Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ob’ekti va usullari
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
50 o‘zgarishlarni tahlil qilgan holda chidamli tur va navlarini tanlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra tuproq sho‘rlanishi va qurg‘oqchilikning o‘simliklarning biokimyoviy hamda fiziologik jarayonlari ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etish bio- va agrobioxilmaxillikni saqlash va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda fiziologiya, ekologiya, biotexnologiya usullariga asoslangan o‘simlik resurslarining noqulay abiotik sharoitlarga chidamliligini o‘rganish va baholashga kompleks yondashuvni ishlab chiqish zarurligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, o‘simliklarning resurs turlarining stressga chidamliligini baholashda an’anaviy va zamonaviy texnologiyalar foydalanish muhim va dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va usullari. Tadqiqot ob’ekti sifatida Guliston davlat universiteti Eksperimental biologiya laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan “O‘simliklar genofondi” da saqlanayotgan donli, dukkakli donli, moyli, texnik, ozuqabop ekin turlari va ularning seleksion materiallari, navlari hamda chetdan introduksiya qilingan kolleksion namunalaridan- makkajo‘xorining Muxabbat,O‘zbekiston -601, K-2727 navlari olindi. Tajribalar davomida barglardagi umumiy suv miqdori, hujayra shirasining quyuqlik darajasi, barglarining kunduzgi suv tanqisligi, va barglari hujayralarining turgotsentlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar o‘simliklar fiziologiyasida umumqabul qilingan uslublar asosida aniqlandi. Barcha fenologik kuzatuvlar va hisoblash ishlari O‘zPITI tomonidan chiqarilgan uslubiy ko‘rsatma asosida bajarildi. Dala tajribalarini o‘tkazishdan oldin tuprog‘i sho‘rlanmagan-nazorat va o‘rtacha-kuchli darajada sho‘rlangan (tajriba) dalalar belgilab olindi. Dala tajribalarini o‘tkazishda tuproqning sho‘rlanish darajalari ham alohida hisobga olindi. Barcha dala tajribalarida sug‘orishdan oldingi tuproq namligi, uning hajmiy og‘irligi va dala nam sig‘imini aniqlash yo‘li bilan tuproqning suv tanqisligi o‘rganilib, sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Barcha tajribalar ikki xil (mo‘tadil 70% va cheklangan 50%) namlik sharoitlarida olib borildi. Barcha fiziologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va fenologik kuzatishlar tajribalarda makkajo‘xorining gullash bosqichlarida o‘tkazildi. Barcha ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun poyaning uchki qismidan, ya’ni o‘rtacha rivojlangan 3-4 barglar olindi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling