Historical current issues of history


Download 18.56 Kb.
Sana25.08.2023
Hajmi18.56 Kb.
#1670099
Bog'liq
ASH-SHOSHIY VA AL-MARGʻILONIY (2)


QAFFOL ASH-SHOSHIY VA BURHONIDDIN AL-MARGʻILONIY ASARLARI HAMDA ULARNING ISLOMSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI


АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ИСТОРИИ


HISTORICAL CURRENT ISSUES OF HISTORY


Boboshosaitov Sanjarbek Nu’monzoda¹


1Boboshosaitov Sanjarbek Nu’monzoda —FarDU Tarix fakulteti bakalavri.


Annotatsiya
Maqolada hozirgi kunda Oʻzbekiston tarixchilari oldida turgan dolzarb masalalar, manbalar bilan ishlash, qadimgi davr tarixi boʻyicha kadrlar malakasi kamligi, ilmiy ishlar saviyasi pasayib borayotgani sabablari haqida soʻz boradi.
Аннотация
В статье говорится о трудах Каффаль аш-Шаши и Бурханиддина ал-Маргилани и их значении в области исламоведения, их изучении и их важности на сегодняшний день.
Abstract
The article talks about the works of Qaffal al-Shashi and Burkhaniddin al-Margilani and their importance in the field of Islamic studies, their study and their importance today.
Kalit so‘zlar: Qaffol, Hasti Imom, Al-hidoya, hanafiy, Islom huquqi
Ключевые слова: .
Key words: .
KIRISH
Oʻzbekiston Tarixida Islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab allomalarimoz bor. Xususan ulardan eng mashhurlari sifatida Qaffol ash-Shoshiy va Burhoniddin al-Margʻiloniylarning ulkan merosi alohida ajralib turadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJALAR VA MUHOKAMA
Qaffol ash-Shoshiy. Koʻhna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom (Hastimom) ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan biri sanaladi. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy ziyoratgoh —Toshkent (Shosh)da tugʻilgan, musulmon olamining imomlaridan biri Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi nomidan olingan.
Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi “imom” darajasiga erishgan koʻplab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy ham alohida oʻrin egallaydi. Zamondoshlari uni “Hazrati Imom” deb ulugʻlagan. “Hastimom” soʻzi “Hazrati Imom” iborasining qisqartirilgan shaklidir. Mahalliy xalq Imom Qaffol Shoshiy hurmatidan bu joyni shunday atagan. U Toshkentning ilmiy-madaniy, diniy-maʼrifiy markazlaridan biri boʻlgan.
Maʼlumki, Toshkent – oʻrta asr arab manbalarida Shosh deb nomlanib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlarida koʻplab taniqli olimlarni yetishtirib bergan. Bu maskanda tugʻilib faoliyat koʻrsatgan buyuk zotlar, olimlar “Shoshiy”, “Toshkandiy” nisbasi bilan dunyoga tanilganlar.
Ana shunday allomalardan biri Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy boʻlib, koʻplab arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga “katta”, “ulugʻ” maʼnosini ifodalaydigan “Kabir” soʻzini qoʻshib yozadilar.
Qaffol Shoshiy va uning ilmiy faoliyati nafaqat Sharq olimlari, balki Gʻarb tadqiqotchilarining ham eʼtiborini jalb etgan. Mashhur nemis sharqshunosi K.Brokkelman, buyuk rus olimi V.Bartoldlar allomaning ilmiy merosiga yuksak baho berishgan...
Burhoniddin al-Margʻiloniy. Orta osiyolik faqihlarning har biri o‘z ilmiy uslubi va yashagan davri sharoitiga qarab islom huquqi, ayniqsa, hanafiy mazhabi rivoji yo‘lida unutilmas xizmatlar qilib, o‘zlaridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida Imom Marg‘inoniy yozgan qimmatli huquqiy kodeks «al-Hidoya» o‘z ixchamligi, mukammalligi, hanafiy mazhabini boshqa sunniylik mazhablari bilan qiyosiy uslubda o‘rganib, har tomonlama yoritgani uchun o‘ziga xos katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. 
«Al-Hidoya» asari sakkiz asrdan buyon hanafiy mazhabi bo‘yicha eng muhim va mo‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlari madrasalari va islom oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Uning matni va qisqartmalari bo‘yicha mashhur faqihlar tomonidan 60 dan ortiq sharh va hoshiyalar yozilib, ushbu mazhabning tarqalishi yo‘lida ta’sirchan omil sifatida xizmat qilib kelgan...
XULOSA

ADABIYOTLAR
1.
Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling