Hodisalar va ular ustida amallar. Hodisaning klassik va statistik ta`rifi. Ehtimollar nazariyasi. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish ma’ruza rejasi


Download 87.29 Kb.
bet4/4
Sana06.11.2023
Hajmi87.29 Kb.
#1750503
1   2   3   4
Bog'liq
Hodisalar va ular ustida amallar.Hodisaning klassik va statistik ta`rifi.Ehtimollar nazariyasi. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish

4.Ehtimollik ta’riflari.
1)Ehtimollikning klassik ta’rifi
1-ta’rif: Amalga oshishi bir xil imkoniyatli bo’lgan hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.
Teng imkoniyatlilik shuni bildiradiki, hodisalarning hech biri ro’y berishida qolganlaridan hech bir ob’ektiv ustunlikka ega emas.
elementar hodisalar fazosi chekli va barcha elementar hodisalar teng imkoniyatli bo’lsin.
2-ta’rif: A hodisaning klassik ehtimolligi deb, tajribaning qulaylik beruvchi natijalari sonini uning barcha natijalari soniga nisbatiga aytiladi va

formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda: -barcha elementar hodisalar soni.
- ga kirgan elementar hodisalar soni.
2)Tasodifiy hodisa chastotasi va ehtimollikning statistik ta’rifi
Hodisaning nisbiy chastotasi deb, hodisa ro’y bergan tajribalar sonining aslida o’tkazilgan jami tajribalar soniga nisbatiga aytiladi.
A hodisaning nisbiy chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
Bu yerda m-hodisaning ro’y berishlari soni; n-tajribalarning umumiy soni.
Tajribalar soni yetarlicha katta bo’lganda hodisaning statistik ehtimolligi  sifatida nisbiy chastotani olish mumkin: 
3)Ehtimollikning geometrik ta’rifi.
Ehtimollikning klassik ta’rifida elementar natijalar soni chekli deb faraz qilinadi. Amaliyotda esa ko’pincha mumkin bo’lgan natijalari soni cheksiz bo’lgan tajribalar uchraydi. Bunday hollarda klassik ta’rifni qo’llab bo’lmaydi. Biroq bunday hollarda ba’zan ehtimollikni hisoblashning boshqacha usulidan foydalanish mumkin bo’lib, bunda ham avvalgidek ba’zi hodisalarning teng imkoniyatlilik tushunchasi asosiy ahamiyatga ega bo’lib qolaveradi.
Ehtimollikning geometrik ta’rifi deb ataladigan usuldan, tasodifiy nuqtaning biror sohaning istalgan qismiga tushishi ehtimolligi bu sohaning o’lchoviga (uzunligiga,yuziga, xajmiga) proportsional bo’lib, uning shakli va joylashishiga bog’liq bo’lmagan holda foydalanish mumkin.
1) e kesma L kesmaning bo’lagini tashkil etsin. kesmaga tavakkaliga nuqta tashlangan. Agar nuqtaning kesmaga tushish ehtimolligi bu kesmaning uzunligiga proportsional bo’lib, uning L kesmaga nisbatan joylashishiga bog’liq emas deb faraz qilinsa, u holda nuqtaning kesmaga tushishi ehtimolligi

2) yassi figura D yassi figuraning bo’lagi bo’lsin. D figuraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Agar tashlangan nuqtaning d figuraga tushishi ehtimolligi bu figuraning yuziga proportsional bo’lib, uning figuraga nisbatan joylashishiga hamning formasiga ham bog’liq bo’lmasa, u holda nuqtaning d figuraga tushish ehtimolligi
3) Nuqtaning V fazoviy figuraning bo’lagi bo’lgan fazoviy figuraga tushishi ehtimolligi ham shunga o’xshash aniqlanadi:

Download 87.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling