Hisobotning maqsadi


Asosiy qism Hisobotning maqsadi


Download 19.08 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1550061
1   2
Bog'liq
hisobot2022

Asosiy qism
Hisobotning maqsadi.
Auditorlik kasbini amaliy jihatdan chuqurroq o’rganib chiqishimiz uchunbiz magistrantlarga amaliyot o’tash juda muhim hisoblanib, bu davrda barcha kasbga oid bo’lgan - ko’nikmalarga ega bo’lamiz. Amaliyot o’tash davri institutdagi nazariy bilimlar bilan birgalikda olib borishimiz bizga bu kasbga bo’lgan zaruriy kasbiy kompitetlikni bera oladi.
Shu qatorda aytib o’tish lozimki, amaliyot davomida auditor qanday vazifalarni bajarishi kerak va uning o’z ishiga bo’lgan qanday majburiyatlari bo’lishi zarurligi to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik. Amaliyotchi auditor sifatida korxonalarning faoliyati bilan tanishib chiqdik, buxgalteriya hisobotlarini tekshirib xato va kamchiliklarini to’g’irlash usullari bilan tanishib chiqishimiz uchun ham zarur.
Moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida - sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi. Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitoring-kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo’yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo’jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo’linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni muqobil tekshirish, pul mablag’lari va moddiy boyliklarni ro’yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi. Moliyaviy nazorat, shuningdek, majburiy va o’z tashabbusiga ko’ra amalga oshirilishi mumkin. Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar kabi xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi.
Bundan tashqari, byudjet ijrosining nazorati to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning to’liq qamrab olinishiga bog’liq.
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo`limlari bo`yicha o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
-aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
-auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;
- faoliyat ko`rsatayotgan korxona prinsipi bilan bog`liq omillarni baholash;
- buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
-hisobot tuzilganidan so`ng sodir bo`lgan hodisalarni baholash;
-tekshiruv natijalari bo`yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga
taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
-auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o`tkazish mobaynida asosan tekshirilayotgan xojalik
yurituvchi subyektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni
baholaydilar.
Ta'kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xojalik yurituvchi subyekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma'lum darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur. Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko`rsatuvchi holatlarni obyektiv baholashi zarur:
- xojalik yurituvchi subyekt xodimlariga ma'lum bo`lgan, ammo auditor
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
- tekshiruv uchun zarur bo`lgan, auditorga o`z vaqtida taqdim qilinmagan
dastlabki hujjatlar yoki ma'lumotlarga doir xojalik muomalalari;
-mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
-inventarizatsiya natijasida aniqlanib dalolatnoma va taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va
tuzatilmagan katta tafovutlar;
- katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so`rovlariga kutilgan
javobgar olinmaganligi;
- tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli
ruxsat etuvchi ko`rsatmalar taqdim qilinmagan xojalik muomalalari.
Auditor to`plangan dalillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar
aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o`tkazish) hisobga olishi kerak.
Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va tekshirish rejalari ham
e'tiborga olinishi lozim.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul
qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to`g`ri rasmiylashtirilishiga
bog`liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va
tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning
ishonchliligi to`g`risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar
yetarliligi baholanadi.
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma'lumotlarining tengligini
tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chekish yoki debitor va kreditor qarzlar
tasdig`ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan
analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar
ma'lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga olinadigan
schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- mol yetkazib beruvchilar schyotlari bo`yicha debet qoldiqlar;
- mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, shuba va tobe korxonalarga va
boshqa o`zaro bog`liq tomonlardan qarzlar summalari;
- mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta
tuzatishlar;
- da'vo muddati o`tib ketgan yoki o`tayotgan to`lanmay qolgan schyotfakturalar.
Barcha belgi qo`yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalillar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Xulosa
Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo‘lib, O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga ilg‘or innovatsion-zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka e’tiborni qaratishimiz zarur.
Audit sohasi nafaqat nazariy, balki ko‘proq amaliy fandir. U bevosita amaliyotga tayanadi, aniq manbalar, raqam va hisob-kitoblardan foydalanadi. Shuning uchun iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, iqtisodiy haqiqatlarni namoyon etish aniq iqtisodiy jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Bunda amaliy vaziyatlarni o‘yinlar vositasida ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Ish o‘yinlari - iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirishning samarali usuli.
Albatta, boshqa soha olimlari ham iqtisodiy tafakkur, aqliy qobiliyat, iqtidor yangilik yaratish, kashfiyotlar asosi ekanini isbotlashga harakat qiladilar. Bu ularning kasb-hunar ta’limi nazariyasi va amaliyoti, kasbiy ta’lim, mehnat ta’limi, kasbga yo‘naltirish muammolariga ilmiy yondashuvlarida namoyon bo‘ladi.
Talabalarda sohaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga aniq baho berish, o‘quv-tarbiya jarayoni va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rnatish, talabalarda tadbirkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishini aniqlash tadqiqotimiz ushbu qismining vazifasi bo‘ldi.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan shakllantiruvchi pedagogik tajriba-sinov ishlarining talabalar bilim darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish bosqichi amaliyotchi o‘qituvchilar va muallif tomonidan amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biz magistrantlarning amaliyot o’tash davomida o’zimiz uchun zaruriy ko’nikma va malakalarni hosil qilib oldik. Ham nazariy ham amaliy va ham pedogogik mahoratni oshirish maqsadida bir vaqtning o’zida amaliyot olib borganligimiz tufayli kasbiy etika va kompitetlik jihatlarini shakllantirishga yordam berdi.
Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling