___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
42
Yomg‘ir chuvalchanglari ustidagi tadqiqotlar, 1996-2022 yillar davomida Toshkent, Sirdaryo,
Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Xorazm
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlarining turli biotop tuproqlarida yil fasllari
davomida olib borildi.
Tadqiqot natijalari. Hozirgi kunda yer yuzida yomg‘ir chuvalchanglarining 1500 dan ortiq
turlari qayd etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda ularning 21 turi uchraydi [2, 7]. Bu tarqalgan barcha turlar
Lumbricidae oilasiga mansub holda, 6 urug‘ (Aporrectodea, Eisenia, Eisenilla, Dendrobaena,
Dendrodrilus, Octolasion) va 1 kenja urug‘ Perelia (Svetlovia) ga taqsimlanadi [4, 10]. Biz olib
borgan izlanishlarimizga ko‘ra, ular ichidan Aporrectodea urug‘ vakillaridan 4 (Aporrectodea
caliginosa trapezoides, Aporrectodea caliginosa caliginosa, Aporrectodea rosea, Aporrectodea
jassyensis) turi O‘zbekistonning deyarli barcha hudud tuproqlarida uchrab, boshqa turlar ustidan
dominantlik qilishi aniqlandi.
Aporrectodea urug‘i Orley, 1885
Sinonim: Nicodrilus Bouche, 1972 emend. Perel, 1976; Vsevolodova-Perel, 1997.
Nefridiylari ilmoqsimon yoki U- shaklda bo‘lib, bukilgan qismi asosan keyingi tomonida
joylashgan. Tuklari o‘zaro yaqin o‘rnashgan. Teri ranglari qo‘ng‘ir, qirmizi yoki rangsiz bo‘lishi
mumkin. Erkaklik jinsiy teshigi 15 nchi halqada bo‘ladi. Urug‘ qabul qilgichlari cd tuklar yo‘nalishi
orqali tashqariga ochiladi. Urug‘donlari va urug‘ yo‘llari erkin holatda. Urug‘ xaltalari 4 juft, ba’zan
2 yoki 3 juft bo‘ladi. Urug‘ qabul qilgichlari ikki juft yoki undan ortiq bo‘lib, 10 va 11 – nchi halqalar
oralig‘idagi dissepimentlar bilan o‘zaro bog‘langan. Muskul to‘qimasi patsimon yoki bog‘lam
shaklda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |