Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Okkazional ma'no
Okkazional ma'no leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nodir. U individual xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashiladi. «Ichak uzar hangomalar»dan keltirilgan quyidagi dialogga e'tibor beraylik:
Qattiq kayf qilgan er xotinidan iltimos qilyapti: -Kostumimni tozalab qo'y. -Tozaladim. - Shimimni tozalab qo'y. -Tozaladim. -Tuflimni tozalab qo'y. -Iye, tuflining ham cho'ntagi bormi ? Yuqoridagi matnda tozalamoq so'zining «ship-shiydam qilmoq» ma'nosi kulguga sabab bo'layotganligini anglash qiyin emas. Aslida bu ma'no tozalamoq leksemasining mazmun mundarijasida yo'q, u asar muallifining uslubiy maqsadda kashf etgan leksik qo'llashidir. Bunday leksik qo'llanishni (okkazional ma'noni) gul leksemasi misolida ham uchratib turamiz: gul leksemasining to'g'ri («o'simlik guli») va ko'chma («yigitlarning guli», «qizlarning guli») ma'nolari borligi ma'lum, ular shu leksemaning uzual ma'nolari (leksik ma'nolari) sanaladi, chunki gul so'zining bu ma'nolari shu leksemaning semantik tarkibidan barqaror o'rin olgan: Shoh qiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni ko'rsatgil, men uning quli. («Doxunda»dan). Biroq gul leksemasining fa arboblariga nisbatan metaforik qo'llanishi odat bo'lmagan, atoqli yozuvchi Oybekning quyidagi misralarida esa bu so'z ayni shu ma'noda ishlatilgan, demak, uning mazmun mundarijasiga okkazional ma'no tusi berilgan: Fan, san'atning gullari butun, To'plangandi suhbati uchun. Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling