Honeywell va Siemens kompaniyalarining avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan maxsulotlarini tadbiq qilishni o‘rganish


Download 1.01 Mb.
bet1/5
Sana20.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1712671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Honeywell va Siemens kompaniyalarining avtomatlashtirish uchun mo


Honeywell va Siemens kompaniyalarining avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan maxsulotlarini tadbiq qilishni o‘rganish.
Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni, robotlar, manipulyatorlar tibbiyot texnikalari, hamda boshqa nazorat qilinuvchi va boshqarish ob’ektlarini ijro etuvchi mexanizmlari bilan ulanishlariga alohida talablar mavjud. Bu talablarga quyidagilar kiradi:
1. Boshqaruvchi qurilmani (stanok, robot va sh. o’xsh.) ishlashi kontrollerlarni ishlashga ta’sir etmasligi kerak;
2. Datchiklar, o’zgartirgichlarda qisqa tutashuvlar, uzilishlar bo’lsa yoki yuqori kuchlanishlar kontrollerning kirishiga ulangan zanjirga tushadigan bo’lsa, bu kuchlanishlar kontrollerni kirishiga tushmasligi kerak;
3. Ijro etuvchi mexanizmlar ishlagan paytda kontrollerlarni programma ta’minoti buzilmasligi kerak.
4. Kontrollerlarni kirish-chiqishlari o’zining is’temol qiluvchi kuchlanish tokidan yuqori bo’lgan kuchlanish manbalaridan himoyalangan bo’lishi shart.
5. Kontrollerlarni kirish-chiqishlari yuqori chastotali halaqitlardan himoyalangan bo’lishlari kerak.


S7-300/S7-1200/S7-1500 dasturlanadigan kontrollerlarining tarkibi
S7-300/ S7-1200/S7-1500 kontrollerlar oilasi oddiy va murakkab elementlarni o‘z ichiga oladigan mantiqiy dasturiy kontrollerlardan tashkil topadi. Hajmi va umumiy imkoniyatlari har xil bo‘lgan bu kontrollerlarning qo‘llash xarakteristikasi, xotirasi, ma’lumotlar tarkibi, manzillari (adresslari), dasturiy tili va qo‘llanilish to‘plami bir xil. Ular, lokal hisoblash tarmoqlarini qo‘llab, oddiy tizimlar (operator paneli, kiritish/chiqarish qurilmalari) bilan oson integrallashadigan Step 7 dasturlash vositalari orqali farqlanadi.
Komponentlari
S7-300/ S7-1200/S7-1500 kontrollerlari modulli bo‘lib, har biri asosiy komponentlardan tashkil topadi.. Dasturlash qurilmasi umumiy foydalanuvchi interfeysini yaratish, saqlash, xatoliklarni qidirish va dasturni boshqarishni ta’minlaydi. Ushbu komponentlarni har biri S7-300/ S7-1200/S7-1500 kontrollerlarini sozlash uchun qo‘llaniladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling