Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot usullari va ob‘ekti.
Dolzarbligi. Tuproq unumdorligini oshirish inson farovonligini oshirish omillaridan biridir. Tuproq xossalarini o‘rganish va unumdorligini oshirish yo‘llarini izlash bilan fanning ko‘pgina tarmoqlari shug‘ullanadi. Tuproq murakkab tabiiy jism bo‘lib, uning shakllanishi uzoq va qiyin jarayondir. Hosildorlik minerallarning ko‘pligi, ularning o‘simliklar uchun mavjudligi, tuproq tuzilishini belgilovchi suv va havo sharoitlari bilan belgilanadi. Tuproqning bu muhim xususiyatlarining shakllanishi ko‘p jihatdan tuproq organizmlari va ularning hayotiy faoliyatiga bog‘liq [1, 3]. Tuproq organizmlaridan yomg‘ir chuvalchanglari katta miqdorda erni ichaklari orqali o‘tkazib, uni organik qoldiqlar bilan boyitadi, chirindi to‘planishiga yordam beradi, tuproqni zararli mikroorganizmlardan tozalaydi va uning tuzilishini yaxshilaydi Bundan tashqari, chuvalchang tuproqda yulaklarni hosil qilib, uning aeratsiyasini bo‘shatadi va yaxshilaydi, o‘simliklarning ildizlariga namlikning kirib borishiga yordam beradi [6, 8]. Tadqiqot usullari va ob‘ekti. Yomg‘ir chuvalchanglarini yig‘ish va fiksatsiya qilish turli yillarda bayon qilingan monografiya va aniqlagich qo‘llanmalar asosida olib borildi [4, 5, 7]. Yomg‘ir chuvalchanglarining tuproqdagi migratsiyasi, vertikal taqsimlanishi, tuproq namligi, tarkibining ta‘siri va turli tuproq tiplarida ularning sonini aniqlash bilan bog‘liq ekologik tadqiqotlarda 1 m 2 maydon tanlab olinadi. Tanlangan joyda dastlab 50 sm chuqurlikda tik xandak kovlanadi. So‘ngra xandakning bir tomoni devori bo‘ylab har 10 sm qatlamdan tuproq namunalari olindi. Chuvalchanglar soni har bir tuproq qatlami bo‘yicha alohida hisoblanadi. Belkurak bilan kesilgan chuvalchanglarning faqat bosh qismi hisobga olinib, bitta chuvalchangni ikki marta sanamaslik uchun uning dum qismi hisobga kiritilmadi. Chuvalchanglar turini aniqlash, biomassasi va tanasini o‘lchash ishlari laboratoriya sharoitida, asosan fiksatsiya qilingan chuvalchanglar ustida olib borildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling