Mavzu: Ekvivalentlar qonuni


Download 40.93 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1491787
  1   2
Bog'liq
ekvivalentДокумент Microsoft Office Word


  1. Mavzu: Ekvivalentlar qonuni.

  2. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga ekvivalentlar qonuni haqida tushuncha berishdan iborat.

  3. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda do’stona munosabatni shakllantirish.

  4. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

  5. Dars turi: Aralash.

  6. Dars jihozi: Namunalar.

  7. Darsda foydalaniladigan metodlar: Savol-javob, hikoya, suhbat.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism (3-minut) salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tilgan mavzuni takrorlash (10-minut)

  3. Yangi mavzu bayoni (15-minut)

Ekvivalent – teng qiymatli demakdir
Elementning ekvivalentligi deb 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deyiladi vodorod uchun 1 g/mol
Suv hosil bo’lishini qarasak 2H2+ O2 = 2H2O 2 mol vodorod 1 mol
kislorod bilan ta’sirlashib tarkibida 2 atom vodorod va 1 atom kislorod saqlagan H2O molekulasini hosil qiladi. Boshqacha qaralsa har 1 g H va 16 g O elementlari birikib 18 g H2O ni hosil qiladi, yana ham kichikroq miqdoriy nisbatlarda qaralsa 1g H va 8 g O elementlari birikib 9 g H2O ni hosil qiladi.
Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday holatda suv hosil bo’lish jarayonida 1g H elementi ( 6,02 *10 23 ta H atomlari ) 8 g O elementi ( 3,02 *10 23 ta O atomlari ) ga kimyoviy jihatdan ekvivalent ( teng kuchli ) miqdorlardir. Agar bu reaksiyada ikkala moddadan birontasidan ko’p olinsa masalan 16 g O olinsa aynan yuqoridagi 1g H:8g O miqdoriy nisbatda reaksiya borib 8 g O ortib qoladi. Shunga asosan moddalarning kimyoviy jihatdan teng kuchli miqdoriy nisbatlarini ifodalash uchun ekvivalent tushunchasi kiritilgan bo’lib E harfi bilan belgilanadi va g/mol birlikda o’lchanadi.
EH =1 g/mol EO =8 g/mol EMg =12 g/mol
Demak magniyning ekvivalenti 12 g / mol deyilgani, uning 12 grami kislotalar tarkibidan 1g H ni siqib chiqaradi yoki 8 g kislorod bilan birikishini anglatadi. Yuqoridagi tushunchalar asosida asosiy qonunlardan biri ekvivalentlar qonuni kelib chiqadi.
Ta’rif : Har qanday modda o’z ekvivalentiga proporsional holda reaksiyaga kirishadi. Bu qonunni quyidagi umumiy tenglama uchun matematik ko’rinishda yozamiz : A + B = AB
m A E A
= bo’ladi
m B EB
Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentini topamiz

  1. Oddiy moddalarning ekvivalentini topish uchun element atom massasini uning valentligiga bo’lamiz.

E= A/B
E Na = A /B = 23/1 = 23 g/ mol
E Ca = A /B = 40/2 = 20 g/ mol
E Al = A /B = 27/3 = 9 g/ mol
2. Murakkab moddalarning ekvivalentini topamiz
A. Oksidlar uchun E oksid = Mr(oksid)
n*V misol E CuO = Mr(CuO) = 64+16 = 40
1*2 2
n*V- metall soni bilan valentligi ko’paytmasi
B. Asoslarning ekvivalentini topamiz
E asos = Mr(asos)
n*OH misol E Cu(OH) = Mr(CuOH)2 = 64+32+2 = 49
2 1*2 2
n*OH – gidrooksid tarkibidagi OH lar soni

D. Kislotalarning ekvivalentini topamiz


E kislota = Mr(kislota )


n*H misol E H SO = Mr(H2SO4) = 2+32+64 = 49
2 4 1*2 2
n*H – kislotalar tarkibidagi H lar soni

S. Tuzlarning ekvivalentini topamiz


E tuz = Mr(tuz)
n*V misol E CuSO = Mr(CuSO4) = 64 + 32+ 64 = 80
4 1*2 2
n*V- tuz tarkibidagi metall soni bilan valentligi ko’paytmasi
Tarkibning doimiylik qonuniga ko‘ra, birikmalar hosil bo‘lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat’iy miqdoriy nisbatlarda birikadi.
Shuning uchun kimyoda ekvivalent va ekvivalent massa degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega.
Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 g).
Masalan, suv molekulasida H2O kislorod atomining ekvivalenti 1/2 mol, ekvivalent massasi esa  g/mol ga teng.
Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas. Ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO —ohakda kalsiyning ekvivalenti va ekvivalent massasini topishda O — kislorodning bir ekvivalenti 8 g/mol ekanligini bilsak, 40 g/mol Ca ga 16 g/mol O to‘g‘ri kelsa, 8 g/mol O ga 20 g/mol Ca ekvivalent massasi to‘g‘ri keladi. Ca ning molyar massasini ekvivalent massaga nisbati
Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-biri bilan birikib, bir nechta birikma hosil qiladi. Demak, elementlar qaysi birikmada qancha miqdorda bo‘lishiga qarab hisoblangan ekvivalentligi va ekvivalent massasi turlicha qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda ayni bir elementning turli birikmalardagi ekvivalenti (ekvivalent massasi) bir-biriga nisbatan uncha katta bo‘lmagan butun sonlardan iborat bo‘ladi. Uglerodning ikki birikmasi bo‘lgan is gazi — CO va karbonat angidridi — CO2 da uning ekvivalent massasi mos ravishda 6 g/mol va 3 g/mol, ularning nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi.
Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta’sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta’sirlashadigan miqdoridir.

Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling