Partonimiya hodisasini tushuntiring.
5.
Giponimiya, graduonimiya va partonimiya hodisalarini tadqiq etishning
qanday amaliy ahamiyati bor?
Tayanch tushunchalar
Giponimiya-lug’at boyligidagi leksemalarning pag’onali aloqasidan kelib
chiqadigan ma’no munosabatlari.
Giponim-tur tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Giperonim- jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Graduonimiya-leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu
belgining darajalanishi.
Partonimiya-leksemalarning
ma’no
guruhlarida
butun-bo’lak
munosabatlarining ifodalanishi.
O’ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Til taraqqiyotining xalq tarixi bilan bog’liqligi
O'zbek xalqi, ma'lumki, eng qadimgi turkiy urug' va qabilalardan o'sib
chiqqan, demak, uning tili ham shu urug' va qabilalar tili negizida rivoj topgan.
Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar,
mo'g'ullar va ruslar istelosi, qardosh qozoq, qirg'iz, turkman, tojik xalqlari bilan
qo'shnichilik munosabatlari ham o'zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta'sir o'tkazgan,
bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o'zbek-arab, o'zbek-tojik, o'zbek-qozoq, o'zbek-qirg'iz
va o'zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo'lgan. Ana shu tarixiy
jarayonlar nuqtayi nazaridan qaraganda, hozirgi o'zbek tilining lug'at boyligida
ikkita yirik qatlam- o'z va o'zlashgan qatlamlar borligi ma'lum bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |