Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
108 yillar saqlanib, ularning tirik organizmlarda juda kam miqdorda biologik to‘lanishi ham immunitet tizimini izdan chiqaradi, mutagen va konserogen jarayonlarini vujudga keltiradi. Xususan, odam organizmida xavfli shishlar (o‘smalar) hosil qiladi, shuningdek organizmni genetik jihatdan shikastlaydi. Tuproq mineral o‘g‘itlar bilan ularni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va me’yoridan ortiq ishlatish jarayonida ifloslanishi mumkin. Mineral o‘g‘itlar ekinlar hosilini o‘rtacha 40-50 % oshirishi mumkin. Shu bilan birga, eng maqbul miqdorda ishlatilsa ham, o‘simliklar uning o‘rtacha 50 % ni o‘zlashtiradi, qolgan qismi esa atrof-muhitda azotli, fosforli moddalarning biogeokimyoviy aylanishini buzadi. Nitratlarning ko‘p miqdorda to‘planishi tuproqda kislorod taqchilligini keltirib chiqaradi va havoga azot, metan ajralishini kuchaytiradi. Odam organizmiga oziq-ovqatlar bilan 50 mg/l dan ko‘p nitrat tushsa umumiy zaharlanish yuz beradi. Tuproqlar ishlab chiqarish chiqindilari bilan ham ifloslanadi. O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 100 million tonnaga yaqin sa¬noat chiqindilari paydo bo‘lib, ularning 14 % zaharli hisoblanadi. Shuningdek, uy-ro‘zg‘or, tibbiyot, ta’lim va savdo muassasalari va bozorlardan, ko‘chalarni supurib- sidirishdan maishiy chiqindilar ham hosil bo‘ladi. Juda katta yer maydonlari sanoat va maishiy chiqindilar, ya’ni axlatxona, turli jinslar uyumlari, har xil omborlar bilan band bo‘lib, ular tuproqlarni jadal ifloslantirmoqda. Tuproqlar chiqindilarni joylashtirish ob’yekti bo‘lib qolmoqda. Aksariyat chiqindixonalar joylashgan maydonlarda yoqimsiz changlar paydo bo‘ladi, qo‘lansa hidlar tarqaladi, yaqin suv ob’yektlari ifloslanib, havoga metan va boshqa zaharli gazlar ajralib chiqadi. Zaharli chiqindilar (margimush, og‘ir metallar) odam organizmida o‘tkir va surunkali xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tez yonuvchan moddalar (turli xil erituvchilar, bo‘yoqlar qoldiqlari) esa tirik organizmlar to‘qimalarini shikastlantiradi. Kimyoviy faol chiqindilar (preparatlar va kislotalar) tuproqdagi suv va havodagi moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, portlovchi yoki zaharli moddalar hosil qilishi mumkin. Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilgan gaz va tutunlar ham tuproqlarni ifloslantiradi. Tuproq odam organizmi uchun xavfli bo‘lgan moddalarni, masalan, og‘ir metallarni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega. Ularning tuproqda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdordan oshib ketishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, simob oshib ketsa, asab (minimat), buyrak va oshqozon- ichak kasalliklari, xromosomalarda o‘zgarishlar; mishyak oshib ketsa, terining o‘sma kasalliklari, zaharlanish; qo‘rg‘oshin oshib ketsa, suyak to‘qimalarining buzilishi, qonda protein sintezining pasayishi, asab va buyrak kasalliklari; mis oshib ketsa, to‘qimalarda organik o‘zgarishlar, suyak to‘qimasining buzilishi, gepatit; kadmiy oshib ketsa, jigar sirrozi, buyrak kasalliklari paydo bo‘ladi. Tuproqlarning neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ham keng tarqalgan. Tuproqlar neft qazib chiqarish texnologiyalarining nomukammalligi va neft quvurlari buzilishi tufayli ifloslanishi mumkin. Tuproqlar mashina va mexanizmlar, avtotransport vositalaridan foydalanish jarayonida texnika qoidalariga rioya etilmasligi tufayli yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ifloslanadi. Tuproqni ifloslanishdan, uning foydali florasi va faunasini qirilib ketishdan himoya qilish uchun pestisid va boshqa zararli kimyoviy moddalardan foydalanishga chek qo‘yib, o‘simliklarni himoya qilishning ekologik (biologik, agrotexnik) metodlarini joriy etish, tuproqning o‘z-o‘zidan tabiiy tozalanish xususiyatini oshirish, o‘ta xavfli va turg‘un insektisidlar (zararli hasharotlarga qarshi mod¬dalar) ishlatmaslik kerak. Aksincha, talovchi hasharotlarni (masalan, xonqizi, sassiq qo‘ng‘iz, qumursqa) ko‘paytirib, agroekotizimlarga qo‘yib yuborish zararli kimyoviy moddalardan foydalanishning oldini oladi. Hozirgi paytda pestisidlar va mineral o‘g‘itlardan mutlaqo voz kechilib, biologik dehqonchilikka o‘tish «ekologik toza» mahsulotlar olishga imkon bermoqda. Ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlik harakatlari qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shuningdek, tabiiy murakkab birikmalar yoki qorishmalar (masalan, yashil qalampirning sarimsoq va tamaki bilan qorishmasi) asosida pestisidga o‘xshash moddalarni yaratish ishlarini kuchaytirish ham ijobiy ekologik samara keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling