Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksik qollash
Uzual ma'no- leksemaning semantik tarkibida bor bo'lgan leksik ma'no.
Okkazional ma'no- leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning leksik qo'llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nosi. Leksik qo'llash- leksemaning okkazional (nutqiy) ma'noda qo'llanishi. LEKSIK MONOSEMIYA VA POLISEMIYA Leksik monosemiya Leksik monosemiya (yunoncha: monos-«bir»+semia- «belgi»)-leksemaning faqat bitta ma'noga ega bo'lishi. Masalan, o'zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma'nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma'nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishidan chiqqunigacha, oqshomdan tong otgunigacha bo'lgan qismi» ma'nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma'nolari yo'q. Monosemiya hodisasi o'zbek tilida bir ma'nolillik deb ham yuritiladi. Bir ma'nolilik ko'proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalarning boshlang'ich ishlatilish davriga xosdir: to'rtburchak (matem. termin), go'mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o'zlashtirilgan so'z) va b.lar/ Yangi yaratilgan yoki yangi o'zlashtirilgan leksemalar vaqt o'tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta'sirida ko'p ma'noli so'zlarga aylanib qolishi mumkin. Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo'shiladi. 1
1 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Ko’rsatilgan asar, 80-b. |
ma'muriyatiga murojaat qiling