Hissadorlik jamiyatlarida kapitallar
Download 98.54 Kb.
|
10-mavzu korporativ
kl )]
(11) bu erda Rr — taqsimlanmagan foyda, k— bozor foiz stavkasi kl — inflyastiya ta’sirini hisobga oladigan tuzatish koeffistienti. Taqsimlanmagan foyda narxi juda past bo’lishi mumkin, chunki to’lov muddatini kechiktirish hisob-kitob qilinmagan yo’qotishlar ehtimolini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, foydani investistiyalashni asoslab berishda bo’lajak dividendlarni risk uchun mukofotni hisobga olgan holda hisob-kitob qilish zarur. Faqat shu holdagina hisob-kitoblar to’g’ri amalga oshiriladi. Agar hissadorlar pul dividendlari oladigan va ularga ma’lum bir daromadli qimmatli qog’ozlar sotib oladigan bo’lsa, bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ikki xil yo’qotishlar turiga uchrash muqarrar: soliq ajratmalari; brokerlik xizmatlari xarajatlari. Agar foydani qayta investistiyalash haqida qaror qabul qilingan bo’lsa, soliqlar va boshqa yordamchi xarajatlarda tejab qolinadi. Shu sababli taqsimlanmagan foydaning real qiymati (bahosi) oddiy dividend to’lovlari bilan bog’liq holatlardan ancha kam bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday holatlarda kapitalning mazkur tarkibiy qismi narxi (S) quyidagi tarzda aniqlanishi lozim: С Сd (1 N )(1 K ) (12) bu erda Cd — hissadorlik kapitali narxi, N— soliqqa tortish stavkasi, K— broker xizmatlari bo’yicha komission to’lovlar. Shuni e’tiborga olish kerakki, taqsimlanmagan foyda qoidaga ko’ra, amortizastiya ajratmalari bilan birgalikda investistiyalanadi, shu sababli kiritilgan mablag’lar real summasi kattaroq bo’ladi. Ba’zida taqsimlanmagan foyda hajmini aniqlash uchun taqsimlash me’yori bilan bog’liq ko’rsatkich foydalaniladi. Bu ichki o’sish sur’atlari. Bu ko’rsatkich foydaning bir qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish hisobiga balans aktivining o’sishi tavsiflaydi. Ichki o’sish sur’atlari foydani taqsimlash me’yori qay tarzda aniqlanganiga qarab ikki xil ifodaga ega bo’ladi. Agar hisob- kitob sof foydadan kelib chiqadigan bo’lsa, VTR= 1 — HP, balans foydasidan bo’lsa, VTR = RSS( — HP), bu erda VTR— ichki foyda me’yori; HP— taqsimlash me’yori; RSS— o’z mablag’lari rentabelligi. Foydaning bir qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish shunga olib keladiki, o’z mablag’lari hajmining o’sishi hisobiga balans aktivi va mos ravishda passivining hajmi ortadi. Bunda qarzga olingan mablag’lar va o’z mablag’lari nisbati o’zgaradi va korxonaga qo’shimcha kredit olish imkonini beradi. Shunday qilib, taqsimlanmagan foydaning mavjudligi qo’shimcha qarz mablag’larini jalb etishga imkon beradi. Ko’plab kredit resurslari bilan ishlashda ko’p miqdorda moliyaviy resurslar olish va qaytarish muqarrar, shu sababli kapitalning mazkur tarkibiy qismini baholashda kuzatuv vaqtidan qat’i nazar barqaror ma’lumotlar olish uchun mos keluvchi o’rtachalashtirishni o’tkazish zarur. Foydalanilayotgan kreditlar tarkibi ancha murakkab bo’lishi mumkin. Demak, o’zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borish va tahlil jarayonida hisobga olish zarur. Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, bunda tahlil qilinayotgan davr boshida va oxirida kreditlar tarkibi bir xil bo’ladi, biroq u ikki nazorat muddati o’rtasida o’zgarib turadi. Kredit ikki xil tavsifga ega – kreditlardan foydalanish muddati davomiyligi va davr mobaynida kredit o’tgan aylanmalar soni. Bunday ko’rsatkichlar tahlili odatda banklar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq korxonalarning o’zi ham bu haqida bironta axborotga ega bo’lishi kerak, chunki ular qarz kapitali narxini aniqlashlari lozim bo’ladi. Kreditdan foydalanish muddati davomiyligi (t) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi t КД / Оп (13) bu erda K— kredit qoldig’i hajmi, Op — qaytarish bo’yicha kredit aylanmasi, D— davr mobaynida kalendar kunlari soni. Kreditning aylanmalar soni п Оп / К (14) Shunga o’xshash ko’rsatkichlarni kreditlar berish bo’yicha ham chiqarish mumkin. Bu holatda kredit berish bo’yicha aylanuvchanlik tavsifini olamiz. Ko’rinib turibdiki, qarz kapitalini aniqlashning ikkita o’xshash tizimlari o’zaro birmuncha farq qiladi. To’lash muddati turli xil bo’lgan barcha kredit zaxiralari tahlilini o’tkazish uchun mavjud vositalar aylanmalari va tarkibining o’zgarishini tavsiflaydigan indekslar tizimini kiritish mumkin. Moliya resurslarining har bir tarkibiy qismi har xil narxga ega bo’ladi va demak, xarajatlar ham turlicha bo’ladi. har bir turdagi kredit amal qilishining o’rtacha muddati, uning narxi, qarz mablag’lari umumiy hajmidagi ulushi aniqlanadi. Agar biron-bir vaqt ko’rsatkichini bazaviy deb oladigan bo’lsak, har bir turdagi kreditdan foydalanish o’rtacha muddatining o’sishi kabi ko’rsatkichni ham hisoblab chiqish mumkin. Download 98.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling