Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Key words: Broiler, chitosan, diet, dose, polysaccharide, hydroxyapatite, immunomodulator
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
Key words: Broiler, chitosan, diet, dose, polysaccharide, hydroxyapatite, immunomodulator.
Kirish. Respublikada parrandachilik sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, parrandachilik xo‘jaliklarining oziqaga bo‘lgan talabini barqaror ta’minlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tarmoqda ilmiy-texnik yondashuvlarni tashkil etish maqsadida: parrandachilik xo‘jaliklarining haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, oziqa yem mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash asosiy maqsadlardan biri etib belgilandi [1]. Oziqa qo‘shimchasi sifatida Xitozan bombyx mori gidroksiapatit tarkibidagi "Xitozan" biopolimerlari yuqori sorbsiya qobiliyati, antikoagulant, bakteriostatik faolligi, toksik xususiyatga ega emasligi, yaralarni davolash qobilyati kabi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, Xitozan bombyx mori gidroksiapatit yaxshi follikulyant, emulsifikator, quyuqlashtiruvchi va tuzuvchidir. Xitin va xitozanning kimyoviy o‘zgarishlaridan turli tuzilish va xususiyatlarga ega materiallarni olish uchun foydalanishning keng imkoniyatlari bu biopolimerni eng qiziqarli xom ashyo turlaridan biriga aylantirdi. Hozirgi vaqtda "Xitozan" preparati va uning hosilalarining 100 dan ortiq foydalanish sohalari ma'lum, jumladan, yaqinda olingan mikro- va nanoxitozanlar [5]. Gidroksiapatit tarkibidagi kalsiy va fosfor organizmning rivojlanishi va o‘sishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, kalsiy birinchi navbatda, suyak to‘qimasini shakllantirish va tuxum qo‘yadigan tovuqlarda tuxum qobig‘ining shakllanishi uchun zarurdir. Kalsiyning asosiy ta’minoti suyak to‘qimasida fosfor kislotasi va karbonat angidrid tuzlari shaklida bo‘ladi. Bundan tashqari, kalsiy ionlari nerv va muskullar faoliyatini, reproduktiv funktsiyalarni tartibga solishda ishtirok etadi va yurak ishiga ta’sir qiladi. Kalsiyning so‘rilishi va metabolizmi parrandalarning fosfor, magniy, kaliy, temir, D 3 vitamini kabi boshqa minerallar va vitaminlar bilan ta’minlanishi bilan chambarchas bog‘liq [2, 3, 5]. Tirik organizmda fosfor kislotalari va uning hosilalari bevosita yoki bilvosita ishtirok etmaydigan fiziologik funksiyani aniqlash qiyin. Go‘sht sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy mineral |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling