Hisoboti jizzax-2022 Paxtakor tumani 4-maktab kasbga yo'naltiruvchi psixologi Rayimqulov Xurshidning 2022-2023 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan oktabr oyi hisoboti


Download 1.42 Mb.
bet8/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.42 Mb.
#1009537
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OKTYABR XISOBOTI KASB. 4-maktab 11

HISOBOTI.
O‘quvchilarni ongli va mustaqil kasb tanlashlariga ko‘maklashish hamda maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2022-yil 3- oktabr kuni maktab psixologi tomonidan oktabr oyi ,,Maishiy xizmat ko‘rsatish kasblari ‘‘ oyligi ekanligi maktab o‘qituvchilarga e‘lon qilindi
Maktab ppsixologi tomonidan oktabr oyi ,, Maishiy xizmat ko‘rsatish kasblari oyligi‘‘ga doir stend tayyorlandi va ushbu oyga tegishli bo‘lgan kasblar haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida joriy yilning 19 oktabr kuni maktabning 5-6,20-oktabr, 7-8,-9, 21-oktabr 9-10-11-sinf o‘quvchilariga sinflar kesimida targ‘bot ishlari olib borildi.
"Oktabr maishiy xizmat ko‘rsatish kasblari " oyligi munosabati bilan joriy yilning 19 oktabr kuni maktab ppsixologi, tomonidan maktabning 7-8-9-10-sinf o‘quvchilari bilan "Fidoiy kasb egalari" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni kasblar haqidagi fikrlarini kengaytirish,ularning qobiliyati va imkoniyatlari asosida to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish har tomonlama etuk va davlatimiz ravnaqini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shadigan munosib kadrlar bo‘lib etishishga ko‘maklashishdir.Joriy yilning 22-23-24-oktabr kunlari 7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilari tomonidan Respublika Tashxis Markazining maktab psixologlari uchun ishlab chiqilgan ish rejada belgilangan o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2022-2023-o‘quv yili oktabr oyiga mo‘ljallangan “Kasbim-kelajagim” profnavigator.uz onlayn platforma orqali:7-sinf:”Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash”8-sinf:”Muloqatchanlikning darajasini aniqlash” 9-sinf:”Shaxs yo ‘nalganligini aniqlash”10-sinf:”O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash”11-sinf:”O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini aniqlash” kabi metodikalar to‘liq ishlanib chiqildi.O‘quvchilar o‘z qiziqishlari bo‘yicha belgilagan javoblari asosida sertifikatlariga ega bo‘lishdi.Maktab psixologi tomonidan har bir o‘quvchiga natijalari e'lon qilindi.
Maktab psixologi tomonidan 26-kuni 7-sinflar o‘quvchilari bilan “Kasblar janjiri” 8-sinf o'quvchilari bilan 2-trening mashg'uloti o'tkazildi.Mashg'ulot davomida "O'ylab top", "Kim bo'lsam ekan" kabi metodlardan foydalanildi
27-oktabr sanasida 9-10-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda,,Kasb tanlashdagi muammolar‘‘kabi kasbiy treninglar o‘tkazildi.

Tashkil etilgan treningning asosiiy maqsadi: o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni oshirish,kasb tanlashga qiziqtirish .Tashkil etilgan trening davomida o‘quvchilar bilan maqsadlarga erishish yo‘lidagi kayfiyatni ko‘taruvchi mashqlar bajarildi.



Maktab psixologi:. X.Rayimqulov
Maktab direktori: M.Murodova
Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling