Hoshimov h. → adti qoshidagi akademik litsey
Download 322.16 Kb.
|
Ollomurd variant
KIMYO 2013-VARIANT KIMYO 101 1. 49,6 g Na va K dan iborat aralashmaga suyultirilgan HNO3 ta`sir ettirilganda argonga nisbatan 10% og`ir bo`lgan 4,48 l (n.sh) gaz ajraldi hosil bo`lgan natriyli tuzning massasini (g) toping. Metallar faqat kislota bilan ta`sirlashadi deb hisoblang. A) 34 B) 68 C) 17 D) 85 2. Tarkibi wc-27,3%; wo-72,7% bo`lgan moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo`lsa, uning kristall panjarasi qanday bo`ladi? A) metall B) ion C) molekular D) atomli 3. 49 g 4% li H2SO4 va 31 g 5,26 % li NaOH eritmalari aralashtirilishidan hosil bo`lgan eritmaning (p=1,046 g/ml) pOH qiymatini aniqlang. A) 12 B) 2 C) 1 D) 13 4. Magniy atsetat tuzi molekulasida nechta σ – va nechta π-bog`lar mavjud? A) 14 ta; 2 ta B) 12 ta; 1 ta C) 13 ta; 2 ta D) 12 ta; 2 ta 5. 0,1 M li 400 g (p=1,25 g/ml) alyuminiy sulfat eritmasidagi sulfat anionining mol miqdorini toping (suning dissotsilanishi hisobga olinmasin). Gidrolizlanish darajasi 5% ga teng. A) 0,162 B) 0,061 C) 0,07 D) 0,096 6. Elementni bromidi va bromatlarining molyar massalari nisbati 1:1,522 ga teng. Noma`lum elementni aniqlang. A) Mg B) Ca C) K D) Rb 7. Ba`zi vaqtlarda shisha ishlab chiqarishda soda o`rniga natriy sulfat va ko`mirdan foydalaniladi. Shu moddalar qo`llanganda shishaning hosil bo`lish jarayonida ajralib chiqqan gazlar aralashmasining havoga nisbatan zichligi 1,24 ga teng bo`lib, bu aralashma 2% li bromli suvning 1,6 kg ni rangsizlantira oladi. Bromli suv bilan ta`sirlashmay qolgan gazning hajmini (l,n.sh) toping. A) 2,24 B) 3,36 C) 4,48 D) 1,12 8. 32 g mis va magniy qotishmasi sulfat kislotada eritilganda 8,96 l vodorod ajralgan bo`lsa, qotishmadagi metallarning massa ulushlarini aniqlang. A) 40; 60 B) 20; 80 C) 50; 50 D) 70; 30 9. Qaysi birikmalarda kimyoviy bog`lanishlari yo`naluvchanlik xususiyatiga ega? A) I2, HCl, PCl3, CO2 B) HBr, SO2, CO2, Na2SO4 C) Br2, PCl3, NaCl, CO D) KBr, HCl, NH3, CuO 10. 5 gramm 2 valentli noma`lum metall suv bilan ta`sirlashib 9,25 g M(OH)2 va 2,8 l (n.sh) gaz hosil qilgan bo`lsa, metallni va uning ekvivalentini toping. A) Ca, 20 B) Na, 23 C) Mg, 12 D) Au, 98,5 11. Quyidagi qaysi oksidlar ta`sirida lakmus qog`ozi qizil rangga kiradi? 1) CO; 2) SO3; 3) N2O; 4) NH3; 5) NO; 6) Cr2O3; 7) N2O3; 8) SO2. A) 2,5,7 B) 1,3,5 C) 1,4,6 D) 2,7,8 12. 3 g benzol gomologining nitrolanishidan 2,475 g bitta nitroguruh tutgan nitrobirikmalar aralashmasi hosil bo`ldi. Agar reaksiya unumi 60% bo`lsa, benzol gomologining formulasini toping. A) C9H12 B) C10H14 C) C7H8 D) C8H10 13. 59,2 g spirtning oksidlanishidan 57,6 g aldegid hosil bo`lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotani Bariyli tuzini massasini (g) va undagi uglerod atomlari sonini hisoblang. A) 179,2; 9,63*1023 B) 124,4; 19,264*1023 C) 224; 24,08*1023 D) 311; 48,16*1023 14. 50,16 g spirtning oksidlanishidan 49,02 g aldegid hosil bo`lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotani stronsiyli tuzini massasini toping. A) 82,65 B) 41,325 C) 58,14 D) 290 15. A + B → C reaksiyada A moddaning konsentratsiyasi 0,6 mol/l dan 0,2 mol/l gacha kamaygan va reaksiya 2,5 min davom etgan bo`lsa, uning o`rtacha tezligini (mol/l*s) toping. A) 2,4*10-3 B) 0,04 C) 0,204 D) 2,67*10-3 16. Maltoza gidrolizidan olingan glukoza massasi boshlang`ich disaxarid massasidan 45 grammga ortiq bo`lsa, undan olingan moy kislotani yetarli miqdordagi Mg metali bilan o`zaro ta`siridan qancha hajm (l,n.sh) gaz hosil bo`ladi? A) 112 B) 56 C) 28 D) 67,2 17. Tarkibida 2,3% natriy va 97,7% simob bo`lgan 100 g amalgamaga mo`l suv ta`sir ettirilganda ajralib chiqqan vodorodning hajmini (l,n.sh) aniqlang. A) 2,24 B) 6,72 C) 1,12 D) 4,48 18. Quyidagi elementlarni elektromanfiylik qiymati kamayib borish tartibida joylashtiring. 1) Ca; 2) Ba; 3) Cl; 4) Sr; 5) S; 6) Si; 7) Al; 8) P. A) 3,5,8,6,7,1,4,2 B) 2,4,1,7,6,8,5,3 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 8,7,6,5,4,3,2,1 19. 22,75 g Ca3P2 dan olingan fosfinning to`la yonishidan hosil bo`lgan fosfor (V) oksidning massasini (g) toping. A) 18,25 B) 18,75 C) 17,75 D) 17,1 20. Massasi 120 g bo`lgan bir atomli to`yingan spirt namunasidagi barcha atomlar miqdori 22,5 mol bo`lsa, spirtni toping. A) etanol B) prapanol C) butanol D) metanol 21. 29,8 g qattiq holdagi ishqoriy metallning xloridi konsentrlangan H2SO4 bilan ta`sirlashganda 200C harorat va 1,2 atmosfera bosimida 8 litr (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Noma`lum metallni toping. A) Zn B) K C) Ca D) Na 22. Ikki xil modda o`zaro reaksiyaga kirishganda palag`da tuxum hidli A gaz hosil bo`ldi. Bu gaz mo`l miqdordagi kislorodda yonganda B gaz hosil bo`ldi. A va B gazlarning o`zaro ta`siri natijasida sariq rangli modda cho`kmaga tushsa, A va B gazlarni aniqlang. A) H2S va SO2 B) H2 va SO2 C) SO2 va CO2 D) H2S va SO3 23. 400 g kadmiy 20% li kadmiy sulfat eritmasiga rux plastinka tushurildi. Plastinkaning chiqarib olinganda uning massasi 4,7 g ga ortgan bo`lsa, eritmada rux sulfatining massa ulushini (%) aniqlang. A) 8,05 B) 9,4 C) 4,07 D) 16,1 24. 35,24 g alkanni ftorli hosilasi tarkibida 23,91 g ftor bo`lsa, shu moddaning formulasini aniqlang. A) C2H5F B) CH3F C) C2H2F4 D) C2H3F 25. Xlorofill pigmenti tarkibida qaysi geterosiklik modda qoldig`i bor? A) pirrol B) furan C) pirimidin D) pirrolin 26. Azot elementi faqat manfiy oksidlanish darajasiga ega bo`lgan molekulalarni aniqlang. A) N2H4, (CH3)2NH B) HNO3, Ca(NO3)2 C) NH2Cl, NO2 D) NH4NO3, NH4Cl 27. Oltingugurt quyidagi qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi? 1) H2O; 2) K2O; 3) HCl; 4) suyultirilgan H2SO4; 5) konsentrlangan H2SO4; 6) NaOH; 7) C. A) 5,6,7 B) 3,4,5 C) 1,2,3 D) 2,4,6 28. Ammiak olish reaksiyasida kimyoviy muvozanat qaror topganda NH3 ning konsentratsiyasi 0,7 mol/l, vodorodniki 4,2 mol/l, azotniki 1,4 mol/l bo`lsa, ammiakning hosil bo`lish unumi nechaga teng? A) 0,7 B) 0,2 C) 0,5 D) 0,8 29. Turli mamlakatlarda oppanol, vistaneks deb ataladigan kauchuksimon polimer tarkibida 6,02*1020 ta molekula bo`lib uning polimerlanishiga 5,6 g monomer sarflanadi. Reaksiya unumi 100% bo`lsa, polimerlanish darajasi nechaga teng bo`ladi? A) 900 B) 90 C) 100 D) 1000 30. 13,44 litr (n.sh) uglerod atomlari soni 2 ta dan bo`lgan alkan, alken va alkinlar aralashmasi 46,4 g Ag2O tutgan ammiakli eritmasi bilan yoki 1200 g 8% li bromli suv bilan reaksiyaga kirishdi. Dastlabki aralashmani (%) tarkibini aniqlang. A) 25%; 35%; 40% B) 66,6%; 22,2%; 11,1% C) 44,4%; 33,3%; 22,2% D) 33,3%; 33,3%; 33,3% 31. ushbu yadro reaksiyasidan E va Fm o`zaro izoton bo`lsa, E tarkibidagi zarrachalarning necha % ni neytronlar tashkil qiladi? A) 42,6 B) 44,0 C) 45,6 D) 44,7 32. 4,05 g EO tarkibli biror element oksidi 3,65 g HCl bilan reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, elementni aniqlang. Ularning to`la reaksiyaga kirishishini qaysi qonunga asoslanib isbotlash mumkin? A) Zn; ekvivalentlar qonuni B) Cu; Avogadro qonuni C) Ba; tarkibning doimiylik qonuni D) Au; hajmiy nisbatlar qonuni 33. Simob atomi valent elektronlarining (tashqi qobiq) kvant sonlarini (n, l, m, ms) aniqlang. A) n=6, 6; l=0, 1; m=0, -1; ms= B) n=6, 6; l=0, 0; m=0, 0; ms= C) n=5, 5; l=2, 2; m=+1, +2; ms= D) n=5, 6; l=2, 0; m=+2, 0; ms= 34. Tarkibida 72,758% II-valentli metall bo`lgan metall va simob (II) nitrat aralashmasi ochiq havoda qizirildi. Uning massasi deyarli o`zgarmadi. Aralashmadagi Me ni toping. A) Ba B) Ca C) Zn D) Cd 35. +2 zaryadli ion hosil qiluvchi metaldan yasalgan va massasi bir xil ikkita plastinkaning birini mis (II) xlorid eritmasiga, ikkinchisini kumush nitrat eritmasiga tushirib qo`yildi. Bir oz vaqt o`tgandan keyin mis (II) xlorid eritmasiga tushirilgan plastinkaning massasi 0,3% ga kamaydi, ikkinchi plastinkaning massasi esa 0,65% ortdi. Mis (II) xlorid va kumush nitratning molyar konsentratsiyalari bir xilda kamaydi. Metallni aniqlang. A) Zn B) Cd C) Cr D) Fe 36. 3,55 g E2O5 tarkibli oksid 0,025 mol ekanligi ma`lum bo`lsa, uning absolut (g) va nisbiy molekular massalarini hisoblang. A) 22,3*10-22; 140 B) 23,2*10-22; 140 C) 23,6*10-23; 142 D) 23,2*10-22; 142 Download 322.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling