Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
52 Moslashuvchanlik koeffitsienti esa o‘rtacha 22,85% atrofida bo‘lib, tuproq namligi tanqisligida 9,9% ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston-601 navi eng moslashuvchan nav ekanligi aniqlangan bo‘lsa, ta’sirchan navlar sifatida Muxabbat va K-2727 navlari ekanligi aniqlandi, ushbu navlarda moslashuvchanlik mos ravishda 37,9-20,8% ekanligi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, makkajo‘xori navlari barglaridagi suv tanqisligi miqdori sho‘rlanish ta’sirida, navlar kesimiga ko‘ra turlicha miqdorda oshgan. Natijalarga ko‘ra sho‘rlanmagan sharoitda makkajo‘xori navlari barglaridagi suv tanqisligining maksimal miqdori K-2727 navida aniqlangan bo‘lib, bunda 15,4%, minimal esa O‘zbekiston -601 navida 13,1% ko‘rsatkich qayd etildi. Muxabbat navida esa bu ko‘rsatkich 14,8% ni tashkil etdi. Sho‘rlangan sharoitda esa, suv tanqisligi miqdori nisbatan yuqori ko‘rsatkich kuzatilgan bo‘lib, maksimal miqdori K-2727 navida aniqlangan bo‘lib, bunda 18,0%, minimal ko‘rsatkichi esa O‘zbekiston -601 navida 16,8% ko‘rsatkich qayd etildi. Muxabbat navida esa bu ko‘rsatkich 17,2% ni tashkil etdi. Moslashuvchanlik koeffitsienti esa Muxabbat va K-2727 navida eng moslashuvchanlikni namoyon etdi, bunda koeffitsient 16,5% bo‘lsa, O‘zbekiston -601 navida esa ushbu ko‘rsatkich 28,4% ni tashkil etib, ushbu nav sho‘rlanish ta’sirida eng sezgir ekanligi aniqlandi. Turgor xususiyatini tartibga solishning eng asosiy elementi bu- hujayraning ichidagi gidrostatik bosim natijasida to‘qima ichidagi alohida hujayralar va hujayralararo hosil bo‘ladigan bosimini o‘zgartirish qobiliyatidir. Ya’ni, cheklangan namlik sharoitida va optimal namlik sharoitida hamda sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproq sharoitlarida o‘simlik barglari turgorligini idora qiladi, agarda tuproqda namlik yetishmasa va atmosferada namlik juda kam hamda tuproq sho‘rlangan bo‘lsa barglarda suv tanqisligi sodir bo‘ladi natijada turgorlik hususiyati buziladi, ya’ni elastikligi yo‘qolib, o‘simlik so‘liydi. O‘simlik barglarning turgosensiyasi namlik bilan ta’minlash darajasiga qarab sezilarli darajada farqlanadi. Optimal namlik sharoitiga nisbatan cheklangan namlik sharoitida turgotsentlik darajasi nisbatan past ekanligi aniqlandi. Optimal namlik sharoitida aniqlangan barcha navlar barglarida turgotsentlik 0,630-0,822 Mkm oralig‘ida bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich cheklangan namlik sharoitida esa 0,592-0,689 Mkm oralig‘ida bo‘ldi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich optimal namlik sharoitida aniqlanib O‘zbekiston -601 navida 0,822 Mkm ekanligi aniqlandi, shu muhitdagi Muxabbat va K-2727 navlarida esa mos ravishda 0,746 - 0,630 Mkm ekanligi qayd etildi. Cheklangan namlik sharoitida esa turgotsentlik 0,592-0,689 Mkm oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich O‘zbekiston -601 navida 0,689 Mkm ekanligi aniqlandi, Muxabbat va K-2727 navlarida esa mos ravishda 0,644 - 0,592 Mkm ekanligi qayd etildi. Maksimal moslashuvchanlik K-2727 navida namoyon etdi, bunda 6,1% ga farq qilgan bo‘lsa, Muxabbat va O‘zbekiston -601 navilarida esa nisbatan tuproq namligiga ta’sirchanlik yuqori ekanligi aniqlanib, mos ravishda 13,6-16,2 % ni tashkil etdi. Olingan natijalarga ko‘ra, makajo‘xori barglaridagi hujayralarning turgotsentlik darajasiga sho‘rlanish ta’sirida va navlar kesimiga ko‘ra turlicha miqdorda oshgan. Sho‘rlanmagan sharoitda aniqlangan barcha navlar turgotsentlik 0,607-0,805 Mkm oralig‘ida edi. Bu ko‘rsatkich sho‘rlangan sharoitda esa 0,585-0,678 Mkm oralig‘ida bo‘ldi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich sho‘rlanmagan sharoitda aniqlanib, O‘zbekiston -601 navida 0,805 Mkm ekanligi aniqlandi, Muxabbat va K-2727 navlarida esa mos ravishda 0,711 - 0,607 Mkm ekanligi aniqlandi. Minimal ko‘rsatkich esa sho‘rlangan tuproq sharoitida o‘sgan K-2727 navida qayd etildi, bunda 0,585 Mkm ni tashkil etgan bo‘lsa, shu muhitdagi Muxabbat va O‘zbekiston -601 navlarida mos ravishda 0,623 - 0,678 Mkm ni tashkil etdi. Maksimal moslashuvchanlikni K-2727 navi namoyon etdi, bunda 3,6% moslashuvchanlik koeffitsienti bo‘lsa, Muxabbat va O‘zbekiston -601 navlarida esa nisbatan tuproq namligiga tasirchanlik yuqori ekanligi aniqlanib, mos ravishda 12,4-15,8% ni tashkil etdi. Xulosa. Tadqiqotlar davomida o‘rganilgan makkajo‘xorining Muxabbat,O‘zbekiston -601 va K-2727 navlari chidamliligining ekofiziologik xususiyatlari tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligi kabi stress omillar ta’sirida o‘rganilgan fiziologik ko‘rsatkichlarlar qiymatining navlar kesimida har xil darajada o‘zgarishi muhitga va navlarning biologik xossalariga bog‘liqligi aniqlangi hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling