Hisobvarag'i, 56600- «Eskirish xarajatlari» hisobvarag'i, 45900- «Boshqa foizsiz daromadlar» hisobvarag'idir
Download 12.84 Kb.
|
Документ (8)
hisobvarag'i, 56600- «Eskirish xarajatlari» hisobvarag'i, 45900- «Boshqa foizsiz daromadlar» hisobvarag'idir. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo'yicha asosiy vositalarning hisobi bosh va yordamchi kitoblarida, katochkalarda, shuningdek, jumallarda yuritiladi. Kartochkaning old qismida bank nomi, asosiy vositalar nomlari, inshoot sotib olingan sana va uning joylashgan joyi, hisobvaraq raqami, kredit va debet bo'yicha aylanmalari hamda qoldig'i, buxgalteriya yozuvining mazmuni, buxgalteriya yozuvi qayd qilingan sana, nazoratchining imzosi va boshqa rekvizitlar ko'rsatiladi. Kartochkaning orqa tomonida ob’ektning qisqacha tavsifi hamda texnik ahvoli bayon etiladi. Barcha asosiy vositalar balansda dastlabki qiymat bo'yicha, ya'ni, uni sotib olish yoki qurish xarajatlari milliy valyutada hisobga olinib, ulami keltirish va o'matish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ham shu qiymatga qo'shiladi. Asosiy vositalami barpo etishda loyiha-tatqiqot ishlari, qurilish materiallari, binolami qurish - ta'mirlash xarajatlari va ulami sotib olish bilan bog'liq boshqa kapitallashtirilgan xarajatlar qiymatini oldindan to'liq yoki qisman to'lab beriladi. Bunday operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag’i, Kt 16103-“Bosh bank/ filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i. Agar bank faoliyati uchun bino sotib olingan bo'lsa, u holda, bank balansida quyidagicha rasmiylashtiriladi Dt 16509-“Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar” hisobvarag’i, K tl9909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag’i. Shuningdek, bank uchun ofis jihozlari olinganda esa, Dt 16535- “Mebel, moslama va jihozlar” hisobvarag’i, Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag’i. Ushbu sotib olingan asosiy vositalami bank omboriga kirim qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag’i, Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag’i. Tijorat banklari o'z faoliyatini kengaytirishi yoki binolarini ta'mirlash ishlarini amalga oshirada, ularda ta'mirlash ishlari tugagunga qadar qilingan barcha xarajatlar 16505- «Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvarag'ida yig'ilib boradi. Bunda binolami qurish va ta'mirlash bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar qabul qilish - topshirish dalolatnomalari tuziladi va bunday xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 16505-«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag’i, Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” hisobvarag’i. Download 12.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling