Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi


Download 12.7 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi12.7 Kb.
#1625923
1   2   3   4
Bog'liq
3,4 Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi

Platsenta (yo’ldosh)

  • Platsenta homilaning nafas olishi, oziqlanishi va homilada modda almashishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha moddalarni chiqarib yuborishga yordam beradigan eng muhim organdir.
  • Platsentao‘pka, hazm a’zolari, buyrak, teri va boshqa a’zolarning funksiyasini ham bajaradi.
  • Platsentada gonadotrop gormonlar, estrogen gormonlar va progesteron hosil bo‘ladi: unda gidrokortizon, bo‘y o‘stiradigan gormon, adrenokortikotrop va boshqa gormonlar ham borligi aniqlangan.
  • Platsentaning to‘qimasida oqsillar, uglevodlar, liðidlar, fosfatidlar, vitaminlar, mikroelementlar, temir va boshqa moddalar bor.
  • Platsentaning tashqi ko‘rinishi yumaloq, qalin, yumshoq kulchaga o‘xshaydi. Homiladorlik oxirida va tug‘ruqqa yaqin platsenta diametri 15–18 sm, qalinligi 2–3 sm, vazni 500–600 g ga yetadi.
  • Platsentaning ikkita yuzasi bor: bir yuzasi bachadon devoriga qaragan bo‘lib, onaga tegishli yuza deyiladi, ikkinchi yuzasi ichkariga,amnion bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lib, homila yuzasi deb ataladi

Kindik

  • Kindik tizimchaga o‘xshash tuzilma bo‘lib, undan ikkita arteriya bilan bitta vena qon tomiri o‘tadi, bu tomirlar qonni homiladan platsentaga va platsentadan homilaga o‘tkazadi.
  • Kindik arteriyalari orqali homiladan platsentaga venoz qon boradi; platsentada kislorod bilan boyigan arterial qon kindik venasi orqali homilaga keladi. Kindik tomirlari Varton dirildog‘i bilan o‘ralgan.
  • Kindik homila gavdasini platsentaga birlashtirib turadi, bir uchi homilaning kindik sohasiga, ikkinchi uchi platsentaga yopishgan.
  • Kindik platsentaning markazidan, bachadon yonidan yoki chetidan yopishadi.

Homiladorlik

  • Homiladorlik so‘nggi hayz ko‘rishning birinchi kunidan hisob qilganda o‘rta hisob bilan 280 kun yoki akusherlar hisobida 10 oydavom etadi (akusherlar hisobidagi oy 28 kun; akusherlarning 10oyi 40 hafta).
  • Shu davr mobaynida tuxumhujayra urug‘lanib, undan homila yetiladi, bu tug‘ilgan homila yashab keta oladi.
  • I oy ichida tuxum bo‘linadi, murtak va embrional pardalar hosil bo‘ladi.
  • II oy oxirida homilaning bo‘yi 3–3,5 sm, tanasi shakllangan,qo‘l oyoq kurtaklari bor, boshi tanasining uzunligiga baravar keladi, boshida ko‘z, burun, og‘iz kurtaklari aniqlanadi.
  • III oy oxirida homilaning bo‘yi 8–9 sm, vazni 20–25 g,boshi kattagina, jinsiy a’zolar tuzilishidagi tafovut sezilarli, qo‘l oyoqlari harakatlanadi, barmoqlari aniqlanadi.
  • IV oy oxirida homilaning bo‘yi 16 sm, vazni 120 g, yuzi shakllangan, qo‘l oyoq harakatlari faolroq bo‘ladi-yu, onasiga sezilmaydi,jinsi ro‘y-rost ajratiladi .
  • V oy oxirida homilaning bo‘yi 25–26 sm ga yetadi, vazni 280–300 g bo‘ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog‘ bezlaridan yog‘ moddasi ajralib chiqa boshlaydi

Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling