Hisobot bo’limlari
Download 0.83 Mb.
|
HISOBOT SHAVKATBEKOV ISHMOILJON TVL7 GRUHI
TOPSHIRIQ
KIRISH Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xalqaro jamiyatga integratsiyalash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdodagi mavjud texnik to‘siqlarning echilishidir. Shu bois, standartlashtirish bo‘yicha olib borilayotganfaoliyat o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, jahon bozoriga to‘siqlarsiz chiqish, Butunjahon savdo tashkiloti talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona qo‘llanilishi zarur bo‘ladi. Olib borilayotgan islohotlarning yanada rivojlantirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ishlanma muayyan darajada xizmat qiladi. Shu bilan birga kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga mos keladigan hamda Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish konsepsiyasi»ning asosiy vazifalaridan biri sifatida elektron o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish uchun lmiy-g‘oyaviy, psixologik-pedagogik va metodik talablarni ishlab chiqish, elektron o‘quv-metodik majmualaridan to‘g‘ri va ratsional foydalanish maqsadida ularning mavjud shakllari va turlariga aniq ta’riflar berish hamda mamlakat miqyosida zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarni tayyorlash bo‘yicha strategik masalalar ko‘lamini aniqlash belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq talim tizimida o‘zgarishlar bosqichma-bosqich olib borilishi nazarda tutilgan: oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish; talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish; Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirish va turmushda ro‘y berayotgan jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniyma’naviy yangilanishining muhim sub’ekti bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasi muhim ahamiyatga ega. - oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametr-larini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish; - ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy – ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; - yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv – metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot – resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; - oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm –fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor – o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba – yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling