Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 2.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Bir nafasdin ortuq ermasdur suv ustida hubob 7 . Halqayi zulfungga osildi kongul, ey bevafo, Goyo tushmush bu miskin boyniga mushkin tanob 8 .
9 tebratmish sabo, Oylakim ochib qanotin qor uza oynar gurob 10 . 1 musallam konish, tan berish, taslim bolish 2 gavharafshon gavhar sochish 3 havoparvard 1. Orzumand. 2. Parvozni istovchi 4 pech-u tob tolganish, iztirob 5 sumanbar gozal, oqbadan, sevgili 6 shabob yoshlik 7 hubob kopik 8 mushkin tanob mushkli (isli) arqon 9 banogosh quloq solinchogi, sirgasi 10 gurob qora qush 254 Sen parini manzili vayron kerak, yo chashmalar Maskan etgan koz ila konglumda qilmay ijtinob 1 . Ul pari zulfin tarog ilgida to kordum Amir, Rishtayi jonimga tushmish rashkdin yuz pech-u tob. (Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydurma...) Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydurma, Yuzingga bodadin ot solma, gul uzoringni 2 kuydurma. Yonar otga xusumat aylasa bolgaymu, ey zohid, Muhabbat ahliga dam urma, dastoringni kuydurma. Erur sarrishtayi maqsudi imon yor gisuyi 3 , Kirib zohid soziga ushbu zunnoringni 4 kuydurma. Bel-u ogzi xayolin mugtanam 5 bilmaysan, ey kongul, Nakim yoqdir anga shukr et, yoq-u boringni kuydurma. Olimdin ham erur shorroq rashk oti oshiqga, Boqib agyorga bu xasta afgoringni kuydurma. Guli ruxsor savdosida, jono, xor bolmishman, Tarovat berma bu gulzorga xoringni kuydurma. Amir, oshiqlara posi 6 muhabbat ham vafodindur, Boqib har dilraboga rashkdin oringni kuydurma. 1 ijtinob tortinish 2 uzor yuz, chehra 3 gisu soch 4 zunnor nasroniylar belbogi 5 mugtanam olja, ganimat 6 pos hurmatini qilmoq, sadoqat 255 (Tabibo, sharbati oynob icharga bermagin pandim...) Tabibo, sharbati oynob icharga bermagin pandim 1 , Labidin talx-u shirin soz erur dori-yi gulqandim. Agar ishqingni tarkin qilmasam javr etma, ey zolim, Yuzingni mushafidin erdi bu sozda savgandim. Kel, ey mashshota, rahm et, yor zulfiga tarog urma, Erur jon rishtasidin oni har toriga payvandim. Labidin kom topdim, ey Masiho, urmagil damkim, Mani bir soz ila tirguzdi ul lali shakarxandim. Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin Xatingni ramzidin ogoh åmas tabi xiradmandim. Balodur zulfi purtobi 2 , Amir, andin kongul uzma, Ki har bir toriga bir payvand erur payvand-payvandim. (Ishq asrorin pinhon aylaram ag yor aro...) Ishq asrorini pinhon aylaram agyor aro, Bir musulmondirki, dinin yoshurur kuffor 3 aro.
To konguldur mushtariy 4 gisu-yu xatt-u xoliga, Yuz tuman savdo erur boshimda bul bozor aro. Gul uza rayhonmu yo mushkin qoshingni soyasi, Yo xatingni sabzasidur gulshani ruxsor aro. Ayladi zohid gumonkim, subha-yi saddona 5 dur,
Tushti zulfungdin girehlar 6 halqayi zunnor 7 aro.
1 pandim undash, nasihat 2 purtob yarqiroq 3 kuffor kofirlar 4 mushtariy oluvchi, xaridor 5 subhayi saddona yuztalik tasbih 6 gireh chigal, tugun 7 zunnor musulmon mamlakatlarida yashaydigan nasroniylar beliga boglab yuradigan chilvir
256 Gar taror bolsang sochingni chekma beparvo tarog, Baski bordur yuz asir olgon kongul har tor aro. Ikki jodu nargisingdurmu yuzung bogida mast, Yo xarob olmishmu bul båmorlar gulzor aro. Kozlaring bedodini husning amiri sormasa, Netgay erdi jon bu ikki zolimi xunxor aro. (Ey pari, may birla yuzni arguvon qilmoq nadur...) Ey pari, may birla yuzni arguvon qilmoq nadur? Oshiqi bechorani bagrini qon qilmoq nadur? Ozgalarga gul yuzungni lahza-lahza korsatub, Bizni korgan chogda noz aylab nihon qilmoq nadur? Mehnati 1
Ey jafochi, javr birla qasdi jon qilmoq nadur? Har zamon, ey gul, senga dardi dil izhor aylasam, Sarv qaddingni xirom aylab ravon qilmoq nadur? Fosh etar rozingni elga gul jabinlar 2 ishqidin, Andalibi zordek har dam figon qilmoq nadur? Nozaninlar vadasin yolgon bilurlar puxta el, Vadayi xom ila bizni badgumon qilmoq nadur? Kel Amiriy, sarv shoxidin muruvvat kormading, Ey kongul, bu gulshan ichra oshyon qilmoq nadur? 1 mehnat gam 2 jabin manglay 257 NODIRA
(17921842) Ozbek mumtoz adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Nodira XVIII asrning oxirgi choragida Andijon hokimi Rahmon- qulibiy oilasida dunyoga kelgan. Asl ismi Mohlaroyimdir. Nodira, Maknuna va Komila taxalluslari bilan ijod qilgan. Nodira osha davrda Margilon hokimi bolgan Amir Umarxon Amiriyga 1807- yilda turmushga chiqadi. Amir Umarxon 1822- yilda vafot etganida Nodira ottiz yoshda, taxt vorisi bolgan tongich ogli Muhammadalixon on uch yoshda edi. Shu sababli Nodira xonlik ishlariga ham aralashishga majbur boladi. 1842- yilda Buxoro amiri Nasrulloxon Qoqon xonligiga bostirib kiradi va Nodirabegimni farzandlari, nabiralari bilan birga qatl etadi. Nodiradan juda katta hajmdagi abadiy meros yetib kelgan. U ham ikki tilda ijod qilgan edi. Nodira devonlarida gazal asosiy orin tutadi. Shuningdek, uning muxammas, musaddas, musamman, tarjiband, tarkibband, muashshar kabi janglardagi asarlari ham mashhurdir. Nodira sheriyatida ishq-muhabbat mavzusi yetakchi orin tutadi. Ularda pok va samimiy muhabbat, vafo va vafodorlik goyalari tarannum etiladi. Ayni paytda uning sherlarida ijtimoiy motivlar ham kozga tashlanadi. Shoiraning sherlarida or-nomus, himmat, sabr-qanoat, rostgoylik singari insoniy fazilatlar madh etiladi. Uning sherlari bugun ham yoshlarimizning marifiy, madaniy, adabiy-estetik tarbiyasi uchun xizmat qilib kelmoqda. 17 Adabiyot, II 258 GAZALLAR (Marhabo) Marhabo, ey payki 1 sulton, marhabo, Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo. Talating 2 farrux
3 , muborak maqdaming, Qildi kulbamni guliston, marhabo. Xob kelding, yaxshi keltirding xabar, Aylading dardimga darmon, marhabo. Boldi mavzun qomatingdin munfail 4 ,
Qilgasen ul moh mehrin oshkor, Subh yanglig pokdomon, marhabo. Mujda keltirding visoli yordin, Topti taskin dardi hijron, marhabo. Kel beri, to xoki poyingni qilay Totiyoyi chashmi giryon, marhabo. Qoy kafi poyingni 5 diydam ustina, Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo. Nodira, har sozki insho ayladi, Aydi anga ahli davron, marhabo. ( Ey xusho, shisha aro ...) Ey xusho, shisha aro obi hayoti hukamo, Kim ani har kishi nosh etsa bolur Xizrnamo. 1 payk xabarchi 2 talat yuz 3 farrux gozal, ulug 4 munfail xijolat 5 kafi poy oyoq tagi 259 Hukamo ishq maraziga 1 buyurmish mayi nob, Hajr dardiga dåmishlar bu mufarrihni davo. Boldi gul mavsumi, maykadalar jonibidin, Mujdayi aysh-u tarab yetkuzadur bodi sabo. Gussa paymonasida xuni dil 2 oshom aylar, Bodadin har kishikim aylar esa istigno. Zohido, gar desang ishq ahliga rasvo bolmay, Dåmagil maykada 3 avboshiga kop chun-u charo 4 . Boda mushtoqiga lutf ila qadah tut, soqiy, Yoqsa Jamshidga ham aylamadi jom vafo. Nodira, jomi muhabbatni labo-lab ichibon, Mastlig birla qilay ishq namozini ado. (Vasl uyin obod qildim...) Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat, Seli gamdin bu imorat boldi vayron oqibat. Qildi choki pirohan dogi dilimni oshkor, Qolmadi konglimda zaxmi ishq pinhon oqibat. Ahd-u paymonlar qilib erdi, vafo qilgum debon, Ayladi tarki vafo ul ahdi yolgon oqibat. Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin, Pora boldi hajr ilgida giribon oqibat. Zohido, ishq-u muhabbat ahlini mazur tut, Yor koyida na boldi shayx Sanon 5 oqibat.
1 maraz kasallik 2 xuni dil yurak qoni 3 maykada mayxona 4 chun-u charo behuda soz 5 Shayx Sanon badiiy asar qahramoni, xristian qiziga oshiq bolib, din va iymondan kechgan
260 Baski qon boldi yurakim, gavhari ashk orniga, Qatra-qatra kozlarimdin tomdi marjon oqibat. Ohkim, boldi yana subhi nishotim 1 shomi gam, Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat. Garchi bor erdi musaxxar 2 devlar farmonida, Poymoli xayli mor oldi Sulaymon oqibat. Nodira bulbul kabi to nola insho ayladim, Navbahor otti, xazon oldi guliston oqibat. (Jom tut) Hajrdin maxmurmen, soqiy, labo-lab jom tut, Men kabi har kimki bolsa rindi durdoshom tut. Istasangkim, dargohingda posbon olgay mudom, Berma vahshat hajr ila konglim gizolin rom tut. Benavolarmiz falak xurshidi yanglig, soqiyo, Jomi sarshori sabuhi bizga har ayyom tut. Bolsa gar maqsad kongullar qushlarin sayd 3 aylamak, Dona qil xolingni, zulfing halqasidin dom tut. Yor koyi itlariga nogoh olsang hamnishin, Oshnolardur, alarga izzat-u ikrom tut. Gar zamone dahr gavgosidin istarsen farog, Sokini mayxona bol, bir goshada orom tut. Bolmagil Farhod-u Majnundek jahon afsonasi, Ishq aro, ey Nodira, oyini nangu nom tut. 1 subhi nishot shodlik tongi 2 musaxxar zabt etish 3 sayd ov 261 (Jonona qilur bahs...) Jonimga jafolar bila jonona qilur bahs, Har lahza kozimni yoshi tofona qilur bahs. Ul zulfi dilovezini 1 ishkolini 2 ochmay,
Behuda nadin til tuzatib shona 3 qilur bahs. Zohid, meni devonaga korguzma taarruz 4 , Majnunga qachon oqil-u farzona qilur bahs. Kuymoq erur oshiq ila mashuq tariqi, Bu mahfil aro sham ila parvona qilur bahs. Kamdur tolun oy bolsa jamolingga barobar, Xurshida qulogingda(gi) durdona qilur bahs. Bu marhalada qolmadi xalq ichra tafovut, Bu turfaki oqil ila devona qilur bahs. Otashmidur, ey Nodira, bu madrasa ahli, Har nechaki taslim etaram yona qilur bahs. (Kiyma deb...) Kuyma deb aylamadi hech kishi parvonaga bahs, Oqil ersang na qilursan meni devonaga bahs. Shisha sarshori 5 mayi nob erur sorma sabab, Labidin nasha topar aylama paymonaga bahs. Shoxlik birla Xotan dashtida Mochin kiyiki, Boldi rasvo, qilib ul nargisi mastonaga bahs. 1 dilovez yoqimli 2 ishkol chigal 3 shona taroq 4 taarruz tegib otish 5 sarshor tolib-toshgan 262 Sari zulfi girihin 1 ochmoq åmasdur oson, Besabab aylama mashshota bugun shonaga bahs. Sel sahroda qilur shavq ila javlon, lekin, Chugzni dushmanidur aylasa vayronaga bahs. Dardlig qissayi ishqimni eshitdi Farhod, Telba Majnundek ani qilsa bu afsonaga bahs. Aylading jahd ila tamiri muhabbat obod, Kim qilur, Nodira, bu himmati mardonaga bahs. (Manga ishq ichra...) Manga ishq ichra savdoyi junun bas, Jahon iqbolidin baxti nigun bas. Bu bazm ichra figon-u nolishimdin, Navoyi chang-u savti arganun bas. Menga dayr ichra asbobi tajammul 2 , Surohi 3 birla jomi lolagun bas. Aning koyiga har tun azm etarga, Charogi barqi 4 ohim rahnamun bas. Halok etmak uchun dushmanlariga, Gam-u hasrat bila dard-u darun 5 bas.
Junun dashtini sargardonidurmen, Rafiqim ushbu vodiyda quyun bas. Muhabbat dogini izhor etarga, Yurakda, Nodira, bir qatra xun bas. 1 girih tugun 2 tajammul zeb-ziynat 3 surohi qadah 4 barq yashin 5 darun ich, ichki 263 (Etmasam bolmas) Tahammul haddidin oshti, åmdi afgon etmasam bolmas, Ulusni xotiri jamin parishon etmasam bolmas. Giribon chok, bagrim poradur, boshimda yuz savdo, Bu holat birla azmi koyi jonon etmasam bolmas... Kongullar Kabasin bir-bir ziyorat ayladim, åmdi Tavofi Makka-yu taxti Sulaymon etmasam bolmas. Garaz iydi 1 visolingdur kongulga, ey hilol abro 2 , Yuzingni oyiga jonimni qurbon etmasam bolmas. Bu oqshom soldi zulmat olami hijron qaro shomi, Qilib yodingni ashkimdin charogon etmasam bolmas. Meni oshiq debon tiyri malomat yogdi boshimga, Ulusdin, Nodira, dardimni pinhon etmasam bolmas. (Aylamas) Yor manga gayri jafo aylamas, Vada qilib, anga vafo aylamas. Shum raqibiki adovat qilur, Kofir erur, yodi xudo aylamas. Mujibi hayronlig erur jilvasi, Oyinadin sharm-u hayo aylamas. Zohid ishi makr ila tazvirdur 3 ,
4 aylamas. 1 iyd bayram 2 hilol abro hilol (oy) dek qoshli 3 tazvir firib 4 riyo ikki yuzlamachilik 264 Kozlaridur sohir 1 , oshal qoshi yo, Novaki mijgonni xato aylamas. Nodira ul yorni vaslin tilab, Subh-u maso 2 tarki duo aylamas. TARJIBAND (Xating ishtiyoqin...) Xating ishtiyoqin savod ayladim, Kozumning qorasin midod 3 ayladim. Meni baski devona qildi gaming, Junun ahliga ittihod 4 ayladim. Korub tushda yuzingni beixtiyor, Figon chektim andogki, dod ayladim. Rafiqim jigar xasta afgorlar, Alar birla ahdi vidod ayladim. Seni jud-u 5 ehsona targib etib, Xitobingni xayruljavod 6 ayladim. Murodimni sendin toparmanmu deb, Xaloyiqqa sayi murod ayladim. Visolingdin, ey jon, topolmay sorog, Nelar tushti boshimga sendin yirog. Xush ul kun, seni birla damsoz edim, Niyoz ichra sarmoyayi noz edim. Falakdin buyukroq edi rifatim, Ki vasling harimida mumtoz edim. Muhayyo edi barcha saydi murod 7 , Ki sultonim ilgida shahboz edim. 1 sohir sehrgar 2 subh-u maso erta-kech 3 midod siyoh 4 ittihod birlik 5 jud saxiylik 6 xayruljavod saxiyliklarning yaxshisi 7 saydi murod murod ovi 265 Shab-u roz 1 yodingda erdi kongul, Xayoling ila mahrami roz edim. Ayogingga boshim qoyib subh-u shom, Sarafrozlarga sarafroz edim. Visolingni bazmida shodob olub, Navo ahli birla navosoz edim. Gul erdi yuzing, men ani shavqida, Sahar andaliba hamovoz edim. Visolingdin, ey jon, topolmay sorog, Nelar tushti boshimga sendin yirog. Rizojoman, ey dilsitonim, senga, Na boldiki, yetmas figonim senga. Boshim poymolingdur, ey sarvi noz, Fidodur bu oshufta jonim senga. Firoqingda ashkim ravondur mudom, Qachon vosil olgay 2 ravonim 3 senga.
Na darkor sensiz jahon birla jon, Tasadduq bu jon-u jahonim senga? Agar olsam bu vodiyda, ey humoy, Gizo
4 bolgusi ustuxonim senga. Qiron etti gam lashkari jonima, Qilay arz sohibqironim senga. Xayol ichra har yon nazar aylasam, Boqar diydayi xunfishonim senga. Visolingdin, ey jon, topolmay sorog, Nelar tushti boshimga sendin yirog. Qayon bording, ey sarvi nozim mening, Senga yetmas arzi niyozim mening. 1 shab-u roz tun-u kun 2 vosil olmoq yetishmoq 3 ravonim jonim 4 gizo yegulik, taom 266 Visolingga magrur edim necha kun, Niyoz oldi ul barcha nozim mening. Figonkim, topilganda saydi murod, Havo ayladi shohbozim mening. Firoq ilgida topmadim choraye, Ki vasling edi chorasozim mening. Jamolingdin ayru tushub kechalar, Xayoling erur dilnavozim mening. Senga etiqodim kop-u sabrim oz, Fidodur senga kop-u ozim mening. Kuyub, ortanub sham suv boldi pok, Asar qildi soz-u gudozim 1 mening. Visolingdin, ey jon, topolmay sorog, Nelar tushti boshimga sendin yirog. Senga qaysi gamni bayon aylayin, Necha oh tortib figon aylayin. Makoning sening qaysi manzildadur, Kozum yoshidin xat ravon aylayin. Xayolingni kongulda hozir qilib, Gamimni senga doston aylayin. Oshal ahdi yolgon jafopeshasen, Seni tobakay imtihon aylayin. Judolik rumuzini izhoriga, Qalamni tilin tarjimon aylayin. Kongulni sururi jigar goshalar, Bular shukrini hifzi jon 2 aylayin. Kozum nurini ravshan et, ey xudo, Tamoshoyi amn-u amon aylayin. Visolingdin, ey jon, topolmay sorog, Nelar tushti boshimga sendin yirog. 1 soz-u gudoz kuyib-yonish 2 hifzi jon jonni saqlash tumori 267 GULXANIY
(XVIII asrning oxiri XIX asrning 20- yillari) Muhammad Sharif Gulxaniy ozbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. U adabiyotimiz tarixida shoir va yozuvchi sifatida nom qoldirgan. Adibning «Zarbulmasal» asari ham tengsiz nosir, ham nozik tabli shoir ekanligini korsatadi. Bizgacha adibning yuqoridagi asarlaridan tashqari bir qator gazallari va hajviyalari yetib kelgan. Gulxaniy ozbek masalchiligi tarixida ham alohida iz qoldirgan ijodkordir. Uning «Tuya bilan botaloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» singari masallari obrazlarining yorqinligi, ifodalarning tiniqligi, badiiy boyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Gulxaniy «Zarbulmasal» asari orqali ozbek xalqi purmano maqollarining koplab gozal namunalari bizgacha yetib kelishiga sabab bolgan. Uning asarlarida ogzaki ijodga xos bolgan boshqa unsurlarning ham yetakchi mavqe tutishini korish mumkin. Bu holat adib asarlari tasvir vositalari bilan yanada boyishiga, badiiy tilining sodda va tushunarli bolishiga omil bolgan.
268 1 Mazmuni: dunyoda bolgan yosh va qarining juftsiz bolishi (uylanmasligi) mumkin åmas. «ZARBULMASAL»DAN (Yapaloqqush hikoyasi) Ammo roviylar andog rivoyat qilurlarkim, ilgarigi ayyomi nofarjomda Fargona iqlimida Qayqubod otlig podshohligdin qolgan bir eski shahriston bor erdi. Anda bir Boyogli degan vatan tutmush erdi. Ammo aning havosi xush va dilkash. Sabza rayohin, anvoyi gullar, chechaklar kasratidin, qorgonga qongon chogda tovusning parlaridek turlanib, munaqqash korinur erdi va aning bir yogochli yerdaYapaloqqush maskani, ota-bobosidin qolgon joyi bor erdi. Ammo Boyoglining bir qizi bor erdiki, mehri xovariy yuziga banda erdi. Bayt:
Orazidin shams-u qamardur xijil, Sozlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri erdi ul boyni, Oti Gunashbonu oshal oyni. Va ul qiz oftobi olam tobdek har xomni pishirur, hech maxluqni kunduzi kormoqqa chorasi yoq erdi va ul qiz yuzini yashirur erdi. To ba haddeki alomati bulug zohir bolub, tishi chiqib, kozi suzulib, onasini togri sozlaganiga egri sozlay boshladi. Onasi qabzlanib aydikim: Ey bolam, konglungiz er tilar oxshar, oshuqmang. «Oshuqqon qiz erga borsa, yolchimas va teshik munchoq yerda qolmas». Onda qiz itob ogoz qilib aydikim: «Ey ona, siz bizga sabr va tahammul sari yol korsatursiz, meni olur yigitning ham otasi ayturki: «Polat pichoq qinsiz qolmas», «Bosh eson bolsa, doppi topilur». Bular bu soz ustida erdilarkim, Yapaloqqush Korqushni imlab olib yonida otkuzub aytdiki: Bayt:
Z-onki dar ofoq zi barno-u pir, Hech kas az juft nadorad guzir 1 ,
269 Bizning qurratulaynimiz er yetibdur, bir yerda munosib maslahat qilali. Va bir Boyoglining bir chiroyli qizi bor åmish deb ayturlar. Bizning tarafdan sovchi bolib boring. Har qancha qalin bolsa topilur.
Anda Korqush aydi: «Bor maqtansa topilur, yoq maqtansa chopilur» degan yaxshilarning masalidur. Boyoglining ogzini bir burchidan chiqar: «Ming chordevor qizimning qalini» deb. Holo... podshohimiz zamonlarida bir bosh chordevor topilmas, uyalurmiz. Nechukkim aytmishlar: «Yolgon masal turmas» «Uyat olumdan qattig». Yana aytmishlar: «Ermon yogochining egilgani singani, er yigitning uyalgani olgani»... Anda Yapaloqqush aydi: «Men sizni bilimlik va manidin boxabar kishi fahmlab erdim, «Karnay misdin, balgam isdin» bolurini bilmas ekansiz. «Kor tutganini qoymas va kar eshitganini qoymas». Anda Korqush aydi: «Men xotun olmoq tamannosi garqobi åmasman, nechukkim aytmishlar: «Dala tuzni suv olsa, qongir gozning toshidin, quloqsizga soz aytsang, qulogining toshidin». Anda Yapaloqqush aydi: Burnogilar masalidurki «Bitar ishning boshiga yaxshi kelur qoshiga». Yana biri bulki, «Båmor tuzalgusi kelsa, tabib oz oyogi birla kelur». Anda Korqush aydi: «Bol! Ogiz bolma, oyoq bol», eshitmadingmuki, «Oyoq yugurugi oshqa, ogiz yugurugi boshqa». Sen kim, Boyoglining eshigiga kishi yubormoq kim? Hech bilmasmusanki, «Teng-tengi birla, tezak qopi birla». Anda Yapaloqqush aydi: «Ondin bizning nima kamligimiz bor?..» Korqush aydi: «Borlikdan maqtanma, maqtangan qiz toyda uyalar» va yana aytmishlar, «Ozini maqtogoni, olumning qorovuli». Sening ahvoling olamga malumdir. «Oyni etak birla yashursa bolurmu?». «Chumchuq såmirsa, botmon bolurmu?»
270 «Olakozanak ola bolsa ham, arslon bolmas, olatoganoq olgur bolsa ham, ahvoli malum». Anda Yapaloqqush aydi: «Ishtonsiz tizzasi yirtiqqa kular» degandek, sen bizni faqir notavon kordingmu? Bundin bexabar oxsharsanki, «Chobni xor tutsang, kozga tushar». Bor, men birla sozlashguncha, Boyogli birla sozlashgil». Anda Korqush aydi: «Ey Yapaloqqush, andoq bolsa kuyov bolur oglingning otini aytgil». Anda Yapaloqqush aydi: «Oglimning nomuborak oti Kulonkir sultondir». Anda Korqush aydi: «Mundog fahm va xirad sarmanzilidin otmagan kishilarni korgan åmasman. Echkuning oti Abdukarim bolurga soz kerak. Burungilar aning uchun «Ebi bilan sozlaganning qurboni bol», degan ekanlar. Kulonkir sulton ot qoymoq sening haddingmu? Bu ot Humo, Uqob, Qarchigay, Bahrin, Lochin, Itolgu qushlarning salotinidurlar, alarga munosib ot turur». Anda Yapaloq aydi: «Ilgari otgan yaxshilar masalidurki, «Yaxshi nafas yarim mol», bari bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan changalidan malum va ravshan åmasdurmu?» Anda Korqush aydi: «Rost aytursan, «Qochqor bolur qozining peshonasi dong bolur, oga bolur yigitning peshonasi keng bolur», «Chuchvarani xom sanabsan», oxsharki, «Otasi urmas qongizni, bolasi urar tongizni» degan sozga ishonma. «Halvo degan birla ogiz chuchumas». Bayt: Takya bar joyi buzurgon natavon zad ba gazof, Magar asbobi buzurgi hama omoda kuni 1 . Sening bu sozing qarchigaylik dagdagasi kulang boshiga tushib, durroj shikorin ixtiyor qilib, ozi balchiqqa botib qolganga oxshar. Ori, haddidin har kishikim oshsa, jazosi shundog bolur. 1 Uluglar joyiga suyanib, behuda maqtanma. Avval ulugliqning hamma shartlarini tayyorla. 271 Bu sozning tafsilini «Silsilatuz-zahab» 1 din top. Burungilar masalidurki: «Ayoz, haddingni bil, barchani qoy, ozingni bil», «Namangon shahri vayron, oti ulug, sufrasi qurug», «Uyda chaksa uni yoq, tom boshida qosh tanur», «Sichqon sigmas iniga, galbir boglar dumiga» degan iborat senga sodiq kelur». Anda Yapaloqqush aydi: «Ey Kor, bas, kulang qarchigay ishini qilurman deb, balchiqqa botib olganini menga hikoyat qilursan, men ham bino va nobino hikoyatin bilurmanki, nobino bino sozini quloqqa olmay, oz xijolatidin ozini ilonga chaqtirib halok boldi. Senga gapirsam, bu muhimi xayr kechga qolur. Bu hikoyatning bayoni voqeasini istasang, «Kalila va Dimna» 2 din
top». Anda Korqush aydi: «Ey besabr, bu hadis manisidin bexabarmusanki, «Taanniy rahmondin va tajil shaytondin». Sen oz yarogingni qilguncha, sabr qilsang, xobdur. Sabrni yaxshilar andog tarif qilmishlarki: Bayt:
Sabr bilan basta eshikdur kushod, Sabr bilan topdi eranlar murod. Sabr sening dardinga darmon bolur. Sabr bilan xor guliston bolur... Shora zamin bog ila boston bolur. Basta eshik ochgusidir sabr bil, Sabr qil-u, sabr qil-u, sabr qil. Va aytmishlar: Bayt: Sabr qilsang, goradin halvo bitar, Besabrlar oz oyogidin yitar. 1 Abdurahmon Jomiy asari. 2 «Kalila va Dimna» mashhur masal va hikoyalar toplamidir, Hindistonda Bidpoy tomonidan tuzilib, kopgina Sharq va Garb xalqlari tillariga tarjima qilingan. 272 Anda Yapaloqqush aydikim: «Ori, baloga sabr, qazoga rozi bolmoqdin ozga choram yoq. Lekin sabrning joyi bilan huzn va anduhdin bolak nimarsasi yoq. Sabr qilib, yaxshi ish qoldin ketsa, oxshamas...» Anda Korqush aydi: «Yomonga olum... muhim xayr ishga yuborur kishi, bu nav bolurmu? Eshitkan åmasmusankim, yaxshilar aytibdurlarkim: «Shirin-shirin sozlasang, ilon inidin chiqar, achchiq-achchiq sozlasang, musulmon dinidin chiqar». Sening bu noshoyista sozingga bormasman. Tojikning bir masali borki: «Zorii behuda miyon meshikanad 1 ». Anda Yapaloqqush aydi: «Sen mannoun lilxayr» oxsharsan, sendin suq, hasad isi kelur. Anda Korqush aydi: «Men suq, hasad qarindoshi åmasman, seni xob bilurmanki: «Qalb qozoni qaynamas, qaynasa ham, quyulmas» derlar. «Haromzodaning quyrugi bir tutam». Menga kop yuz keltursang, nechukkim qadimgi yaxshilardin bir masal qolibdur: «Yaxshilik qil, suvga sol, suv bilmasa, baliq bilur, baliq bilmasa, xoliq bilur». Avval borib Kulonkir sulton jamolini korib, aning sovuq sozini eshitib, tuzini totib, songra borsam kerak», deb Kulonkir sulton xizmatiga ravona boldi. Yarim farsax yol borganda, shul asnoda bir Hudhud yoliqti, salomlashib aytdiki: «Qaysi oshyoni balanddin parvoz qildingiz? Anda Korqush aydi: «Parvozi bandagi ba fazoye namerasad, Ey xok, past bosh, balandast osmon 2 . Bizning parvozimiz malumdir». Anda Hudhud aydi: «Ey Kor, men muammodin bexabarman togri sozing bolsa, sozla. Mofiz-zamiring menga ayon bolsin». Anda Korqush aydi: «Men Yapaloqbibi sovchisidurman, Boyoglining qiziga xostkorlikka borurman». 1 Mazmuni: «Behuda zoriqish bel sindiradi» 2 Mazmuni: «Bandaning uchishi osmonga yetmaydi, ey tuproq, past bol osmon balanddir»
273 Anda Hudhud aydi: «Yapaloqning nihoyat kamxiradligini åmdi bildim. Har oyina oz jinsidin, yapaloqlar qurugondek seni yuborurmu?.. Bilmasmusankim: «Yumruq bukulub sang bolmas, echku yugurub lang bolmas» va yana «Kesgon oshga oxsharmu yavgon bulomuq»... Sening sirka tilarga lab-lunjing yoq ekani malum va mashhurdur. Va yana qolidin kelmas ishga urungan, najjorlik qilgon maymunga oxshash rasvo bolma». Korqush aydi: «Hikoyat qil». Hudhud aydi: «Bor edi Kashmir navohisida tog, Bogi Eram rashkidin koksida dog. Anda imoratga yaroglik yagoch, Yetti quloch, boyi on ikki quloch. Bor edi kop nemati-yu alvonlari, Xurram-u mamur edi hayvonlari. Zulf kabi sunbuli xushbolari, Rohatijon erdi oqar suvlari. Uydin ulugroq edi bir gulbune, Anda vatan tutmish edi maymune. Jon sotib ozin oyin etardi tan, Oqir edi qissayi hubbul vatan 1 .
Kongli yagoch yoqligidan qildi dard. Bordi oshal toggaki mavquf edi, Ezgu yagochlar anga maruf edi. Shahrning zindonidin ozod olub, Togning Shiriniga Farhod olub. Sanar edi ozini tog Xisravi, Togin oqub Dehlaviyi manaviy. Elina navkissalarin qistari, Rasm edi najjor yagoch istari. 1 Bu satrning manosi: Vatanni sevish hikoyasini oqur edi 18 Adabiyot, II 274 Egdi u dil goshasining pardasin, Belga suqib tesha bilan arrasin». Borib anga kesdi yagoch reshasin, Qoydi oshal yerda unutib teshasin. Ozga togga bordi-yu kesdi yagoch, Yormogi makrina qildi iloj. Bolta bila bir uchini yordi ul, Pona qoyib, tesha sari bordi ul. Tushti banogoh anga maymun kozi, Oqil-u dono sanab, ul dam ozi. Aydi: «Ulus ichra bu bir kasbdur, Kasbni boshini kessang nasbdur. Kiysayi purzar åmish elga hunar, Behunar elni dedilar rishi xar 1 . Men dagi najjorliqni organay, Bolalarim barchasiga orgatay». Jahd qilib turdi ravon borgali, Yani yagoch qolmishini yorgali... Mindi yagoch ustiga najjordek, Kosibi purkardayi purkordek. Ketdi hunar shavqi bila gussasi, Tushdi yagoch ayrisiga dumchasi. Bal keynidin boldi tutulmoqligi, Mumkin åmas oldi qutulmoqligi. Odami jinsida yoq qissasi, Qoldi aning dumchasining hissasi. Bilgilki, maymun najjorlik qilaman deb, qolga tushib, ertadin kechgacha kaltak birla urib oynatib, baloga giriftor bolgandek, sen ham muhim xayr ishini bitkarolmay, mulla Iso avliyo birla 1 rishi xar eshak soqoli dåmakdir. 275 Abdurahmon oftobachidek 1 xalqning lanat sozidin chiqmay yurma. Yomon isnod sendin qolur». Korqush aydi: «Men ham bu ishda hammolliqga davom yoq, lekin taqdir bilur. Odami kop hiyla-yu tadbir etar, Lek ishin oxiri taqdir etar. Sen tevaning botasi onasi birla munozara qilgonidin bexabar oxsharsan». Hudhud aydi: «Hikoyat qil». Korqush aydi: «Bor edi Fargonada bir sorbon, Tevasi bor erdi tugdi nogahon. Ahl-u ayoli aning bas erdi choq, Ozuqadin kulbasida narsa yoq. Hosili dunyo edi bir tevasi, Åmadigan orqasida botasi. Bir kuni ul tevasini qumladi, Ortadigan yuklarini jobladi. Yuklari ogir edi yol ham yiroq, Ortadi tayloqni nori firoq. Fasli tamuz erdi, havo kop isig, Yolda tåmurdek edi qumlar qizig, Och otina kuydi, anodin judo, Modarining mehrida erdi ado. 1 Bu orinda zikr qilingan Abdurahmon oftobachi Qoqon xonlarining oxirgi kunlarida Xudoyorxon va uning ogli Nasriddinbekka qarshi harakat qilgan va Andijonda rus chorizmi generali Skobelev bilan toqnashuvda qatnashgan Abdurahmon oftobachidan(qiðchoq Musulmonqulning oglidan) boshqa tarixiy shaxs bolishi kerak. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari 1874 76 yillarda bolib otgan voqealardan ancha ilgari yozilgan. Bu nomlarning «Zarbulmasal» ni litografik nashrga tayyorlovchilar tomonidan qoshilganini taxmin qilishga hozircha hech qanday asos yoq.
276 Jahd ila yetmay anosin keynidin, Qumda kuyardi, gami ul siynadin. Ogir yuki yolda oshal sorbon, Yolda chokturdi tuzatay deb ravon. Botasi borib erdi orqosidin, Yondi haroratlar yagmosidin. Bozlanib aydi:Halo berahm onam, Kuydi-yu yondi-yu tutoshti tanam. Asta-asta yursang, bolgay na gam, Siyna sutidin åmayin dam-badam. Aydi onasi bolasiga boqib, Kozlarining yoshlari suvdek oqib: Korki, burunduq kishining qolida, Bu kishining kozlari oz yolida, Menda agar zarra kabi ixtiyor Bolsa edi, bolmas edim zeri bor. Burungilar masalidurkim: «Qizni kim suymas, qimizni kim ichmas», «Karnaychidin nima ketar? Bir puf». Anda Hudhud aydi: «Ori, amonat sozga amin bolmoq yaxshilar shevasi turur. Sen dagi kulni oz komoching ustiga tortma va bahodir duradgordek teshani oz tarafingga chopma. Monandi arra bosh dar ilmi maosh, Gohe soyi xud mekash-u, gohe meposh 1 ».
sozlashgil... deb vidolashib ketdi. Alqissa, Korqush yiqila-surila Kulonkir sulton dargohiga ravona bolub, sarmanzilga yetdi. Kordikim, ajab shan-shavkatlik 1 Mazmuni: Tirikchilik ilmida arra singari bol, bazan (qipiqni) oz tomoningga tort, bazan soch 277 borgohi bor ekanki, savsan kop til birlan aning vasfidin ojiz va har turluk muarrif tarifi uning shanida nochiz: Kordi tikilgan edi bir borgoh, Borgahi xisravi anjumsiðoh. Kungurasi kokka tegib ordalar, Xayma-u xirgoh-u saropardalar. Bir necha qushlar bila hamroz olub, Bulbul-u qumri bila damsoz olub, Nagmayi qonunligini soz etib, Daviyi firavnlig ogoz etib. Korqush bu asosi bolo qiyosni korub, borgoh darvozasidan «Salom, hay-hay!» ovozining savlatidin kirolmay olturub qoldi. Kulonkir sulton xizmatida bir Kuykunak otlig qullari hozir erdi. Kulonkir sultonning Korqushga nazari tushub, Kuykunakka buyurdikim: «Borib gulomgardishda olturgon odamdin xabar ol. Muhtoj, mustamandmu, yo och va yalongochlikdin keldimu? Sazovori xayr bolsa, munda olib kel». Anda Kuykunak ilgari qadam qoyub Korqush oldiga kelib aydikim: «Ey bobo, qaysi oshyoni balanddin parvoz qildingiz?» Anda Korqush Kuykunakning takabburona sozini anglab aytdi: «Ey bolam, sen soz sorguchi bolguncha va men javob berguchi bolguncha, ikkimiz ham goyib bolsak yaxshidur». Anda Kuykunak aydi: «Yaxshilar topib sozlar, yomonlar qopib sozlar» degandek, yani bizni arkoni davlat arosida kichkina kordingizmu?», «Kichkina dåmang bizni, kotarib urarmiz sizni», yoinki «Kuykunak oz yerida goz olur ham ordak»,.. «Ozingni er bilsang, birovni sher bil». Korqush aning xud donoligini anglab aydi: «Ey, bolam, sen onasiga orgatgan qizga oxsharsan.Yo otasiga orgatgan ogilga oxsharsan. Burungilar masalidurkim: «Sigir suv ichguncha, buzoq 278 muz yalar». Mehmon bolsam, tazim va tavozå qilish ang lozim erdi. Bayt:
Gam hujum etkanda besomonligim ortar meni, Mezbon xijlat chekar har necha mehmondir tanish. «Borakalloh,mehmonni siylamoqni sendin organdim» dedi. Anda Kulonkir mehmonga ozor berganini anglab, Kuykunakni jerkib, kozidin andog nari soldikim, qayta kormaklik nomumkin boldi. Bas Korqushni imlab olib, yonidan joy berib, aydikim: «Ey bobo, xush kelibsiz. Mazur tutung, ozingizdek kishilar debdurlarki: «Tanimasni siylamas». Anda Korqush sozga daraftod boldi. Va aydiki: «Ulugning borgohida xidevi donish va ahli xiradmandi bohush har qancha kop bolsa ham, oz bolur. Xususan podshohi oldiga uch toifadin guzir va chora yoqdur. Avval, olimi boamalki, podshohning oxiratlik asbobini anga korguzsa. Ikkinchi, vaziri sohib rayki, podshohning dunyolik yarogini taraddudida bolsa. Uchinchi, munshiyi rostnavis, kalamzani nigahdor na shamshirzan. Holo bu turgan oshxori jomadarronlar taom yåmoqqa hozir, maslahatga aqli qosir. Qadimgi buzurg mashoyixlardin bizga bir masal qo- libdurku; «Erga bersang oshingni, erlar silar boshingni, itga bersang oshingni, itlar chaynar boshingni» va yana «Esing borida etagingni yop» yoinki: «Yaxshi bilan yurding yetding murodga, yomon bilan yurding qolding uyotga», yoinki: «Yomonga yondashsangiz, balosi yuqar, qozonga yondashsangiz, qarosi yuqar»... «Biz qoy kormagan bolsak ham qiy korgan edik»... «Bu toifaning oz xizmati, kop minnati bolur. Har kim bu toifadan muruvvat tilabdur, goyo tol yogochdin zardolu tilabdur... Mundog amr vuquga kelmas...» Korqushning sozi Kulonkir sultonga bodayi sabuhi nashasidek tasir etdi va nasoyihning abiri jon komiga turktoz etdi. Bahaddiki vujudining vayronasi mamur bolub, obodonliqga yuzlandi. Kulonkir sultonning ilgarigi mehmondin qolgon oshi 279 bor edi, ani Korqushning oldiga qoydi, aydi: «Oz oshga åmdi imdod yoq». Anda Korqush aydi: «Karamna erdi baxillik sozni deding, e shoh, Oz oshni berguncha mundin ziyod ot-u olov», Anda Kulonkir sulton aydi: «Az karam nest baxili kardan, Xon nihodan taomi xud xurdan,... 1 «Oz oshim, gavgosiz boshim» deb, yolguz inoyat qiling». Anda Korqush aydi: «Osh egasi bilan totlig». Kulonkir sulton aydi: «Xob bolur, oshga deganda quruq kalla yugurar», deb qol uzata berdi. Bir olmogliq qildikim, tabaq tubiga tushdi. Korqush qancha taraddud qildi, oshni tabaq tagida topmadi. Anda Korqush aydi: «Kalomi majid tarjimasi tururki: «Yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar». Bu nechuk osh yåmogliqdur?» Anda Kulonkir sulton aydi: «Bizning shanimizda isrof bolmas. Nechukkim, qiyomatlik hisob- javobin mazmuniga boqib osh yedimki, anda ortuq halol-haromdin hisob olurda, munda oz-oz olib, oxiratda hisobini kop bergancha, munda bir olib, anda bir javob bersam yaxshidur. Yana: «Quyrugi uzun tovushqon, yomon bolur sozni bir-biriga qoshqon». Turung, muhim xayrga taamul qilmang», deb javob berdi. Alqissa, Korqush ornidan turib, jidd-u jadal birla boyogli sarmanziliga ravona bolub, qati manozil va tayyi marohil qilub, muddao devoriga boshi tegdi va istido hadafiga murod oqi teginib nomurodlardek toriqdi. Zamondin song Boyogli Korqush kelganidin ogoh bolib, aning oldiga chiqib, «Xayra maqdam birrasi valayn 2 , xush kelibsiz, safo kelibsiz», deb tazim va tavozu birla korushub, bir-birining yuzini choqushub, Boyogli 1 baxillik qilish karamdan åmas: dasturxon qoygach, oz taomini yåmoq 2 qadamlari bosh ustiga, koz ustiga 280 Korqushni uyasiga qondurdi va oldiga mohazar qoydi. Korqush sozlamasdan burun taomga tusha berdi. Boyogli aydi: «Taom yåmakda sozlab yåmak yaxshidur, hayvondek xomush taom yåmak, ozoda mardum shevasidan ermas».
Anda Korqush aydi: «Sozlashmasdin ozga chora yoq. Lekin ilgari otgan yaxshilar masalidurkim: «Avval taom, songra kalom». «Ayron tilab kelsang, chelakingni yashurma»-andog voqif va ogoh bolingizkim, sizning toleyi garduningiz burjida saodat partavlik, masturalik sadafidin paydo bolgan, Kulonkir sultonga munosib, Gunashbonu ismliq nozparvar mahliqo qizingiz bor åmish. Yapaloqning bolasi Kulonkir sultonga munosib korub,sovchi bolub keldim. Siz bir shirin javob bering. Anglab borib taraddud qiloli» dedi. Anda Boyogli aydi: «Ori, bolaning boyi yetibdur. Ozidan sorab javob bersam kerak» deb turub, qizining oldiga kirdi. Aydi: «Ey bolam, Yapaloqbibining bolasi Kulonkir sulton havoxoh bolib, sovchi yubormish, na javob berursan?» Anda Gunashbonu oyim, nechukkim rozgor qizlarining alolaridur, «Sukut-alomati rizo» degandek, boshini quyi solib olturdi. Boyogli qizining maylini bilib aydiki: «Bu boliganing kongli er tilar oxshar» degach, qiz tilga kelib aydi: «Ey båmani chol, soqolingdin uyol. Xomush turmoqliq boyla bolurmu javobi? Xayr ishiga mutakallim bolgoning boyla bolurmu xitobi?..» Anda Boyogli aydi: «Ey boshing kesilgur, anglagon åmasmusan «Olturgan qiz, orin topar». Anda Gunashbonu oyim aydi: «Ertagi savdoning dahsar ogirligi bor», «Kechki ekinning xatari bor» va yana aytibdur- larkim: «Ertagi ishni kechga qoygudek åmasdur». Anda Boyogli bildikim, «Tadbirning yengi bilan taqdirni yashurub bolmas erkan». Ornidan turub Korqush oldiga chiqdi. Korqush aydi: «Borimisiz, tulki?» Anda Boyogli aydi: «Bu dafa boring, dagi bir javob olursiz, ilgari otgan yaxshilardin bir masal qolibdir: «Yolguz otning
281 changi chiqmas, changi chiqsa, dongi chiqmas» va yana: «Ot olsang, oyung birla kengash» debdurlar. Men ham qarindosh urugimni yigib, mashvarat aylab, anga yarasha sizga javob bersam kerak», dedi. Anda Korqush aydi: «Xayr ishiga hech istixora hojat åmas». Nechukkim, Xoja Hofiz Sheroziy aytibdurlarki: Darkori xayr hojati hech istixora nest 1 .
Anda Korqush aydi: «Andog bolsa, bir chuchuk javob bering. Anglab borib javob beray» dedi. Anda Boyogli aydi: «Dar hama kor mashvarat boyad, Kori båmashvarat nako noyad» 2 , Anda Korqush aydi: «Mashvarat bagoyat yaxshidur. Lekin donishlik birla qilmoq kerak, borgoh, aql-u donishdindur. Xirad sarchashmasidin kor, el izosi anga mashhur; och yurub kekirgan, ogzi birla ishini bitirgan, goh ozini Tahamtan 3 oluvchi bahodiri jarror; muft topilganda oshar, ichi pok, kozi lok nodonlarga Umar ayyor, donishmandlar safida bir naqshi devor, elga malum va mashhur Muhammad Sodiq zargarning ogli parishon rozgorga kengashib, bizni aro yolda qoymang». Anda Boyogli aydi: «Farosat oyogi oqsoq, tevadek yegani shora va yantoq, ilgari otgan sozning birini ming qilib sozlarga toq, oyogidin osilgan sutqoq qushga oxshash Jalil boqoq oshpazdek bosh ahmoq åmasman. «Kopga kengash, oz bilganingni qil» debdurlar». Alqissa, Korqush bu navidi farah afzoni eshitib, xursand bolib, Yapaloqbibi manziliga ravona boldi. Va aning sarmanziliga yetdi. Boyoglining anchakim, muhim xayrga ragbati bor erdi, bayon qildi. 1 yaxshi ishni bajarish uchun fol ochib otirishning keragi yoq 2 mazmuni: har bir ishda, maslahat lozim, maslahatsiz ish yaxshi åmas 3 qahramon Rustamning laqabi 282 Alqissa, Yapaloqqushning bir qarga dosti bor erdi. Shornol qushlar koziga gol, oz ishiga pishiq, haromzodayi tarror ogri mishiq, harif ayyor solor davlatmandlar asnofida mumsiki beor, har murda ustida tayyor, yigirmaning beshini mustahiqqa berib, on beshini qoyniga urgan, tumshugi Zokirboy jomafu- rushning tumshugiga oxshar ekan. Oshal diyorda Maliki shabshohinki qushlarning shohligi anga mansub erdi va Kulonkir sulton anga dangalnishin pahlavon erdi, Sholni Malik Shohin janobiga sevinchiga chopturdi. Manozil va marohil tay qilib, Malik Shohinning borgohiga kelib, tazim va tavoze birla salom qilib, Yapaloqning ruqasini uzatdi. Malik Shohin noma mazmunini anglab, bir zamon tavaqquf aylab aydiki: «Sani yubormasa, bolmasmudi?» Anda Shol aydi: «Sarnavishti ahli mano chun qalam boshad siyoh»
1 . Ey podshohi olampanoh, ozlari mano poyasidin bebahra ekanlar. Sizga surati yomon bolsa, manoning guli bolsa ham xush kelmas ekan. Andog bolsa: Sofi Qochqordek bolsa nodon - haq; soz aning oldida yolgon, erta-kech qolida tasbih, virdi aning harza safih, suratda hech kami yoq va mano bejo ketsa gami yoq; va goho kampirlardek engashkan, soch bogi yer supurgan va toqyasini chakkasiga osgan: «Olarda hisobi toqquz, berurda sanogi ottuz», «Togri sozga togonoq, izo va kulfatga yovuqroq, makr va hiylada shaytondin mufsidroq, korunmoqqa yuzsiz, sozi tuzsiz, yozda sovuq, qishda issiq, sharoratpeshalikda Homondin shadidroq, kurk tovuqdek suvga pisharga ongroq, odamizod arosida Sayid Azimxon manzur bolsa, men andin ahmoqroqmu?» dedi. Malik Shohin aydi: «Barakallo, oz aybin bilgan marddur». Malik Shohinning Kordon otlig xazinachisi bor erdi. Anga buyurdikim: «Bizning jonibdin Sulton Kulonkir dangalnishinimga toyning asbobini muhayyo qilib ber». Alqissa, Kordon kamari himmatini garavdek necha yerdin bogladi. Songra zamone tafakkurga borib, aydikim: «Avloroq, 1 «Ilm ahlining baxti qalam singari qora». 283 ulkim, avval ozim borib Boyogliga uchrasam; harna tilagan qalini taraddudida bolsam; oz qulogim birla eshitsam, anga yarasha toy taraddudida bolsam. Xarji isrof bolmogudek bolsun», deb borurga azm qildi. Kordonning joyidin Boyoglining maskani uzoq erdi. Balki muddati safar erdi. Safar yarogini bekam-kost qilmoq kerak, agarchi debdurlar: «Tavakkaltu alalloh»ni degan er, Na talqon-u, na qalqonning gamin yer». Va yana burungilar debdurlar: «Toyga borsang toyib bor, torqa toning kiyib bor», uydin gamlanib chiqmoq kerak, nechukkim: «Uydagi soz bozorga rost kelmas». Uyon Boyog- lining uyi bolsa, sichqon suyagidan boshqa nimarsa bolishi zohir va malum åmasdur. Alqissa, Kordonning oziga safar va hazarda hamroz va hama atvori pisandida va harakatlari maqbul, otasidin qolgon Turumtoyi tez parvoz, soz kelganda jilov saqlamay robaro etguvchisi bor erdi. Bozorga chiqtilar. Erta kun kech boldi, oftob peshin joyiga yetdi. Anda Turumtoy aydi: «Ey toram, sizning kirdikoringizni odamlar orasinda Xolboqi miskarga oxshaturman». Kordon aydi: «Ey ahmoq, bu nima deganing?» Turumtoy aydi: «Andog eshitganim borki, odamizod farzandidin Xolboqi miskar degan bir koknori bor erdi, nomozshom vaqtida birovning mehmonxonasiga taom ustida hozir kelibdir. Mardumlar sufrani qurshab olturur erdilar, shul vaqtda azon ovozi keldi. Kishilar aydilar: «Avval nomoz oqub, songra taom tanovul qiloli. Har kim nomoz oqumasa, taom yåmasun» dedilar. Xolboqi miskar nomoz uchun yer opkani yoq erdi. Ornidin turub, tahorat qilub, nomoz oqub, songra nafsini malomat qilib, darjang bolub aytur erdikim: «Ey tosh kåmurgur nafs, mening koknori holimga boqmay; yuz-qolumga sovuq suvni sazovor etib, rangimni qahrabodin otkarib, oxir meni nomozxon aylading!» Siz anga oxshabsiz. Siz oz nafsingizni 284 bitkazing yo sulton amrini. «Ikki suyuklik bir kongilga sigmas» debdurlar. Va yana yaxshilar debdurlarkim: «Ikki kåma tutganlar qoldi garqob ichinda, chiqmas ul dengizdin bir kåma tutmaguncha». Anda Kordon aydi: «Ey beadab shum, xojangga nasihat qilgudek boldingmu! Qadim yaxshilar aning uchun debdurlar: «Yetim ogil saqlasang, ogzi-burning qon etar; yetim qozi saqlasang, ogzi-burning moy etar». Va yana aytibdurlarki, «Åma bilgan qozilar ikki onani åmar, åma bilmas qozilar oz onasini åmolmas», kamina oz nafsimni ham xushnud qilurman va ham sulton amrini... Sen xojangga tanbeh bergudek boldingmu? Anda Turumtoy aydi: «Taqsir afandim, xato qildim. Ogiz oshga yetganda burni qonagan men boldim» Eshitganingiz yoqmi, ilgari otganlardin masal qolibdurkim: «Argumoq ot bolmas ozgan song; xojasi qoliga boqmas yozgon song». Lekin har qancha qulning xatosi bolsa ham, podshohning andin ortugroq avf-u atosi bolur, xurshedi olamtob zarraparvarlik oyinini qoldin bermas; bandalikning bostoni berangmu bolur, oftobning zarrasidin or va nangi bolurmu?». Algaraz Turumtoy aydiki: «Ey xojam, men Yodgor postin- dozdin ham otkarib sozlabman oxshar». Anda Kordon aydi: «Bu sozlarga Yodgor postindozning nima daxli bor turur? Muning tafsilini bayon qil!» Anda Turumtoy aydi: «Odamizod orasida Yodgor bulotqi degan bir odam bor erdi. Goho ozini otkarur sofi ot quyub va goho sohib donishmandi rozgor olib, der erdikim: «On yoshimda hazrat Nuhni obi azobda qolgon kåmalarini yasarda yogoch tutushib erdim». Va aytur erdikim: «On besh yoshimda hazrat Ibrohimni Namrud alayhillana manjaniqqa solib otga otarda bir poyasini tutushqon men erdim». Va goho der erdikim: «Yigirma besh yoshimda Xoja Ahmad Yassaviyning marqadlarini qilurda loy tashib, gisht bergan men erdim». Ul vaqtda olturgan joralari aytur erdilarkim: «Ey Yodgor aka, rost sozlagin» desalar: «Muhammad quli Bahodirdin bolakni bilsam, xudo ursun», der erdi. Men xabardor bolsam, andin ham otkarib sozlabman
285 oxshar». Va yana aydi: «Ey toram, bu sozga ham quloq solginki, Yodgorning postin tikkanin korsangiz, chokidin barmoq otar, xaridor ushlab korib der erdiki: «Bu qandog tikish?» Ul javobida: «Musht otmasa yaxshi tikish», der erdi. Va yana men xabardor bolsam, andin ham otkarib sozlabman oxshar. Andog bolsa ham oz qullari, afv qilgudekdur», deb boyunsundi. Anda Kordon aydi: «Sungan boyunni qilich kesmas» deb- durlar gunohingni otdim. Sening holingga mulohaza qilsam, kam safarlikdin bu sozlarni aytding. Safarda kop tajribalar hosil bolur. Magar sen «Kalila va Dimna» din bexabar oxsharsanki, Bozanda va Navozanda qissalarini senga bayon aylay». Turumtoy aydi: «Ogzingizdin orgulay, toram, bayon qiling!» Kordon aydi: «Ilgari ayyomda ikki kabutar bor erdi, birini Bozanda, birini Navozanda der edilar va ikkovi kecha-kunduz bir oshyonada damsoz va bir koshonada hamroz edilar. Bir kuni Navozanda Bozandaning yuziga boqdi, osori malolat-anduh peshonasidin mutolaa qildi. Aydi: «Ey kozumizning nuri va ey mahzun konglimning sururi, zamiring kozgusi xira, yuzing shioyi tiyra korinur, ayyomi nofarjomdin nelar kordung va nelar tegdi?» Anda Bozanda aydi: «Qadimgilar sozidurki: «Arzon kira shahardin ovora qilur». Hech zod va rohila menda yoq. Safar qilmoq dagdagasi boshimga tushubdur. Jon totisi tan qafasidin parvoz qilur». Navozanda aydiki: «Hayhot, bu xom tarbuzni qoltugingga olmaki, bu xayoli fosiddur. Dunyo arusidek orazing qizartib, kongul ichinda chekkani chiqorgil... Ey yori aziz, safar qilmoq ikki holatdin tashqari åmas: biri vatanda avqoti kechmasdin va yana biri izo va ihonatdin safar ixtiyor qilurlar». Bozanda aydi: «Qadimgi yaxshilardin bu soz qolibdur: Har kimki safar qilsa, pisandida bolur, Xurshed kabi ziyoyi hardida bolur. Olamda nimarsa yoq suvdin totlig, Bir yerda maqom etsa agar, ganda bolur. 286 Osmonki hamisha safarda, shams va qamar va savobit va sayyorasi safardadur. Yerki hamisha sohib sabr va sukundur, poymoli har ahli dundur. Gardun bila kokka boq va fikr et! Kok surati birla yer nechukdur. Bu ikki olami bolo va asfalning orasida kop farq sodir bolur. Daraxt boston ichra tahammul qilmasa edi, jafoyi arra va bolta izosini kormas erdi». Navozanda aydi: «Daraxtni ozga joyga ornatsalar kokarmas». Anda Bozanda aydi: «Badaxshonda lal madanedur va Yamanda aqiq konidur... Aqiq Yamandadur va lal Badaxshonda, har ikkisi to safar ranjini chekmaguncha, lal va aqiq naqshidin va rang tarovatidin oriy qolur, derlar». Anda Navozanda aydiki: «Safarga kop haris bolmaki, anda bir nuqta ziyoda bolsa, saqar bolur. Safarda rafiq kerak...Yaxshi rafiq birla safar qilsang, saodat toparsan va yomon rafiq birla shaqovat. Dalildur: nechukkim, sangpusht birla chayon hamroh bolgondek». Anda Bozanda aydi: «Qandog erdi? Sozlagil». Navozanda aydi: «Andog eshitkanim borki, sangpusht Iroqdin Hijoz sari borur erdi. Yol uzasida nochor bir chayonga yoldosh boldi. Ikkisi zaruratdin hamroh boldilar. Ammo sangpusht bagoyat farosatlik erdi. Ammo chayonga inon-ixtiyorini berib, bodiyalar qat etub manozil va marohil tay qilib yurur erdi. Oshal asnoda nogoh bir nahri azimga duchor boldilar. Andin otar ilojini topmadilar. Tafakkur yogochi anga kopruk bolurga ojiz va tadbir qamishi sol bolurga nojizdir. Oxirulamr, sangpusht murod hadafiga maqrun bolub, shinovarlik birla muddao istidosining soliga ozini oldi. Goz va ordakdek silkinub turdi. Nogoh orqasiga boqdi, kordiki yoldoshi yolda horgon nayzasini kiftiga tik ushlab, yuqori-quyi yuribdur. Sangpusht aydiki:«Ey birodar, sabab nadurki buyon otmaysiz?». Chayon aydi: «Koz yoshicha suv bolsa, bizga mazur tuting». Sangpusht konglida aydiki: «Yoldosh bolmoq sharti bu åmaski, oz hodisa birla hamrohlik rasmini bartaraf qilsam, uncha xob
287 åmas. Avlo uldurki, otkarib qoysam. Qadimiy yaxshilar masalidurkim: «Yaxshilik qil, suvga sol, suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur». Alqissa, sangpusht cholgochini qoliga olib, oz harakat birla ozini najot soliga oldi. Aydi: «Ey birodar, seni daryodan otkargali ogradim. Mening ustimga min, bejo harakat qilmaki, oz joningga jabr qilursan». Anda chayon aydi: «Har kim oz maslahatini ozi bilur», deb sangpushtning orqasiga mindi. Daryoga tushub oqdilar. Zamondin song chayon tebrana berdi. Sangpusht aydi: «Bu bejo harakatdan muddaong nadur?» Chayon aydi: «Bukun maydoningni vasi topdim. Burungi yaxshilar: «Eshak oyuni qirq yilda», debdurlar. Bukun polod nayzamni yakjirma qalqoningga ozmoyish qilay derman». Sangpusht aydi: Golibo uldurki: Oz dosti dilin resh aylagay jahldin, Har kim oz mushtin urar devorga. Sening bu xor sifat nayzayi båmajoling mening bu yakjirma qalqonimga nima kor qilsin?» Anda chayon aydi: «Bilganing yoqmukim, aqrabning muddaosi nish urmoqdur, xoh dost koksinadur, xoh dushman orqasina». Qita:
Har kimi odati nechuk bolgay, Beirodat zuhur etar andin. Toshdin nesh ayori yoq aqrab, Garchi mundoq dåmak ajab sendin. Sangpusht aydi: «Yaxshilardin bir masal qolibdurkim: «Ishon- magil dostingga, somon tiqar postingga», «Oshnangdin top» degandek, dostim, suv uzra xasdek yurmoq tokay? Bu bahri amiq javohirlarin tamosho qilmoq kerak» deb gavvoslardek bir gota urdikim, ul javohir termoqda va chayon jon bermoqda
288 qoldi. Bu masalni aning uchun kelturubdurlarkim: «Aslning xatosi bolmas, nojinsning oshnosi bolmas», «Boynida illati borning oyogi qaltiraydur». Bu sozning nihoyati uzoqdur, lekin maqsud qoldin ketar. Soz maqsudiga kelduk. Alqissa, Kordon birla Turumtoy safar anjomini muhayyo qilib jonay berdilar.Qati manozil va marohil tay qilib, Qubod shahristoniga yetdilar. Boyogli oshyoniga kelib qondilar. Boyogli bularning kelganidin boxabar bolib, oldilariga chiqib: «Xayra maqdam birrasi valayn, xush kelibsizlar!» deb gardi rohlarini qoqib, mehmonxonasiga paloslar solib, chiroglar yoqib, alarni qondurub, ochoqqa otun qalay boshladi. Ul chogda havo etidoli otib, qish zamhari yovuq edi. Sovuq kasrotidin harchand «puf-puf» qildi, yonmadi... Boyogli aydi: «Koring, qariligimning boshi, esim yoqdan otni yoqolmadim». Anda Kordon aydi: «Eshitganim borki, «Shayxning hunari bolmasa, honaqoh tang» va yana yaxshilardin bir masal qolibdurki, «Qalovin topsa, qor yonar, qalovin topmasa, qoqshol otun ham yonmas». Ot yoqarni bilmaysiz, bizga qanday muomala qilursiz?» Boyogli aydi: «Tojikning bir masali borki: «Yoreki ahlast, kori o sahlast» 1 Andin song, Boyogli bazm asbobini tuzub, rud, ud, daf, nay, barbat, qonun; navozanda, sozanda jam aylab, mehmondorlik rasmini barpo tutdi. Muganniylar sozlarining qulogiga goshmol uchun qol solib, toblay berdilar. Bir-ikav naqora orqasiga, darra birla qohilinomozni urgan raisdek ura berdilar va otga daf orqasini ogrining orqasin toblagondek toblay berdilar. Alqissa, nagma navosini falakka yetkura boshladilar. Kordon Boyogliga boqib aydi: «Siz bila bir parda ichinda navo qilali va beparda sozlashmayluk». Boyogli aydi: «Rost aytursiz, yaxshilar sozidurkim: «Sozni aytgil uqqanga, jonni jonga suqqanga». Mazaliq sozga har qancha quloq solsa bolur. Andog aytibdurlarkim: 1 Manosi: Dostlar ahil bolsa, ishi oson boladi. 289 Bayt:
«Agar soz jona paydo qilmasa soz, Ani soz dåmagil, ey majlis afroz». Kordon aydi: «Biz kamina Malik Shohinning halqa bagoshlaridin 1 bolurmiz. Bizga andoq bilindikim, Gunashbonu oyimni Yapaloqbibi bolasi Kulonkir sultonga beribsiz. Harna tilagan qalinni oz qulogim birla anglagali keldim, toinki xarji isrof bolgudek bolmasin. Åmdi na buyurursiz?» dedi. Boyogli aydi: «Ilgari otgan yaxshilar masalidurkim: «Qoynidin tokulsa qonjiga» debdurlar. Oz qarindoshlarimdin kishi chiqar. Yapaloq bolasi kuyovga hojat åmas... Koppak bolasiga na deb berayin». Anda Kordon aydi: «Er tilagan yerda aziz» va yana aytib- durlarki: «Qizni oshiqiga ber». Va yana bu masal qolibdur: «Qiz saqlaguncha, tuz saqla»... Boyogli aydi: «Oltunning bitgan yerda qadri bor» va «Changal oz joyida kun korar». Kordon aydi: «Sen ilgari otgan odamlarning kirdorin qilolmas- sen... Holo sen hozirni kongil. Masaldurki: «Bugungi naqd opka ertagi quyruqdin yaxshidur». Holo sen Yapaloqbibini koppakdek deding, qadimgi yaxshilardin bir masal borki: «Egasini siylagan, itiga songak tashlar». Sen andog dedingkim: «Qizim, senga ayturman, kelinim, sen eshit» qilding. Sening bu sozing Ashur yiriq qassobga oxshar. Yoldin bir oyna topib, ozining nomuborak yuzini korub, oynani yerga urub, anga necha ayblarni qoyub, der edikim: «Yaxshi mato bolsa, yol uzasida turmas edi» deb va aytur erdikim: «Na xorlik senga zishtlikdindur va zishtlik badsirishtlikdindur». Agar sening xirading diydasi xira va zamiring oynasi tiyra bolmasa erdi, avval oz aybingga boqib, ozgalar aybini yashursang, xob erdi». Boyogli aydi: «Menga nasihat orgatgali keldingmu? Sening nasihating qulogimdin yeldek otar, yeldek chiqar». 1 Halqa bagosh-qulogiga halqa taqqan, qul manosida ishlatiladi. 19 Adabiyot, II 290 Kordon aydi: «Nasihat quloging (da) yeldek turmas oxshar...» Boyogli aydi: «Yomonning kuchi yapaloqqa yetar» degandek anglogoning yoqmukim, «Anglamay sozlagan, ogrimay olar; chaynamay yeganlar, kavshamay ketarlar». Bu sozni eshitgan zamon Kordon xazinachining gazab oti ishtigollanib, vujudi nayistoniga ot tushib, tutuni gardunga xirom bogladi. Bahaddeki, xijolat teri tofon, balki ajuz ayyomining qor va yomguri aning chorasiga hayron erdi. Aydikim; «Ey abushqa, quyosh jamoli jilvasidin mahrum va ey tuyurlar sin- fidin marjum.., Yaxshilardin bir masal qolibdurki: «Yaxshilar topib sozlar, yomonlar qopib sozlar»... Men seni Boyogli ted eshitib erdim. Eshitganim korgandek åmas ekan. Men mehmon bolsam, qilgon peshomoding shuldurmu?» Boyogli aydi: «Mendin otti, mazur tuting «It qilgonuni, itorchi qilmas»-debdurlar.... Men xabardor oldimki, tevadin ham otkarib sozlabman oxshar». Kardon aydi: Sozla! Boyogli aydi: «Bir tulki yolda ketib borur erdi. Zimiston erdi. Qor va yomgur behad yogib, kochalar loy erdi. Anda bir teva loyga yiqilib, aganab, shongib, har moyida botqoqlar yopushub erdi. Ul teva sarbga xobi xargush berib, bir shorazor jaziraga qochib borur erdi. Ul tulkiga duch keldi. Tulki salomlashib, tevadin hol sorab aydi: «Ey buzrugvor, hormasinlar, qaydin kelurlar?». Teva aydi: «Hammomdin kelurman». Tulki aydi: «Barakallo, rost aytursiz, hama boshdin-oyogingiz tar-u toza va pokiza. Buni oyoqlaringizdin mulohaza qildimkim, garmoba suvini boshing va oyogingga ishlatibsan, magar hammomchi olgan ekanmu va hammomni xoli kordingmu?» Yana Muhammad Xoliqboyning bogida bir Safarboy degan ahmoq bogboni bor erdi. Aning bogida on besh toza navnihol oruk daraxti bor erdi. Safarboy toza, xushtam oruklarning shoxini kesib tashlab, aning orniga achchig danak oruk shoxini payvand
291 qilur erdi va yana osgan nihollarning hol shoxini kesib, quruq shoxiga payvand solur erdi. Bu aql va farosati birla ozini hama bogbonlardin dono olur erdi » Alqissa, Kordon aydi: «Mening ham urug-aymog qarin- doshlarim bor, alar birla maslahat qilib javob berurman». Kordon aydi: «Xob, lekin Xoqanddagi ikki faj va kaj beta- mizdek qarindoshing birla maslahat qilib, bizni oro yolda qoymagil». Boyogli aydi: «Ul ikki faj va kaj kimdur? «Bayon qil!». Kordon aydi: Ozin goh mullo olur, goh taqi, Niyozcha ogaliqki, xush ahmaqi, Hama ishga yolgon sozi dastgir, Sozin sarf etib, qornin aylardi ser. Olur goh mullo ozin, goh amin, Vale bilmagay suhbati xonabin. Birov oldiga kirsa, der: «Hoy, Chilim sol, buyurtur palov, Mallaboy». Bobojon Ashur choloq-u Ali biri, Xoqand mulkida ahmaqi nodiri. Ozi kor, ravshan yurdi ajab, Kecha-kunduzi jostjoyi talab Bular birla har maslahat kaj edi: Bu ikkisi shahr ichra kop faj edi. Anda Boyogli aydi: «Siz aytgan Muhammad Amin Xoja muftidurki mudom har ishda ozidin båmaza va befahm va beidrokroq odamga maslahat qilur erdi. Xoh forsiy, xoh arabiy, har kitobki bitsa, sahv va galadi xoli åmas erdi, bovujudi bu 292 hama noqisligi birla ozini hamadin mullo va donishmandi rozgor korar erdi». Anda Kordon aydi: «Muhammad Amin Xoja muftining sifatin bayon qil». Boyogli aydi: Edi ismi Muhammad Xoja mufti aning, Xati xush, bayon aylayin men aning. Erur asli, nasli qizilbosh saqat, Bitardi kitob barchasini galat. Kichik oftobani davot deb olib, Ajab yaxshi deb kissasiga solib, Etib kibr-u manlik sharobini nosh, Qalamdoni sanduqchayi dukfurush. Yana Boyogli aydi: «Peshqadam kor ozmo 1 qarindoshlarim bor. Alar birla maslahat qilurman». Anda Kordon aydi: «Gorga, qarindoshingiz bolsa, oq xaltasi, kok xaltasi bolmasa; kor ozmolar sozidur «Qarindoshing kelsa, kelsun, boz xaltasi kelmasun»... Boyogli aydi: «Sopol chinni bolmas, begona ini bolmas». «Qati silayi rahm 2 yomondur». Kordon aydi: «Rost aytursan. Kor ozmolar debdurkim: «Qarindoshimqora qozonim». Yana bir masal borki: «Qarindoshing olsa-olsin, qadrdoning olmasun». Ey Boyqush, holo sen «Korpangga qarab oyoq uzat». Sen ming chordevordan dam urarsan. Vaholanki..: Sayid Umarxon davrida Fargona iqlimida «obodligi» dan ozga joy yoq... Daxi toqol echku munguz tilab qulogidin va yo har bir dumsiz eshak dum ishtiyoqidin yollar yurub ikki qulogidin ayrilgondek bolma!» Boyogli aydi: «Hikoyat qil!» 1 kor ozmo ish korgan, tajribali 2 qati silayi rahm qarindosh-urugning oldidan otmasdan degan manoda 293 Kordon aydi: Budast xareki dum nabudash, Roze gami bedumi fuzudash. Dar bodiyaho qadam hamezad, Dum metalabid-u dam namezad, Nogoh ziruyi ixtiyori, Biguzasht miyoni kishitizore. Dehqon magarash zi dur medid, Barjastu varo du gosh burrid. Miskin xarak orzoyi dum kard, Noyofta dum gosh gum kard 1 .
sinar. Åmdi sen ham quyushqondin tashqari chiqma, sunnat bajo kelgudek ish qilib jonata ber. Bir masaldurkim: «Yetim qizga yelpuguch chikora?» degandek holo sen ozingning Qubod shahristoningni Kayqubodi sonub, bizni manzur etmading... Anda Boyqush aydi: «Parda ichinda beparda sozlarni kop sozlashtuk, nagma roygon ketti. Bazmdin keyin har qancha qonun navoz gapingiz bolsa, anglasa bolur». Soqiyi tumtaroqlar piyola suna boshladilar. Boda nashasi Kordon birla Boyogli raglariga, tokka suv yugurgandek, yugurdi. Anda muganniylar nagmasi tasir qilib, mevazor daraxtning boshi yaxton deb bir- biriga aytur sozi: Olamanga kelganda olon birla cholpon bol, Berishingga kelganda xoja birla mullo bol. 1 Mazmuni: Bir dumsiz eshak bor edi. U bir kun dumining gamida yolga chiqdi; sahrolarni kezdi, dum istab, unga erisholmadi. Ittifoqo bir kun yol olib, ekinzorning ortasiga tushdi. Dehqon uni uzoqdan korib qoldi va yugurib borib, uning ikki qulogini kesib oldi. Bechora eshak dum orzu qilib, uni topolmadi, qaytaga ozining ikki qulogidan ajraldi 294 Alqissa, zamondin keyin bazmlari tuganib, muganniylar olganlariga quvonib, oroyish uzulib, maraka buzulib, el oyogi tinib, orom uchun etakdin oyoq, oyoqdin bosh chiqardilar. Va harlafz oz markazinda cholindi. Anda se tan boldilar. Algaraz, Kordon aydi: «Ey Boyogli, biznikini qabul qiling, bizlar ketarmiz. Korqush kelib, munozarani sendin eltur. «Eshak yoli qotqoqda åmas, botqoqda malum bolur», dedi. Boyogli aydi: «Sinagan yov urushga yaxshi». Anda Kardon aydi: «Yov ketgan song qilichingni (yerga) chop». Anda Turumtoyki, Kordonning mulozimi erdi, Boyqushning buncha gururidin xafa erdi, Boyqushga Korqush yaxshi aytgan bir masalni aydi: «Yomon otqa yol bitsa, yoniga torsiq boglatmas, yomon erga mol bitsa, yoniga qushni qondirmas». Turumtoy bu sozni aytib erdi, Kordon aydi: Issig jon isitmasiz bolmas». Ey Boyogli, farzandingni tozalik vaqtida uyasiga qondurgil, nechukkim, Amir Navoiy debdurlar: «Onasi bila kunda etiroz etgan qiz, Bir ozgani oziga ahli roz etgan qiz. Qayin yurti bilan kuyovning uyini xush Kormakdin onasi bila noz etgan qiz». Anda Boyogli darqahr bolub aydikim: «Sen mening qizimni ozga hamrozi bor degandek qilding». «Yaxshi topib sozlar, yomon qopib sozlar» degandek bu nima deganingdur?» Kordon aydi: «Ajab sodda ahmoq ekansan!... Sening sozingni Otaboy amindek betamiz kishinikiga oxshaturmanki, bozordin xotuniga kafsh olibdur, bir begona xol qassobga korsatibdur: «Bu kafsh mening xotunum oyogiga loyiq kelurmu?» deb sorabdur. Ul javob beribdurki: «Men sening xotuning oyoqini korganim yoq. Ozing avval ahmoqsan!» Baromadi soz otkanlarning sozin izhor qilib otdim. Men sening qizing atvorini bilmasam. Masaldurki: «Eshakning feli egasiga malum». 295 Anda Boyogli aydi: «Niyozcha ogaliq, Bobojon va Mu- hammad Amin xoja muftiki, mazkur boldi, bu uch ahmoqning maslahati birla ish qilib, oro yolda qoymang dersan, mening bobolarim hazrati Sulaymon birla munozara qilgon kishidur». Kordon aydi: «Otadin dam urma, pand yersan... Bir masal borki: «Ota sorab netarsan, erning ozi bolgon song, yol soragan nomarddur, ot ustiga mingan song». «Ishni oz aqling birla qilsa bolurmu?-» dedi. Anda Kordon noumid bolub, Korqushning oshyonasiga qadam qoydi. Korqushni korgan hamon qaqshab aydi: «Har kim kor soziga kirsa, biz korgan haqoratlarni korar va biz tortgan mashaqqatlarni chekar». Anda Korqush aydi: Bayt: «Tikonsiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bolmas. Riyozat chekmaguncha, yor vasliga yetib bolmas». Yana bir masal borki: «Er boshiga ish tushsa, otuk
chechmay
suv kechar, ot boshiga ish tushsa, soluq birla suv ichar». Ishlarni bitkarib keldingizlarmu?» Kordon aydi: «Bizdin baland nimarsa tiladi, biz ojiz kelduk». Korqush aydi: «Boyogli javobi nima boldi?» Kordon aydi: «Boyogli ayturki, «Ming chordevor tokchasigacha xok va naqsh-u nigor qilingan va hech Boyogli soyasi tushmagan bolsa, unarman. Va illo mundin bir chordevor kam bolsa, unamasman». Ul «Tokcha» dedi, biz «Mori» dedik, jonay berduk». Korqush aydi: «Sening ismingni Kordon qoyubdurlar ishni bilib qilsang kerak edi va hech ish bilmas ekansan. Kordon ismining aksini qoysalar kerak edi. Movarounnahrda Amir Umarxon tuzgan Urgut, Rabot, Poshagurbek, Xayrobod, bularni shahri Qubodrashk aylab, adam sari yuzlandi. Sendek davlatlik orqamda bolganda edi, Buxoroning har tumanidan ming chordevorni topib, birdin muhim xayr ishni bitkarur erdim. Sening 296 kordonliging kulol mundida suv ichgandek va yo «Bozchi belboqqa yolchimas» degandek boldi. Anda Kordon aydi: «Yov tubi el bolur, jar tubi yol bolur»; «Quda bolsa, qul bolsa ham soylash», «Quda bolduq, judo bolduq» degan sozga yoqmiz». Anda Korqush aydi: «Masaldurki: «Ming qargaga bir kesak». Sening sozing anga oxsharki, Eshon kalla degan hofiz yaxshi korgan toppisini tez oqar suvga oqizibdur. Necha jahd bilan ololmay, nochor mahrum bolub, aytur erdikim: «Yoqolgoni xob boldi. Boshimga tor kelur erdi», deb afsus yer erdi. Mushuk ilmogdagi quyruqni ololmay, «Puf sassig» degandek sozni qoy. Agar sen ham tunlar podshoh majnunga orqa bolgandek va yo Mutamir podshoh arab Ayniyaga diljolik qilib, Rayyoni olib bergandek ish qilsang erdi, to yavmal jazogacha sendin nomi nek qolur erdi». Kordon aydi: «Hikoyat qil!» Korqush aydi: «Ilgari zamonda Mutamir otlig podshoh bor erdi... Ul vaqtda qish erdi. Ayniya tun uzoqligidin va kecha qorongiligidin xonaqoh ichida ovozi hazin birla shikva qilur erdikim: «Bu nechuk tunki, aning tongi yoq va muazzinlarning bongi yoq yo muazzinning manorasi sindimukin, yo tovuqning tomogidin tulki tuttimukin va yoki yer yuttimukin?» Zamondin keyin xomush va sham parvonasi behush va yo tori uzulgan sozdek nosoz va firoq alamidin mone ovoz bolub yotar edi. Anda Mutamir podshoh aydi: «U alamzadani tutub sorasam xob erdi» deb... xonaqohga kirib, ul yigitning qolidin tutub, olib chiqdi. Avval nolasin soradi va aydi: «E yigit, båmor tuzalgusi kelsa, tabib oz oyogi bilan kelur, degan sozni bilganing yoqmu? Har muddaong bolsa, izhor qilgil». Ayniya aydi: «Baloyi ishqqa uchrab, telba boldim, anglagil, ey shoh, Kishi mendek baloga mubtaloyi bolmasun aslo!» 297 Podshoh aydi: «Ey odamizod farzandi va baloning dardmandi, ishq selobidurki, din mamurasi binosining raxnagari va majnunlik xarob-obodining imoratgari» deb... Ayniyaning qolidin tutub, qoshiga olib bordi. Hamniyat himmatini darjosh kelturub, yarim xazina dinor, yuz teva, uch yuz qoramol, uch yuz yilqi, besh yuz qoy va qizning bosh-kozi yasalaturgon qalinni jamlab, muborizoni shujo va oloti amal etib, Ayniyadin soradikim: «Qaysi qabilaning moh royi va sunbul bosiga giriftor bolding?» Ayniya aydi: «Jomeda Haram tatobilida rohi omma bor erdi. Qarib ming uyluq arab ul yoldin kochib otar erdilar va necha hurliqo tovusdek xirom aylab, alardin keyin bir pari mumtoz, necha ishva va noz birla va zeb-ziynat birla otub, aning qoshi, kozi sifotini savsandek ming zabon paydo qilib, to yavmal malumgacha sozlasa, ado bolmas, kozumga tushdi. Ersa mahvi jamoli bolub, hushum ketibdur. Qulogimga ovoz keldikim: «Ey Ayniya, men sening xohlaganingdurman». Zamondin song ozumga kelsam, ulardin hech asar topmadim», dedi. Alqissa, podshoh ul bodiyanishin arablar yurgan yolga Ayniyani, olib tushdi. Nechand manzil va marohil tay qilib, ular urugina yetushdi. Ular suyunchi va peshkash va necha turluk mohazar qildilar. Podshoh Mutamir hech qaysiga ragbat qilmas erdi. Anda bodiyanishin arab uluglari majmui bir yerda olturub erdilar. Dedilarkim: «Podshohning ne muddaosi borki, anjomi harb va anjomi toy bordur, peshkash va mohazarlarga aslo boqmas». Bu asnoda mardumni chaqirib, voqeani bayon qildilar. Bu turganlarkim, podshohning muddaosini bildilar: «Qizining otasi bu jamda yoqdur» deb filhol qizning otasini hozir qildilar. Amri xayr sozlarini podshoh birla qizning otasi sozlashdilar. Anda qizning otasi aydi: «Ey podshoh, xob bolubdur, bolam ham boligadur, ozidin sorab javob bersam kerak» deb, qizning huzuriga kirib, aydikim: «Ey bolam, Mutamir podshoh Ayniya ismlik ogliga ahd qilgali kelibdur, ne javob berursan».
298 Qiz Ayniya nomini eshitgach, ruxsori gul-gul yona berdi, Qizning rizosini otasi anglab, aydikim: «Ey bolam, xomush oltur. Sendek gavhari aslni har noqobilning qoliga bermasman». Anda qiz aydi: «Ey jonim ota, bori bermas bolsangiz ham, zinhor yomon sozlab, ozurda qilmang, bermas qizning qalini kob, debdurlar. Baland mol solsangiz, ozarsiz maslahatdur». Alqissa, qizning aytganidek podshoh qalin soldi; yuz teva, ikki yuz qoramol, besh yuz qoy, qizning qosh va kozini yasay olaturgan qalinni sanab topshurdi... Ayniyaga Rayyoni ahd qildilar. Ey Kordon, sening Malik shohingda aning molicha moli yoqmudi? dedi. Sening behimmatliging oz nodonligingdin malum boldi. Alqissa, Korqush aydi: «Har kimning ishimu uloq ovlamoq, madrasaga borib tuproq yalamoq? Ish bitkarmoqni mendin korsunlar» deb, Kubod shahristoniga ravona boldi, Boyogli uyiga qonoq boldi. Korqush Boyoglini korgan hamon tomogidan bogub, «Kor tutganini qoymas» degandek choqub aydikim: «Korushmasang, otangni yiqit». Boyogli aydi: «Yiqilgan kurashga toymas», kuyov bolsang, qiz tayyor, eshitmoqqa quloq bor. Soramoq sendin, eshitmoq mendin». Korqush aydi: «Sening quloging Mulla Siddiq kitobning qulogidek soz eshitmas». Boyogli aydi: «Sening kozing Asqarning kozidek qadrdon oshnosini tanimas. Eshitmadingmikin: «Boshka tushkanni koz korar» va yana aytmishlarki «Xayr ishiga jarchi bolsang, malul bolma». Ammo sening boshingga ish tushsa, tortarga koz yoqidin malulsan». Korqush aydi: «Botin kozi kerak. Senga harza uchun kelgan kishi åmasman. Tilagan chordevorlaringdin tort yuzini kechgil. Olti yuziga javob berursan». Anda Boyogli aydi: «Ming chordevor solaman, tort yuzini nimaga kechay?»
299 Korqush kordikim, Abdurahim sudxor boqqol mullasidek kop xasisdur, agar ming chordevordin bir chordevor kam bolsa, ottuz tishini sindirur. Aydikim: «Andog bolsa, toy lavozimotini tayyor qilgil. Pashshadin anqogacha barcha qushlarga kishi choptur, yigilsunlar! Alarning huzurida mahr solay». Alqissa Yapaloq shan va shavkat birla toy olib keldi. Majmuyi tuyurlar jam boldilar. Misli anqo, humo, uqob, bahrin lochin, italgu bir tarafga; oqqush, tugdoq, turna, goz, ordak, qogaqush, angit, surna, suqsur; churrak, korkirak, korgut, laklak bir tarafga olturdilar. Bulardin kichik qushlar misli kaklik-bedana, olatoganoq qizilishton, zargaldoq, kabutar, musicha, chumchuq, qaldirgoch, sava Kulonkir sultonga kuyov navkar bolub, bir tarafga olturdilar. Alqissa, Korqush kuyov jonibidin vakil bolub, kokqarga, olaqarga guvoh bolub, Kuykunak qiz jonibidin vakil bolub turdilar. Nikoh xutbasin hazordaston ravshan fasih til birla oqimoq boldi. Korqush Kuykunakka qarab aydikim: «Qizingning mahrini bayon qil!». Kuykunak aydi: «Avomunnos ichra mashhurdurkim, «Katta kåma qaydin yursa, kichik kåma andin yurur». Sizlarga vozih va loyi erurkim, ammasining mahri ming chordevor erdi, muning ham mahri ming chordevor». Anda Korqush aydi: «Fargona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib otub erduk. Agar Movarounnahr tobiotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin». Kuykunak aydi: bu masaldin bexabar oxsharsan: «Bori bormogina quvonur, yåmogina yoq». Va yana aytmishlarki: «Taka bolsun suti bolsun». Korqush: «Xop, maqul, deb ovoz qoyib aydi. Ey hozir olonlar, anglaguchi bolinglar, men mahr solay: avval Urgut, Yangirabot, Eskisabot, Pushogur, Mogul, Chakan; Firuz, Nishopur, Shahriston, Saroy, Hilyon, Itorchi, Chun, Mangit, Kenagas; Yangiariq; Gonchi, Gozon, Darak, Xoja, Tohir,
300 Najidon, Qizili, Kurkat, Bekobod, Xayrobod. Åmdi Gunashbonu oyimning mahri bitdimu?» dedi. Alqissa, Korqushning mahr solishiga va Kuykunak olishiga bir necha qushlar hayron qolib, bir-birlariga aytishur erdilarkim: «Beli ogrimaganning non yeyishiga boq». Kuykunak darhol turub aydikim: «Barakallo, sizning juvon- mardligingizga. Marakada bizning sozlagudek holimiz qolmadi. Mahr solishingizga hozir turgan tuyurlar insof va ofarin qildilar. Lekin Xayrobod bizga muvofiq tushmadi». Korqush aydi: «Sabab nedur?». Kuykunak aydi: «Daryoga yovuqdur. Zeroki, Boyogli xalqi suvdin ehtiroz etarlar. Muning orniga Mugni soling». Korqush aydi: «Xob bolubdur. Shoshmang «Mug» atvor lugati bor. Lugati yuqorida mazkur bolgan toshkentlik Muhammadxoja Hojidek yurish yolini yoqotib, mumsiklar afoli anga maqbul va margub tushubdur. «Munglug» bolurga oz qolibdur. Yana bir safaralik holi bor. Kech kuzgacha ani solib bermoqqa men kafil» dedi. Kuykunak hazordoston sari boqib ishorat qildikim: «Xutba boshlang...Hazordoston taviz va tasmiyadin song ....ushbu majmayi tuyurlarki majlisda hozir tururlar, alarning guvohligi birla, ming chordevori mazkur birla Gunashbonu oyimga xotib bolub va rogib olub: «Qabul qildingizmu?» dedi. Va yana tort amri shariy birla: biri bukim, beijozati shari toku betmagaysiz va yana Xarob obodning oq-qorasi korunganda kotarib ketmagaysiz va yana hol-ahvolidin bexabar bolib och-yalangoch qilib, olti oy banafaqa tashlab ketgaysiz va yana bevajhi shari urub badaniga oq va qora tushmasun, deb fotiha oqub, jamoat tarqashdilar. Andin keyin Gunashbonu oyimni makiyon yangalar olib, Kulonkir sultonga qoshdilar. Kulonkir sulton Gunashbonu oyim ikkilari murodlariga yetdilar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling