Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
109 Biz bo‘z-voha regionlarida 2021-2022 yillar davomida dala tajribalari asosida tuproq unumdorligiga bioo‘g‘itlarning ta’sirini fermer xo‘jalaiklarida dala tajribalarini bug‘doy hosildorligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida dala tajribasida sinab ko‘rdik. Qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarni rivojlantirishda ekologik toza mahsulotlarni yetishtirishda organik kimyoviy o‘g‘itlar sarfini kamaytirish tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan biologik faol moddalarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, biologik faol moddalardan foydalanib asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini zararlovchi mikroorganizmlarning salbiy ta’sirini aniqlash, kasalliklardan himoya qilish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan barcha tuproqlarida organik moddalarning yetishmasligi sababli, mineral o‘g‘itlarsiz ko‘zlangan hosilni yetishtirish tobora qiyinlashib bormoqda. Uzluksiz ishlatilib kelinayotgan mineral o‘g‘itlar esa o‘simliklar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmaganligi sababli, tuproqning donadorlik xususiyati buzilishiga va hosildorlikning kamayib borishi hamda tuproqda pistisidlar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish davomida o‘simliklarda ildiz chirish, fuzarioz, kulrang chirish, zang kasalliklarining tarqalishi ko‘p miqdorda hosilni nobud bo‘lishiga olib keladi. Mikroorganizmlarning patogenlarga nisbatan antagonistik xususiyatidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklariga qarshi kurashishning biologik usullariga keng e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, bakteriyalarning ba’zi turlari hayotchanligi davomida maxsus fiziologik faol moddalar ishlab chiqarishi o‘simlik patogenlarining o‘sishini chegaralab turadi. Keyingi yillarda ushbu muammoni hal qilish maqsadida olimlar tomonidan bir qator biologik faol moddalar ishlab chiqarish va ular yordamida tuproq xususiyatlarini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish tavsiya qilinmoqda. Shuningdek, mikroorganizmlar asosida ekologik toza, xavfsiz, mineral o‘g‘itlarning sarfini kamaytiruvchi faol moddalarni yaratish muhim hisoblanadi. Mikroorganizmlar asosida yaratilgan biologik moddalar o‘simliklarni baquvvat o‘sishini ta’minlash bilan bir qatorda tuproqning biologik tirikligini o‘yg‘otishda asosiy manba hisoblanadi. Shu bilan birga yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlar yetishtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Sun’iy ozuqa muhitlarda mikroorganizmlarning o‘sib rivojlanishi uchun kerakli ozuqa moddalari – makro va mikro elementlar odatda mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun yetarli ba’zan esa undan ham ko‘proq miqdorda turli tuzlar, organik moddalar va boshqalar suv bilan aralashtirib beriladi. Geterotrof organizmlar uchun uglerod manbai sifatida, turli xil organik moddalar xizmat qilishlari mumkin. Uglerod manbalarining mikrobiologiya amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan – saxaroza, glyukoza yoki boshqa geksozalar hamda ko‘p atomli spirtlar va shakarlarni oksidlanishida olinadigan karbol kislotalari hisoblanadi. O‘rganilgan tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar bo‘lib yer osti suvlari chuqur 18- 20 m da joylashgan, gumus miqdori haydalma qatlam 0-30 sm 0,627% haydalma qatlam ostida 30- 50 sm da 0,578% ni tashkil etadi. Umumiy azot miqdori 0,057 va 0,052 %, fosfor 0,115 va 0,093 % ni, nitratli azot 1,6 va 0,8 mg/kg, harakatchan fosfor 20,2 va 16,0 mg/kg ni, harakatchan kaliy 224 va 212 mg/kg ni tashkil etadi. Shuningdek, kuzgi bug‘doyning asosiy biometrik ko‘rsatkichlaridan, uning bo‘yining balandligi, umumiy va mahsuldor poyalar soni hisoblanadi. Tabiiyki, kuzgi bug‘doyning mahsuldor poyalar sonini ko‘p bo‘lishi uchun uning ekish me’yorlarini to‘g‘ri belgilashning ahamiyati katta. Maqbul ekish me’yorida tuplanish hisobiga ko‘proq mahsuldor poyalar hosil qilishida mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish yuqori samaradorlikga ega bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Asl Diyor dalasi” fermer xo‘jaligida bug‘doy o‘simligining nazorat variantida kuzgi bug‘doyni tup soni o‘rtacha 165,0 m2 /dona ni, bo‘yi 71,5 sm ni, mahsuldor poyalar soni 160,3 m2/dona ni, don hosildorligi 30,2 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, mineral o‘g‘it qo‘llaganida esa 170,8 m2 /dona, 75,4 sm, 165,4 m2 /dona, 30,0 s/ga ni tashkil etdi. Urug‘ga ammofos bilan ishlov berilib birga ekish fevral-mart oyida amminatsit unversal bilan barikdan oziqlantirildi, keyingi oziqlantirish mart oyida 1 ga 250 kgdan ammiyakli selitra bilan oziqlantirldi, hashorotlarga va zanga qarshi gerbisid aprel oyida amalga oshirildi. Mineral |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling