85 Mb.
|
Hisobot Xalq Banki (Navrozbek)1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova KIRISH
HISOBOT 2023 Kirish Reja : 1. Xalq Banki ATBning tashkil topishi va faoliyati . 2. Xalq Banki ATBning tashkiliy tuzilmasi. 3. Xalq Banki ATBning moliyaviy ,iqtisodiy ko’rsatkichlari . 4. Xalq Banki ATBning istiqbolli rivojlanish bosqichlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova KIRISH Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Korporativ boshqaruv" ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Dulanov Navruzbek Eshim o‘g‘li O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rata maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida"gi nizomga muvofiq kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash maqsadida 2023-yil 3-apreldan 5-maygacha bo’lgan muddatda tanishuv amaliyotini “ Xalq Banki” ATB Chiroqchi tuman filialida o‘tadi. Talaba Dulanov Navruzbek Eshim o‘g‘li ushbu muddat ichida tanishuv amaliyotini amalga oshirish davomida quyidagi vazifalarni bajardi: - nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo‘yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish; - sohada faoliyat yuritishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish; - amaliyot o‘tashda zaruriy materiallarni to‘play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish; - amaliyot o‘tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog‘liqlikda xulosalar yasash; - amaliyot o‘tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish. Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022-yilda qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash хisoblanadi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi respublikada makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning muntazam o’sishi uchun puxta zamin yaratmoqda. O’zbekistonda investitsion va ishbilarmonlik muhitlarning samarali shakllantirilganligi natijasida xalqaro va jahonning etakchi moliya tashkilotlarida mamlakatimiz banklariga juda katta qiziqish uyg’onmoqda, ularni yangi investitsiya obyekti sifatida ko’moqda. Mamlakatdagi moliyaviy barqarorlik va banklarning 3 ishonchliligi sababli xalqaro moliya tashkilotlari va jahonning yirik tijorat banklari O’zbekiston banklari bilan hamkorlik ishlarini rivojlantirmoqdalar. Xususan, bugungi kunda O’zbekiston banklari Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi, Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha islom korporatsiyasi, Germaniya rivojlantirish banki (KFW), Landesbank AG (Germaniya), Commerzbank AG (Germaniya), Hypo Vereins Bank AG (Germaniya), Societe Generale banki (Frantsiya), Niderlandiya rivojlantirish banki (FMO), YAponiya xalqaro hamkorlik banki, Xitoy rivojlantirish davlat banki, Xitoyning eksport-import banki, Koreyaning eksport-import banki va boshqa yirik xorijiy banklarning kredit liniyalarini jalb qilgan. Ma’lumki, har qanday mamlakat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustuni boʻlib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat koʻrsatuvchi bank tizimixizmat qiladi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etiladigan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bogʻliqdir. Oʻzbekiston Respublikasining bugungi iqtisodiy muhiti tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, respublikamiz bank tizimining samaradorligini oshirish asosida, xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari xizmatlarini yaratish va mijozlarning ularga boʻlgan ehtiyojini toʻla qonli qondirish mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, Oʻzbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks koʻrinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi. Davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama oʻrganilgandan soʻng, shuningdek, banklar kredit qoʻmitasining ijobiy qarori mavjud boʻlgan hollarda taqdim etiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling