Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
114
O’zbekiston sharoitida turli rangbaranglikdagi qoraqalpoq va surxandaryo sur qorako’l 
qo‘zilarining tug‘ilgandagi tirik vazni turlicha bo‘lib shamchiroqgulda 3,68 kg, o‘rikgulda 3,70 kg, 
po‘latida 3,38 kg hamda qizil qamar rangbarangligida 3,49 kg ni tashkil qiladi. Ushbu farqlanish 
qo‘zilarning 12 oylik yosh davrida ham saqlanib qolishi kuzatilgan (tegishlicha: 31,09; 31,45; 30,18 
va 30,60 kg) [5].
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Kunlik qo’zilarning o’sishi, o‘sish gormonining ko‘p 
qismi uxlab qolgandan keyin 1-2 soat o‘tgach ishlab chiqariladi. Tabiiy o‘sish gormoni darajasiga 
yosh, jins, tana tuzilishi, mashqlar, ovqatlanish va uyqu kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi. O‘sish 
gormoni asosan bezlarda ishlab chiqariladi. O‘sish gormoni uglevodlar va yog‘lar almashinuviga 
ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatadi. O‘sish gormoni - ma’lum aminokislotalarni hujayralarga tashishni 
oshiradi, oqsil sintezini tezlashtiradi va organizmdagi yog almashinuvi va suyuqlik muvozanatiga 
ta’sir qiladi [8,9].
O‘sish gormoni o‘zining anabolik ta’siri qo‘shimcha yog‘ni parchalash va yog‘ hujayralarida 
uch glitserinni parchalanishini oshiradi va yog‘ to‘planishini kamaytiradi. O‘sish gormonining 
samaradorligini oshirish ta’siri klinik jihatdan to‘liq isbotlanmagan. 
Ilmiy ishlarning ko’pchiligida natija shundan iboratki, o‘sish gormoni mushaklarning 
massasini oshiradi va yog‘ miqdorini kamaytiradi, ammo sog‘lom yoshlarda mushaklar kuchini 
oshirmaydi yoki aeroblik kislorodga bo‘lgan imkoniyatlarni yaxshilamaydi [5.7]. 
Tajriba Samarqand viloyati Nurobod tumani “Tutli qorako’l zamin”naslchilik xo‘jaligida 
urchitilayotgan sur rangli platina, yantar, bronza, antrotsit ragbaranglikdagi va qora rangli toza zotli 
qorako‘l qo‘ylarida o‘tkazildi.
Turli yoshdagi qo’ylarning tirik vazn dinamikasi purjinali, platformali va эlektron tarozilarda 
o’lchash yordamida aniqlandi. 
Tajribadagi qo’ylarni эtologik tiplarga ajratishda umumqabul qilingan uslublardan foydalanildi 
(Belyaev D.K., Martinova V.N., 1973) [1]. Olingan natijalarni biometrik qayta ishlash orqali amalga 
oshirildi. [13.15]. 
Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirish, qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirishni ta’minlovchi 
biologik faol moddalar, mikroelementlar ko‘rsatkichidan foydalanishning ilmiy asoslangan usullarini 
ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Hayvonlarning o‘sish va rivolanishida muhum omil 
bioximiyaviy jarayonlar intensivligi hisoblanadi, barcha o‘suvchi organizm to‘qima va organlarida 
kerakli vazifalarni bajaradi. O‘sish jarayonlarida alohida yoshga oid davrlarda moddalar almashinuvi 
har xil intensivlikda kechadi. Peroksidaza hayvonlar organizmida organik moddalarning 
oksidlanishi, oxir oqibatda vodorodning oksidlanish reaksiyasida organik moddalar suvgacha 
parchalanadi. Nafas olish paytida chiqaradigan is gazi organik molekula karbonatangidridning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishidan hosil bo‘ladigan mahsulot emas ammo bu o‘zgarishlarning natijasi 
molekulalarda vodorodning oksidlanish tufayli boshlanadi va bu molekuladagi o‘zgarishlardan 
korbonat angidridini chiqarishga yordam beradi. [1.2]. 
Qorako‘l qo‘ylarining go‘sht mahsuldorliklarini oshirishning samarali usullari hayvonlarni 
qo‘shimcha oziqlantirish hisoblanadi. Go‘sht mahsuldorligini oziqlantirish omilining ta’sirini 
o‘rganish maqsadida tajriba va nazorat guruhiga yoshi, fiziologik holati va semizlik darajasi qorako‘l 
qo‘ylarining o‘xshashlik tamoyillari asosida tanlanib, tajriba guruhidagi hayvonlarni yuqori proteinli 
ratsion asosida qo‘shimcha oziqlantirildi, nazorat guruhidagi hayvonlar эsa xo‘jalik ratsioni asosida 
oziqlantirildi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan barcha ozuqaviy moddalarni shartli 
ravishda uch guruhga: organizmning эnergiyaga bo‘lgan talabiga, xujayra va to‘qimalar qurilishiga 
hamda organizmda moddalar almashinuvini boshqaradigan moddalarga bo‘lsak, ozuqalar tarkibida 
ozuqaviy moddalarning har uchala toifasi (birinchi guruhi- uglevodlar va yog‘lar, ikkinchi guruhi 
oqsillar va garmonlar hamda uchinchi guruhi mikro -makro эlementlar, vitaminlar va fermentlar) 
mujassamlashgan. [3.10]. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling