Hodisa va uning ehtimolligi
Ehtimollikni hisoblashga doir masalalar yechish
Download 127.46 Kb.
|
13- mavzu, Statistika (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hodisalarning ehtimolliklarini ta’rif bo`yicha hisoblashga doir masalalar
Ehtimollikni hisoblashga doir masalalar yechish
Kombinatorika elementlari mavzusini mustahkamlash uchun masalalar 1. To`rt kishilik stol atrofiga to`rtta odamni necha xil usulda joylashtirish mumkin? Javob: 24 2. Talaba 20 ta savoldan 2 tasiga javob berishi kerak. Bu ikkita savolni u necha xil usulda tanlashi mumkin? Javob: 190 3.Guruhda 16 tatalababo`lsa, ulardanuchlikni (sardor, kasabauyushma, yoshlarittifoqi) nechaxilusulbilansaylashmumkin? Javob: ____ 4. 6 ta kishini 6 ta joyga necha xil usul bilan joylashtirish mumkin? Javob: 720 5.Guruhda 18 ta talaba bo`lib, ulardan 5 talabani ko`rik tanloviga olish kerak. Buni necha xil usul bilan amalaga oshirish mumkin? Javob: 6. Javondagi 8 ta kitobni necha xil usul bilan o`rinlarini almashtirib qo`yish mumkin? Javob: 7. Aviakompaniya Samarqand- Toshkent yo`nalishida oltita, Toshkent- Anqara yo`nalishida esa ikkita reysga ega. Agar reyslar har xil kunlarda bajarilsa, Samarqanddan Anqaragacha nechta usul bilan chipta buyurish mumkin? Javob: 12 8. 20 ta odam qatnashayotgan majlis ikkita konferensiyaga ikki vakilni saylamoqda. Buni necha usul bilan bajarish mumkin? Bitta konferensiyaga ikki vakilni nechta usul bilan tanlash mumkin? Javob: 380, 190 9. Korporatsiya direktori 10 ta universitet bitiruvchisini ishga qabul qilish masalasini ko`rib chiqmoqda. Korxonalarning birida uchta turli bo`sh ish o`rin bor. Direktor bu o`rinlarni nechta usul bilan to`ldirishi mumkin? Javob: 720 10. BeshtaF1, F2, F3, F4, F5 firmauchtaturliC1, C2, C3 shartnomalarnibajarishbo`yichao`zxizmatlarinitaklifetadi. Har bir firma faqat bitta shartnomani olishi mumkin. Shartnomalar har xil, ya’ni F1 firma C1 shartnomani olgani shu firma C2 ni olganiga teng kuchli emas. Firmalar shartnoma olishning nechta usuliga ega? Javob: 60 Hodisalarning ehtimolliklarini ta’rif bo`yicha hisoblashga doir masalalar Nishonga 20 ta o’q uzilgan shundan 18 ta o’q nishonga tekkani qayd qilingan. Nishonga tegishlar nisbiy chastotasini toping. Javob: Qutida 5ta bir hil buyum bo’lib ularning 3tasi bo’yalgan. Tavakkaliga 2 ta buyum olinganda ular orasida: bitta bo’yalgan bo’lishi; ikkita bo’yalgan bo’lishi; Javob: Tavakkaliga 20 dan katta bo’lmagan natural son tanlanganda, uning 5ga karrali bo’lish ehtimolini toping. Javob: Yashikdagi 15 ta bir xil detaldan 12 tasi sifatli. Tavakkaliga 4 ta detal olindi. Ulardan 3 tasi sifatli bo`lish ehtimolini toping. Javob: Ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan har 20 ta maxsulotdan 4 tasi sifatsiz. Tavakkaliga olingan mahsulotning sifatli bo`lish ehtimolini toping. Javob: Paypoq sexida tayyorlanadigan paypoqlarning har 30 tasidan 5 tasi sifatsiz. Tavakkaliga olingan 10 ta paypoqning 8 tasi sifatli bo`lish ehtimolini toping. Javob: Ikkita o’yin soqqasi baravar tashlanganda quyidagi hodisalarning ro’y berish ehtimolini toping: Tushgan ochkolar yig’indisi 8 ga teng. Tushgan ochkolar ko’paytmasi 8 ga teng. Javob: Tanga 2 marta tashlanganda aqalli bir marta gerbli tomoni tushishi ehtimolini toping. Javob: (-1,7) oraliqqa tasodifan tashlangan nuqtaning (2,4) oraliqqa tusshish ehtimolini toping. Javob: Tomoni 8 ga teng bo`lgan kvadartga kvadrat ichki chizilgan. Katta kvadratga tasodifan tashlangan nuqtaning kichik kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. Javob: Download 127.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling