Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ifoda semalari
Atash semalari
Atash semalari- semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ular ot, sifat, son, fe’l turkumidagi barcha leksmalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi.
Ifoda semalari semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir. Ular leksemalarning atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy
munosabatlarni ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qo’llanish doirasini belgilashiga xizmat qiladi. Masalan, buyum va matoh leksemalari «tirikchilik-ro'zg'orda qo'llanadigan mol» ma'nosiga ega, ammo matoh so'zida bu leksik ma'no salbiy bo'yoq bilan qoplangan: «Jon ota, matohlarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib borib bering...» (X. Seitov). Ba'zan semantik tarkibida qo'shimcha ma'no qirrasi bo'lmagan leksemalar o'zi qo'llangan kontekst yoki nutqiy muhit talabi bilan uslubiy semali leksemaga aylanadi. Bu hodisa leksemaning o'ziga xos bo'lmagan kontekstd qo'llanishi tufayli
sodir bo'ladi. Masalan, burun va tumshuq so'zlaridan har birining o'z konteksti bor: burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalarga nisbatan qo'llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatning yupqa lablari ko'karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi (A. Qahhor); 2) Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan ko'chganda (Uygun). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so'zlari o'z kontekstida qo'llangan, shu bois ularda qo'shimcha ma'no qirralari, uslubiy baho ottenkalari ifodalanmagan. Y a n a m i s o l: U bir ko'ngli borib muttaham
Bu gapda tumshuq so’zi o’ziga xos bo’lmagan kontekstda- odamga nisbatan qo’llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat manolari ifodalangan. O’zbek tilida uslubiy bahoning morfemalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyijon, tili-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: 1) Mushfiq va mehribon oyijonim. O’z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma’zur tuting. (E. Samandar); 2) Og’a, sog’ borsangiz avval Dadamlarga salom ayting, Yugirib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting (Hamza); 3) Men uning tillarini kesib olaman, qo’limga bir tushsin yashshamagur. (E. Samandar); 4) Bir oydan so’ng ko’zin yumib Mamaniyoz, Ko’kanchaga meros qopti bud-shud, oz-oz. (G’. G’.); 5) Seni o’zimdek bilaman. Ol, ukaginam. (S. Ahm.); 6) Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo’roz, kuchukvoy (G’. G’.).
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling