Asosiy maqsadlarga erishish uchun IBT sohasidagi maqsadlarni belgilash uchun quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi:
IBT faoliyatini amalga oshirishda xodimlarning ishtirokini oshirish, xodimlar talablarga rioya qilishning ahamiyatini anglab yetishi va ularning bilim darajasini oshirish;
Jarayonlarni boshqarish va ishlarni amalga oshirish usullarini takomillashtirish;
Texnik ta’minotniyaxshilash.
Rahbariyat quyidagi majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi:
korxonaning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy talablarni, iste’molchilarning talablarini bajarilishini ta’minlash, shuningdek majburiyatlarga muvofiq boshqa talablarini bajarilishini ta’minlash;
atrof-muhit muhofazasi talablarini va harakatlarni bajarilishini ta’minlash, shu jumladan: ifloslanishning oldini olish; atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanish; salbiy ekologik ta’sirlarning oqibatlarini yumshatish; mintaqaning biologik xilma-xilligini va ekotizimlarini saqlashga intilish;
sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash sohasida xatarlarni bartaraf etish va xavflarni kamaytirish, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash, ish bilan bog‘liq shikastlanishlarning va sog'liqning yomonlashuvining oldini olish;
xodimlar bilan maslahatlashish va ularning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida ishtirok etishlarini ta’minlash;
tizim doirasida, maqsadlarga erishish, energetika muammolarini hal qilish va energiya samaradorligini boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot va resurslarni mavjudligini ta'minlash;
sotib oilish jarayonida energiya samaradorligiga ta’sir etadigan energiya jihatidan samaradorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning ustuvorligini ta'minlash;
energiya samaradorligini oshirishni hisobga oladigan loyihalarning ustuvorligini ta’minlash;
yuqorida ko‘rsatilgan sohalarda integratsiyalashgan boshqaruv tizimini doimiy takomillashtirishni ta’minlash, ish faoliyatining ekologik ko‘rsatgichlarini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish;
bu siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash va uni yangilab turish.
Ushbu Siyosatni belgilashda rahbariyat integratsiyalashgan boshqaruv tizimining va har bir yo‘nalishning samaradorligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Ushbu Siyosat «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ uchun umumiy bo‘lib, rahbar va xodimlarga o‘z faoliyatlarida amal qilish majburiyatini yuklaydi.
Integratsiyalashgan boshqaruv tizimini hujjati. «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ sifat, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya samaradorligini ta’minlash sohasidagi Siyosatii.
Do'stlaringiz bilan baham: |