Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Aporrectodea caliginosa trapezoides


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

1.Aporrectodea caliginosa trapezoides (Duges, 1828)  
Sinonimlar: Allolobophora caliginosa f.trapezoides Savigny, 1826; A. rara Grieb, 1948; A. 
aeguivesicularis Grieb, 1948; Nicodrilus caliginosus f.trapezoides (Bouche, 1972) Perel, 1976; 
Vsevolodova-Perel, 1997. 
Tanasiing uzunligi 60-160 mm, diametri 4-7 mm, halqalar soni 104 dan 248 donagacha, terisi 
qo‘ng‘ir tusda, ba’zan rangsiz. Tanasi ko‘ndalang kesimi yumaloq, birmuncha yassilashgan. Boshi 
epilobek shaklda. Tanasining ustki tomonidagi yelka teshiklari 8,9 yoki 9,10-nchi halqalar oralig‘idan 
boshlanadi. Tuklari o‘zaro juda yaqin joylashgan. ab-yo‘nalishli 9,10 va 11-nchi halqalardagi 
tuklarning atrofi bezli papillardan iborat. Erkaklik jinsiy teshigi 15-nchi halqada joylashgan bo‘lib, 
qo‘shni halqalarga kirib boruvchi qalin bez bilan qoplangan. Belbog‘ kamari 27-35-nchi halqalarni 
egallaydi, 31 va 33-nchi halqalarning yon tomonlari tangasimon bezli valiklardan iborat. Urug‘ 
xaltalari 9-12-nchi halqalarda joylashgan. Ikki juft urug‘ qabul qilgichi 9-10, 10-11-nchi halqalardagi 
cd tuklar yo‘nalishida ochiladi. Belbog‘ kamari joylashgan halqalarda spermatoforlar tomchisimon 
bo‘lishi aniqlangan. Dissepimentlari 5-6 va 9-10-nchi halqalar oralig‘ida yo‘g‘onlashgan. Divertikul 
shakldagi ohak bezlari 10-nchi halqada joylashgan. Muskul to‘qimasi patsimon shaklga ega. 
O‘zbekistondan tashqari bu kenja tur Rossiyaning Saratov viloyati, Volga yaqinida
Kavkazning Qora dengiz sohilida, Kavkaz va Kavkaz oldi hududlarida uchraydi. Tog‘ mintaqalarida 
qora va qo‘ng‘ir tuproqlarda, tog‘oldi mintaqalarida o‘tloq va o‘tloq-cho‘l o‘simliklari o‘sadigan 
maydonlarda tarqalgan. Janubiy Saxalinda turning partenogenetik formasi tarqalganligi qayd 
qilingan.
Tur tog‘ mintaqalarida qora va qo‘ng‘ir tuproqlarda, tog‘oldi mintaqalarida o‘tloq va o‘tloq-
cho‘l o‘simliklari o‘sadigan maydonlarda tarqalgan. Sug‘oriladigan nam tuproqli ekin maydonlarida 
dominantlik qiladi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling