Hisobvaraqlar rejasini tuzish va uning tavsifi


Download 0.82 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1518188
Bog'liq
3-guruh bank hisobi

Hisobvaraqlar rejasini tuzish va uning tavsifi

Tayyorladi: :

Azimov Yasharbek

Sherov Uzoqboy

Panjiyev Asilbek

Saidaxmadov Behruz

Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997-yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq Ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar.

  • Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997-yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq Ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar.
  • 1996-yil 13-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan “Respublika Markaziy bankining hisobvaraqlar rejasi”, 290-sonli qarori bilan esa “Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi” tasdiqlandi. 1997-yil 1-apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi asosida olib borila boshlandi.

Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo’yicha hisobvaraqlar alohida bo’limlarga kiritilgan, ya’ni:

  • I bo’lim 10000 – Aktivlar;
  • II bo’lim 20000 – Majburiyatlar;
  • III bo’lim 30000 – Kapital;
  • IV bo’lim 40000 – Daromadlar;
  • V bo’lim 50000 – Xarajatlar;
  • VI bo’lim 90000 – Ko’zda tutilmagan holat bo’yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar.

Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan. Hisobvaraqlarning nomerlanishi quyidagicha:

  • K AH SC
  • K – hisobvaraq kategoriyasini bildiradi, ya’ni:
  • 1 – Aktivlar;
  • 2 – Majburiyatlar;
  • 3 – Kapital;
  • 4 – Daromadlar;
  • 5 – Xarajatlar;
  • 6 – Ko„zda tutilmagan holatlar bo’yicha hisobvaraqlar.

AH – yuqorida sanab o’tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy hisobvaraq

  • AH – yuqorida sanab o’tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy hisobvaraq
  • 01 – asosiy hisobvarag’i naqd pullar va boshqa kassa hujjatlarini bildiradi, ya’ni bank aktivlaridan biri bo„lgan naqd pullar.

  • SC – asosiy hisobvaraqqa qarashli bo’lgan subschyot.
  • Masalan, 10000 – aktivlarni bildiradi.
  • 10100 – aktivlar bo’limiga qarashli naqd pullar va boshqa kassa hujjatlarini bildiruvchi asosiy hisobvaraq.
  • 10101 – aylanma kassadagi naqd pullarni bildiruvchi hisobvaraq.
  • Demak, 1 – aktivlar;
  • 01 – naqd pullar;
  • 01 – aylanma kassadagi naqd pullar.

Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo’linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat.

  • Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo’linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat.
  • Masalan: 23 10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o’z ichiga oladi:
  • 10101 – aylanma kassadagi naqd pullar;
  • 10102 – zaxiradagi naqd pullar;
  • 10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;
  • 10107 – bankomatlardagi naqd pullar;
  • 10109 – yo’ldagi pullar;
  • 10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar.

Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo„yicha ko„rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya‟ni,

  • Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo„yicha ko„rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya‟ni,
  • 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
  • 2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o„z ichiga oladi:
  • 20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
  • 20203 – Respublika qaramog„idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha muddatsiz depozitlari;
  • 20204 – Mahalliy budjet qaramog„idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling