Homiladorlikni erta muddatlarda aniqlash feldsher –akusherning vazifalari Urug’lanish - Erkakning yetilgan jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasining qo‘shilib bitta hujayraga aylanishi va undan yangi organizm taraqqiy eta boshlashi urug‘lanish deb ataladi.
- Tuxumhujayra bilan spermatozoidning yetilish jarayoni murakkab bo‘lib, reduksion bo‘linish bilan tugaydi.
- Reduksion bo‘linish natijasida ikkala jinsiy hujayra yadrolaridagi xromosomalar ikki baravar kamayadi. Urug‘lanish natijasida vujudga kelgan yangi hujayra yadrosida xromosomalar to‘la-to‘kis bo‘ladi.
Ovogenez - Ayol tuxum hujayralari ,tuxumdondagi birlamchi folekulalarda paydo bo’ladi va yetilib chiqadi.
- Birlamchi folekulalar homilaning 4-5 oylarida paydo bo’ladi,ularning soni ko’payib ug’ilishdan ildin 400 000 ga yetadi,balog’atga yetish davrida 35-40 000 tasi qoladi,shundan 400-500 ta folekula yetilib, ovulyatsiya vaqtida 1-2 tuxum hujayra yetiladi.
- Bularning normal o’sishi va yetilishiga normal hayz sikli sabab bo’ladi.
Spermatogenez - Erkak jinsiy hujayralari- spermatazoidlarning moyakning tuxum yo’llarida,ya’ni asosiy erkakning jinsiy hujayralarida paydo bo’ladi.
- Spermatozoidning boshchasi, bo‘yni va ingichka uzun dumi bor. Boshchasi hujayraning yupqa sitoplazma qavati bilan o‘raglan yadrodan, dumi bilan bo‘yni esa sitoplazmadan iborat.
- Spermatozoidlar mustaqil harakatlana oladi. Spermatozoidlar urug‘ pufakchalari bilan prostata bezining sekretiga tushgach harakatchanligi oshadi. Urug‘ pufakchalari hamda prostate bezining sekreti bilan spermatozoidlar aralashmasi shahvat yoki sperma deb ataladi.
- Jinsiy aloqada qinga 5–8 ml sperma tushadi, buncha spermada 200–500 mln. spermatozoidlar bo‘ladi. Sperma qinning, asosan, orqa gumbaziga tushadi. Bachadon naylariga 2-3 soat davomida yetib boradi va tuxum hujayra bilan uchrashadi. Tuxumhujayra bachadon nayining odatda ampulyar qismida urug‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |