Hoshimov h. → adti qoshidagi akademik litsey


Download 322.16 Kb.
bet1/14
Sana22.04.2023
Hajmi322.16 Kb.
#1381845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ollomurd variant



KIMYO
2013-VARIANT



KIMYO 101

1. 49,6 g Na va K dan iborat aralashmaga suyultirilgan HNO3 ta`sir ettirilganda argonga nisbatan 10% og`ir bo`lgan 4,48 l (n.sh) gaz ajraldi hosil bo`lgan natriyli tuzning massasini (g) toping. Metallar faqat kislota bilan ta`sirlashadi deb hisoblang.


A) 34 B) 68 C) 17 D) 85

2. Tarkibi wc-27,3%; wo-72,7% bo`lgan moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo`lsa, uning kristall panjarasi qanday bo`ladi?


A) metall B) ion C) molekular D) atomli

3. 49 g 4% li H2SO4 va 31 g 5,26 % li NaOH eritmalari aralashtirilishidan hosil bo`lgan eritmaning (p=1,046 g/ml) pOH qiymatini aniqlang.


A) 12 B) 2 C) 1 D) 13

4. Magniy atsetat tuzi molekulasida nechta σ – va nechta π-bog`lar mavjud?


A) 14 ta; 2 ta B) 12 ta; 1 ta
C) 13 ta; 2 ta D) 12 ta; 2 ta

5. 0,1 M li 400 g (p=1,25 g/ml) alyuminiy sulfat eritmasidagi sulfat anionining mol miqdorini toping (suning dissotsilanishi hisobga olinmasin). Gidrolizlanish darajasi 5% ga teng.


A) 0,162 B) 0,061 C) 0,07 D) 0,096

6. Elementni bromidi va bromatlarining molyar massalari nisbati 1:1,522 ga teng. Noma`lum elementni aniqlang.


A) Mg B) Ca C) K D) Rb

7. Ba`zi vaqtlarda shisha ishlab chiqarishda soda o`rniga natriy sulfat va ko`mirdan foydalaniladi. Shu moddalar qo`llanganda shishaning hosil bo`lish jarayonida ajralib chiqqan gazlar aralashmasining havoga nisbatan zichligi 1,24 ga teng bo`lib, bu aralashma 2% li bromli suvning 1,6 kg ni rangsizlantira oladi. Bromli suv bilan ta`sirlashmay qolgan gazning hajmini (l,n.sh) toping.


A) 2,24 B) 3,36 C) 4,48 D) 1,12

8. 32 g mis va magniy qotishmasi sulfat kislotada eritilganda 8,96 l vodorod ajralgan bo`lsa, qotishmadagi metallarning massa ulushlarini aniqlang.


A) 40; 60 B) 20; 80 C) 50; 50 D) 70; 30

9. Qaysi birikmalarda kimyoviy bog`lanishlari yo`naluvchanlik xususiyatiga ega?


A) I2, HCl, PCl3, CO2 B) HBr, SO2, CO2, Na2SO4
C) Br2, PCl3, NaCl, CO D) KBr, HCl, NH3, CuO

10. 5 gramm 2 valentli noma`lum metall suv bilan ta`sirlashib 9,25 g M(OH)2 va 2,8 l (n.sh) gaz hosil qilgan bo`lsa, metallni va uning ekvivalentini toping.


A) Ca, 20 B) Na, 23
C) Mg, 12 D) Au, 98,5

11. Quyidagi qaysi oksidlar ta`sirida lakmus qog`ozi qizil rangga kiradi?


1) CO; 2) SO3; 3) N2O; 4) NH3;
5) NO; 6) Cr2O3; 7) N2O3; 8) SO2.
A) 2,5,7 B) 1,3,5 C) 1,4,6 D) 2,7,8

12. 3 g benzol gomologining nitrolanishidan 2,475 g bitta nitroguruh tutgan nitrobirikmalar aralashmasi hosil bo`ldi. Agar reaksiya unumi 60% bo`lsa, benzol gomologining formulasini toping.


A) C9H12 B) C10H14 C) C7H8 D) C8H10

13. 59,2 g spirtning oksidlanishidan 57,6 g aldegid hosil bo`lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotani Bariyli tuzini massasini (g) va undagi uglerod atomlari sonini hisoblang.


A) 179,2; 9,63*1023 B) 124,4; 19,264*1023
C) 224; 24,08*1023 D) 311; 48,16*1023

14. 50,16 g spirtning oksidlanishidan 49,02 g aldegid hosil bo`lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotani stronsiyli tuzini massasini toping.


A) 82,65 B) 41,325 C) 58,14 D) 290

15. A + B → C reaksiyada A moddaning konsentratsiyasi 0,6 mol/l dan 0,2 mol/l gacha kamaygan va reaksiya 2,5 min davom etgan bo`lsa, uning o`rtacha tezligini (mol/l*s) toping.


A) 2,4*10-3 B) 0,04 C) 0,204 D) 2,67*10-3

16. Maltoza gidrolizidan olingan glukoza massasi boshlang`ich disaxarid massasidan 45 grammga ortiq bo`lsa, undan olingan moy kislotani yetarli miqdordagi Mg metali bilan o`zaro ta`siridan qancha hajm (l,n.sh) gaz hosil bo`ladi?


A) 112 B) 56 C) 28 D) 67,2

17. Tarkibida 2,3% natriy va 97,7% simob bo`lgan 100 g amalgamaga mo`l suv ta`sir ettirilganda ajralib chiqqan vodorodning hajmini (l,n.sh) aniqlang.


A) 2,24 B) 6,72 C) 1,12 D) 4,48

18. Quyidagi elementlarni elektromanfiylik qiymati kamayib borish tartibida joylashtiring.


1) Ca; 2) Ba; 3) Cl; 4) Sr; 5) S; 6) Si; 7) Al; 8) P.
A) 3,5,8,6,7,1,4,2 B) 2,4,1,7,6,8,5,3
C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 8,7,6,5,4,3,2,1

19. 22,75 g Ca3P2 dan olingan fosfinning to`la yonishidan hosil bo`lgan fosfor (V) oksidning massasini (g) toping.


A) 18,25 B) 18,75 C) 17,75 D) 17,1

20. Massasi 120 g bo`lgan bir atomli to`yingan spirt namunasidagi barcha atomlar miqdori 22,5 mol bo`lsa, spirtni toping.


A) etanol B) prapanol C) butanol D) metanol

21. 29,8 g qattiq holdagi ishqoriy metallning xloridi konsentrlangan H2SO4 bilan ta`sirlashganda 200C harorat va 1,2 atmosfera bosimida 8 litr (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Noma`lum metallni toping.


A) Zn B) K C) Ca D) Na

22. Ikki xil modda o`zaro reaksiyaga kirishganda palag`da tuxum hidli A gaz hosil bo`ldi. Bu gaz mo`l miqdordagi kislorodda yonganda B gaz hosil bo`ldi. A va B gazlarning o`zaro ta`siri natijasida sariq rangli modda cho`kmaga tushsa, A va B gazlarni aniqlang.


A) H2S va SO2 B) H2 va SO2
C) SO2 va CO2 D) H2S va SO3

23. 400 g kadmiy 20% li kadmiy sulfat eritmasiga rux plastinka tushurildi. Plastinkaning chiqarib olinganda uning massasi 4,7 g ga ortgan bo`lsa, eritmada rux sulfatining massa ulushini (%) aniqlang.


A) 8,05 B) 9,4 C) 4,07 D) 16,1

24. 35,24 g alkanni ftorli hosilasi tarkibida 23,91 g ftor bo`lsa, shu moddaning formulasini aniqlang.


A) C2H5F B) CH3F C) C2H2F4 D) C2H3F

25. Xlorofill pigmenti tarkibida qaysi geterosiklik modda qoldig`i bor?


A) pirrol B) furan C) pirimidin D) pirrolin

26. Azot elementi faqat manfiy oksidlanish darajasiga ega bo`lgan molekulalarni aniqlang.


A) N2H4, (CH3)2NH B) HNO3, Ca(NO3)2
C) NH2Cl, NO2 D) NH4NO3, NH4Cl

27. Oltingugurt quyidagi qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?


1) H2O; 2) K2O; 3) HCl; 4) suyultirilgan H2SO4;
5) konsentrlangan H2SO4; 6) NaOH; 7) C.
A) 5,6,7 B) 3,4,5 C) 1,2,3 D) 2,4,6
28. Ammiak olish reaksiyasida kimyoviy muvozanat qaror topganda NH3 ning konsentratsiyasi 0,7 mol/l, vodorodniki 4,2 mol/l, azotniki 1,4 mol/l bo`lsa, ammiakning hosil bo`lish unumi nechaga teng?
A) 0,7 B) 0,2 C) 0,5 D) 0,8

29. Turli mamlakatlarda oppanol, vistaneks deb ataladigan kauchuksimon polimer tarkibida 6,02*1020 ta molekula bo`lib uning polimerlanishiga 5,6 g monomer sarflanadi. Reaksiya unumi 100% bo`lsa, polimerlanish darajasi nechaga teng bo`ladi?


A) 900 B) 90 C) 100 D) 1000

30. 13,44 litr (n.sh) uglerod atomlari soni 2 ta dan bo`lgan alkan, alken va alkinlar aralashmasi 46,4 g Ag2O tutgan ammiakli eritmasi bilan yoki 1200 g 8% li bromli suv bilan reaksiyaga kirishdi. Dastlabki aralashmani (%) tarkibini aniqlang.


A) 25%; 35%; 40% B) 66,6%; 22,2%; 11,1%
C) 44,4%; 33,3%; 22,2% D) 33,3%; 33,3%; 33,3%

31. ushbu yadro reaksiyasidan E va Fm o`zaro izoton bo`lsa, E tarkibidagi zarrachalarning necha % ni neytronlar tashkil qiladi?


A) 42,6 B) 44,0 C) 45,6 D) 44,7

32. 4,05 g EO tarkibli biror element oksidi 3,65 g HCl bilan reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, elementni aniqlang. Ularning to`la reaksiyaga kirishishini qaysi qonunga asoslanib isbotlash mumkin?


A) Zn; ekvivalentlar qonuni
B) Cu; Avogadro qonuni
C) Ba; tarkibning doimiylik qonuni
D) Au; hajmiy nisbatlar qonuni

33. Simob atomi valent elektronlarining (tashqi qobiq) kvant sonlarini (n, l, m, ms) aniqlang.


A) n=6, 6; l=0, 1; m=0, -1; ms=
B) n=6, 6; l=0, 0; m=0, 0; ms=
C) n=5, 5; l=2, 2; m=+1, +2; ms=
D) n=5, 6; l=2, 0; m=+2, 0; ms=

34. Tarkibida 72,758% II-valentli metall bo`lgan metall va simob (II) nitrat aralashmasi ochiq havoda qizirildi. Uning massasi deyarli o`zgarmadi. Aralashmadagi Me ni toping.


A) Ba B) Ca C) Zn D) Cd

35. +2 zaryadli ion hosil qiluvchi metaldan yasalgan va massasi bir xil ikkita plastinkaning birini mis (II) xlorid eritmasiga, ikkinchisini kumush nitrat eritmasiga tushirib qo`yildi. Bir oz vaqt o`tgandan keyin mis (II) xlorid eritmasiga tushirilgan plastinkaning massasi 0,3% ga kamaydi, ikkinchi plastinkaning massasi esa 0,65% ortdi. Mis (II) xlorid va kumush nitratning molyar konsentratsiyalari bir xilda kamaydi. Metallni aniqlang.


A) Zn B) Cd C) Cr D) Fe

36. 3,55 g E2O5 tarkibli oksid 0,025 mol ekanligi ma`lum bo`lsa, uning absolut (g) va nisbiy molekular massalarini hisoblang.


A) 22,3*10-22; 140 B) 23,2*10-22; 140
C) 23,6*10-23; 142 D) 23,2*10-22; 142



Download 322.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling