Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Qo’shimcha ottenkalar Qo’shimcha ottenkalar (ma’no qirralari) leksemaning semantik tarkibidagi ikkinchi hodisadir. Ular leksik ma’noga ustama sema tarzida biriktirilgan bo’ladi. Bu haqda «ifoda semalari» bahsiga qarang.
Bunday semalar leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydi, shu asosda leksemalarning leksik-grammatik guruhlanishi- so’z turkumlariga uyushishi ta’minlanadi. Qiyos qiling: daftar –«predmetnung bir turi» (leksik ma'no), kitob- «predmetning boshqa bir turi» (leksik ma'no), yozmoq- «harakatning bir turi» (leksik ma'no), yurmoq- «harakatning boshqa bir turi» (leksik ma'no). Bu ma'nolar yuqorida keltirilgan har bir leksemaning o'zinikidir:
Biroq daftar va kitob leksemalarining ikkalasida «predmetlik» semasi, yozmoq va yurmoq leksemalarining ikkalasida esa «harakat» semasi ham borki, ular daftar va kitob leksemalarini ot turkumiga, yurmoq va yozmoq leksemalarini esa fe'l turkumiga birlashtiradi. Har bir so'z turkumining ichki kstegoriyalariga xos ma'nolar- otlarda egalik, kelishik, birlik, ko'plik; fe'llardagi shaxs-son, zamon, mayi; sifatlardagi daraja ham turkumlik semalariga asoslanadi. Demak, leksik ma'noda xususiylik, individuallik,grammatik ma'noda esa umumiylik ustun turadi. Bunday tafovutlanish leksemaning mazmun mundarijasidagi leksik ma'no semalari bilan turkumlik semalari o'rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi («Leksik ma'noning semantik tarkibi» bahsiga ham qarang).
1.
Leksemaning semantik tarkibiga nimalar kiradi ? 2.
Leksik ma’no nima ? 3.
Fonetik so’z nima ? 4.
Denotat, referent nima ? 5.
Signifikat nima ? 6.
Valentlik haqida ma’lumot bering. 7.
Leksik ma’no bilan so’zning nomi o’rtasidagi bog’lanishni qanday tushunasiz ? 8.
lingvistik kategoriya, tushunchaning esa logik kategoriya ekanligini tushuntiring. 9.
bo’lishi mumkin ? 10. Ifoda semalari va turkumlik semalari haqida ma’lumot bering. |
ma'muriyatiga murojaat qiling