Men Xolmo’minova Gulnoza Rayimovna hunarmandman. Yangi Konstitutsiya biz hunarmandlarga yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Jumladan yangi qomusimizning 61-moddasida
Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, madaniy, ma’naviy, ilmiy va tabiiy me’rosini asrab-avaylashlari shart. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy me’ros davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb belgilab qo’yilgan.
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar bizni ruhlantirib, yangiliklar ustida ish olib borishga kuch beradi. Hozirda usta-shogird yo’nalishida shoigirdalar tayyorlab , yoshlarning kasbga, hunarga qiziqishlarini orttirishga, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga imkon qadar hissa qo’shib kelmoqdamiz. Jahon hunarmandlari shahri bo’lgan Ho’qandi Latifda joriy yilda o’tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festevaliga barcha hunarmandlar qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqdalar. 30-aprel kuni o’tkaziladigan referendumda biz Qo’qon hunarmandlari faol ishtirok etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |