Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi


Tuxumhujayra yuzasida spermatozoidlar qarshisida qabul qiluvchi do‘mboq vujudga keladi


Download 12.7 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi12.7 Kb.
#1625923
1   2   3   4
Bog'liq
3,4 Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi

Tuxumhujayra yuzasida spermatozoidlar qarshisida qabul qiluvchi do‘mboq vujudga keladi.

  • Tuxumhujayra yuzasida spermatozoidlar qarshisida qabul qiluvchi do‘mboq vujudga keladi.
  • Million-million spermatozoidlardan faqat bir nechtasi tuxumhujayraning protoplazmasiga tiniq pardasi (zona pellucida) orqali kiradi
  • Spermatozoidlar tuxumhujayraning tiniq pardasini eritib yuboradigan ferment-gialuronidaza chiqaradi, spermatozoidlarning tuxumhujayra ichiga kirishiga shu ferment yordam beradi.
  • Tuxumhujayraga kirmagan hamma spermatozoidlar nobud bo‘ladi, parchalanadiva bachadon naylarining shilliq pardasiga so‘rilib ketadi.
  • Tuxumhujayra protoplazmasiga kirgan bir necha spermatozoiddan faqat bittasi urug‘lantirishda qatnashadi; bu spermatozoid yadrosi tuxumhujayra yadrosiga peshvoz borib, unga qo‘shilib ketadi.
  • Bu jarayon urug‘lanishdir. Homiladorlik tuxumhujayraning urug‘lanish paytidan boshlanadi.

Embrional rivojlanish bilan uning holatiga qarab detsidual qavat 3 ga bo’linadi:

  • 1) decidua capsularis – tuxumni bachadon bo‘shlig‘i tomondan qoplovchi qismi;
  • 2) decidua basalis – tuxum bilan bachadon devori o‘rtasidagi qismi;
  • 3) decidua parietalis – bachadon bo‘shlig‘ini qoplovchi jami shilliq (desidual) parda.
  • Murtak boshlang‘ichi uchta embrional varaq: ektoderma, mezoderma va entodermadan iborat. Homilaning barcha organ va to‘qimalari shu uchta varaqdan vujudga keladi

Qogonoq pardasi (amnion) berk xalta bo‘lib, ichida qog‘onoq suvi bilan o‘ralgan homila turadi.

  • Qogonoq suvi (amnion suyuqligi).Amnion bo‘shlig‘idagi suyuqlik-qog‘onoq suvi homiladorlikning oxirgi oylarida 1–1,5 l gayetadi. Qog‘onoq suvi (homila atrofidagi suv) amnion eliteliysining sekretsiyasi natijasida hosil bo‘ladi;
  • Qog‘onoq suvining tarkibida oqsil, tuzlar, mochevina, yog‘,qand va gormonlar (follikulin, gonadotrop gormon) bor.
  • Qog‘onoq suvining fiziologik ahamiyati katta:
  • 1) suv homilaning bemalol harakatlanishi va taraqqiy etishi uchun sharoit tug‘diradi, suv yetishmasligi homiladagi tug‘ma majruhliklarga sabab bo‘ladi;
  • 2) suv homilaning nozik organizmini noqulay tashqi ta’sirlardan saqlaydi;
  • 3) suv kindikni homila gavdasi bilan bachadon devori o‘rtasida qisilib qolishdan saqlaydi (kindikning qisilishi natijasida homila nobud bo‘lishi mumkin);
  • 4) qog‘onoq suvi bilan to‘la homila pufagi tug‘ruq vaqtida bachadon bo‘yni ochilish davrining normal o‘tishiga yordam beradi.

Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling