Hoshimov husanboy rasulov muslimbek


-§. YONISH. YONILG‘ILARNING TURLARI


Download 152.98 Kb.
bet15/39
Sana23.01.2023
Hajmi152.98 Kb.
#1111323
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
7-sinf mavzular ketma ketligida test. 56 ta mavzu.

24-§. YONISH. YONILG‘ILARNING TURLARI.

1.Inson tomonidan o‘rganilgan eng birinchi kimyoviy reaksiya qaysi?


A) birikish B) almashinish
C) yonish D) oksidlanish-qaytarilish

2. Yonish hodisasiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang?


A) kislorod ishtirokida ko‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik nuri ajralib chiqishi bilan kechadigan hodisalar.
B) nazoratdan chiqib ketgan alangalanish hodisasi.
C) moddalarni havoda yondirish uchun kerak bo‘ladigan haroratni hosil qilish.
D) tabiatda bo‘lib turadigan tasodifiy hodisalar to‘plami.

3. Alangalanish haroratiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang?


A) kislorod ishtirokida ko‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik nuri ajralib chiqishi.
B) nazoratdan chiqib ketgan alangalanish hodisasi.
C) moddalarni havoda yondirish uchun kerak bo‘ladigan harorat.
D) qizigan gaz va bug‘lar aralashmasi.

4. Alangaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang?


A) kislorod ishtirokida ko‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik nuri ajralib chiqishi.
B) nazoratdan chiqib ketgan alangalanish hodisasi.
C) moddalarni havoda yondirish uchun kerak bo‘ladigan harorat.
D) qizigan gaz va bug‘lar aralashmasi.
5. Yong‘inga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang?
A) yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan material.
B) nazoratdan chiqib ketgan alangalanish hodisasi.
C) moddalarni havoda yondirish uchun kerak bo‘ladigan harorat.
D) qizigan gaz va bug‘lar aralashmasi.

6. Moddalar yonishini ta’minlash uchun qanday ishlarni qilish zarur?


1) alangalanish haroratidan past haroratgacha sovitish; 2) alangalanish haroratigacha qizdirish; 3) kislorodni yetkazib turish;
4) kislorodni yetkazishni kamaytirish.
A) 1 B) 1,4 C) 2,3 D) 2

7. Alangani o‘chirish uchun qanday ishlarni qilish zarur? 1) alangalanish haroratidan past haroratgacha sovitish; 2) alangalanish haroratigacha qizdirish; 3) kislorodni yetkazib turish; 4) kislorodni yetkazishni kamaytirish.


A) 1 B) 1,4 C) 2,3 D) 2

8. Yonilg‘iga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang?


A) yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan material.
B) nazoratdan chiqib ketgan alangalanish hodisasi.
C) moddalarni havoda yondirish uchun kerak bo‘ladigan harorat.
D) qizigan gaz va bug‘lar aralashmasi.

9. Quyidagilar orasidan qattiq(a) va suyuq(b) yonilg‘ilarni tanlang?


1) spirt; 2) torf; 3) yog‘och;
4) mazut; 5) neft; 6) slanes.
A) a-2,3,4,6; b-1,5 B) a-3,4,6; b-1,2,5
C) a-1,4,5; b-2,3,6 D) a-2,3,6; b-1,4,5

10. O‘zbekistonda qattiq yonilg‘i – ko‘mir, asosan, qayerdagi konlardan qazib olinadi?


1) Usyurt; 2) Buxoro; 3) Sho‘rtan; 4) Janubiy-G‘arbiy Hisor; 5) Sharg‘un; 6) Angren;
7) Muborak; 8) Boysun; 9) Farg‘ona.
A) 1,2,4,9 B) 3,7 C) 5,6,8 D) 2,5,9

11. O‘zbekistonda ko‘mir zaxirasi qancha tonnadan ortiq hisoblanadi?


A) 1 milliard B) 4 milliard
C) 2-3 milliard D) 2 milliard

12. Suyuq yonilg‘i - neft qayerdagi konlardan ko‘plab qazib olinadi?


1) Usyurt; 2) Buxoro; 3) Sho‘rtan; 4) Janubiy-G‘arbiy Hisor; 5) Sharg‘un; 6) Angren;
7) Muborak; 8) Boysun; 9) Farg‘ona.
A) 1,2,4,9 B) 3,7 C) 5,6,8 D) 2,5,9

13. Respublikamizda eng yirik tabiiy gaz konlari qayerlarda joylashgan?


1) Usyurt; 2) Buxoro; 3) Sho‘rtan; 4) Janubiy-G‘arbiy Hisor; 5) Sharg‘un; 6) Angren;
7) Muborak; 8) Boysun; 9) Farg‘ona.
A) 1,2,4,9 B) 3,7 C) 5,6,8 D) 5,7

14. Laboratoriya sharoitida kislorod quyidagi moddalarning qaysilaridan olinadi?


1)HgO; 2) KMnO4; 3) KСlO3; 4) H2O2.
А)1 B)2,4 C) 2,3 D) 1,2,3,4

15. Temir kislorodda yonganda qanday birikma hosil bo‘ladi?


A) FeO B) Fe2O3 C) Fe3O4
D) temir kislorodda yonmaydi

16. Quyidagi moddalarning qaysilari kislorod bilan reaksiyaga kirishib, faqat qattiq modda hosil qiladi?


1) C; 2) CS2; 3) S; 4) P; 5) CH4; 6) Cu.
A) 1,3,4,6 B) 2,5 C) 4,6 D) 4

17. 1 moldan olingan quyidagi moddalardan qaysi birining yonishi uchun ko‘p kislorod kerak bo‘ladi?


A) S В) P C) H2 D) CH4

18. Oltingugurtni yondirish uchun 16 g kislorod sarflandi. Bu miqdordagi kislorodda nechta kislorod atomi bo‘ladi?


A)3,01•1023 B) 6,02•1023
C) 9,03•1023 D) 12,04•1023

19. 18 g uglerodni to‘liq yondirish uchun necha litr kislorod kerak?


A) 33,6 B) 22,4 C) 11,2 D) 5,6

20. Quyidagi moddalardan qaysi birida kislorodning massa ulushi ko‘proq?


А)Аl2O3 B) Fe2O3 C) Cr2O3 D) H2O

21. «А» modda qizdirildi va kislorodli bankaga tushirildi. Natijada banka ichi oq rangli tutun bilan to‘ldi) «А» moddani aniqlang?


A)C B)S C) Fe D) P

22. 0,25 mol kislorodning massasini va shu miqdordagi molekulalar sonini hisoblang?


A) 8 g va 1,505•1023 C) 16 g va 3,01•1023
B) 12 g va 2,2575•1023 D) 24 g va 4,515•1023

23. Quyidagi yonilg‘ilardan qaysi biri yonganda suv hosil bo‘ladi?


A) barcha yonilg‘ilar yonganda
C) tabiiy gaz yonganda
B) ko‘mir yonganda
D) tabiiy gaz va qattiq о‘tin yonganda



Download 152.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling