Homiladorlik haqida to’liq ma’lumot: davrlari, muddatlar, fizio va patologiyasi, asoratlari homiladorlik


Download 91.57 Kb.
bet4/7
Sana15.11.2023
Hajmi91.57 Kb.
#1777296
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HOMILADORLIK JARAYONI

EMBRIONAL DAVR
Embrional davr urug’lantirishdan boshlab embrional muddatning 8-haftasi oxirigacha davom etadi (akusherlik muddati uchun 10-hafta oxiri). Embrional davr davomida insonning embriogenezi sodir bo’ladi, xususan, urug’lantirishbo’linish (ko’p hujayralilik shakllanishi), implantatsiya (bachadonga birikib kirishi) gastrulyatsiya (embrional yaproqchalarning shakllanishi), gistogenez (to’qimalarning shakllanishi) organogenez (a’zolarning shakllanishi), platsentatsiya va boshqa shu kabi jarayonlar. Embrional davr davomida embrion o’lchami 0,1 mm dan (urug’lantirilgan tuxum hujayra) 3 sm ga kattalashadi (homila qobiqlarini hisobga olmagan holda). Dastlab, embrion chaqaloq kabi ko’rinishga ega bo’lmaydi, faqat asta-sekin shunday ko’rinish va tuzilish kasb etadi. Embrional muddatning oxirgi haftasida ba’zi embrional tuzilmalarni yo’qoladi (jabrali yoylar va jabrali yoriqlar, dum, allantois kamayadi).
FETAL DAVR
Fetal davr akusherlik muddatining 11 haftaligidan to tug’ilishgacha davom etadi. Fetal davr boshiga kelib homilada barcha a’zolar tizimi shakllanib bo’lgan bo’ladi (endigi rivojlanish shakllangan tizim doirasida sodir bo’ladi), tashqi ko’rinishidan homila chaqaloqni eslatadi, tana proportsiyalarining o’zgarishi va homilaning jadal o’sishi boshlanadi.
Embrion va homilaning salbiy ta’sirlarga nisbatan sezuvchanligi homiladorlik mudati qanchalik qisqa bo’lsa, shunchalik yuqori bo’ladi. Embrional davr davomida spontan abort xavfi fetal davrga qaraganda taxminan 10 marta yuqoriroqdir.
A
yollarning homiladorligini «trimestr»larga ajratish qabul qilingan (uch oylik davrlar). Shunga ko’ra, homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlari haqida gapiriladi. Trimestrlarning har biri ma’lum akusherlik xususiyatlari va xavfi bilan tavsiflanadi.

ONA-HOMILA TIZIMIDAGI FIZIOLOGIK O’ZGARISHLAR
Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi:

  • Homilaning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan ona organizmining funktsional tizimi;

  • Asosan, normal gomeostazasini saqlab turish uchun mas’ul bo’lgan homilaning funktsional tizimi.

Homiladorlikni ma’lum bir bosqichida ushbu ikki funktsional tizimlar o’rtasidagi asosiy bog’liqlikni yo’ldosh (lot. placenta) ta’minlaydi, natijada yot (ona immun tizimi nuqtai nazaridan) homilani himoya qilish uchun feto-platsentar to’siq shakllanadi. Homila va yo’ldosh o’rtasidagi yaqin morfofunktsional bog’liqlik mavjud bo’lganligi sababli, bu ikkala shakllanma yagona fetoplatsentar tizim sifatida ta’riflanadi.

Download 91.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling