Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi


Homilaning rivojlanish davrlari


Download 12.7 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi12.7 Kb.
#1625923
1   2   3   4
Bog'liq
3,4 Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi

Homilaning rivojlanish davrlari:

  • 1. Antinatal davr- urug’lanishdan boshlab to tug’ruq jarayonigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi
  • 2. Intranatal davr- tug’ruq jarayonidan boshlab to tug’ruq bo’lgunicha davrni o’z ichiga oladi
  • 3. Postnatal davr – tug’ilishdan to 6 kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi
  • 4. Kechki neonatal davr- 6 kundan to 28 kungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi

Homilaning aniqlash belgilari 3 guruhga bo’linadi:

  • 1.Taxminiy belgilar- bu boshqa xil patologik o’zgarishlarda uchraydi, bunga ayolning subyektiv his-tuyg’ulari kiradi,hid bilish,ishtaha, ta’mning o’zgarishi, ko’ngil aynishi,qusish,darmonsizlik,tajanglik,uyquchanlik
  • 2.Ehtimollik belgilari- hayzning to’xtashi, ko’krak bezlarning kattalashuvi,og’iz sutining kelishi, bachadon shaklining o’zgarishi,bachadon bo’yni va qinning ko’kimtirlashuvi
  • 3. Ishonchli belgilar- homolaning ko’rinishi,pozitsiyasi,yurak urushi,qimirlashi,Uzi,skanerlash va hk

Homiladorlik diagnostikasi

  • Homiladorlikni aniqlashda ayoldan so‘rab olinadigan ma’lumotlar (anamnez) va obyektiv tekshirish ma’lumotlaridan foydalaniladi.
  • Akusherlik amaliyotida obyektiv tekshirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi.
  • 1. Tibbiyotda umuman qabul qilingan klinik tekshirish usullari (ayolni ko‘zdan kechirish, ichki a’zolarini perkussiya, auskultatsiya, palpatsiya qilish va boshqa usullar).
  • 2. Maxsus tekshirish usullari. Akusherlikda qo‘llaniladigan maxsus tekshirish usullari:
  • a) ichki (qin orqali) va tashqi-ichki tekshirish, b) ko‘zgular yordamida tekshirish,
  • d) homilani paypaslab ko‘rish (palpatsiya), e) chanoq o‘lchamlari va shaklini aniqlash, f) qorindagi homilani o‘lchash va hokazo.
  • 3. Homiladorlikda uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlamoq uchun laboratoriyada tekshirish usullari (siydik va qonni tekshirish, serologik reaksiyalar va hokazo) qo‘llaniladi.

Homiladorlik fiziologiyasi

  • Ona qornida rivojlanayotgan homilaga kislorod, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalar hafta sayin tobora ko‘p talab qilinadi. Bu moddalarning hammasi homilaga ona organizmidan o‘tib turadi, homiladagi modda almashinuv natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar ona qoniga o‘tadi va uning chiqarish a’zolari orqali chiqib ketadi. Binobarin, homilador ayol organizmi qo‘shimcha ish bajaradi, bu esa eng muhim tizim va a’zolar faoliyatining kuchayishini yoki qayta tuzilishini talab qiladi.
  • Homila rivojlanishiga aloqador bo‘lgan yangi sharoit ta’siri bilan homilador ayol organizmida ko‘pgina murakkab o‘zgarishlar yuz beradi. Bular fiziologik o‘zgarishlar bo‘lib, homilaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi, ayol organizmini tug‘ruqqa va bola emizishga tayyorlab boradi.
  • Homiladorlikka aloqador o‘zgarishlarning kelib chiqishi va taraqqiy etishini markaziy asab tizimi idora etadi.
  • O‘sayotgan homila tuxumi bachadonning asab oxirlariga ta’sir etadi; ta’sirot asab yo‘llari orqali markaziy asab tizimiga o‘tadi.
  • Markaziy asab tizimida tegishli reaksiyalar ro‘y beradi; shu reaksiyalar ta’sirida turli a’zo va tizimlar faoliyati o‘zgaradi.

Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling