Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet23/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Teskari ulab tormozlash. Teskari ulash rejimi deb dvigatel yakori kinetik yoki potensial energiya zaxirasi bilan aniqlanadigan momentlar
ta’siri ostida (elektromagnit moment ta’siriga nisbatan) teskari tomonga aylanishga aytiladi.
Agar teskari ulanish rejimi kichik qarshilik RTR ulangan holda amalga oshirilsa va yangi mexanik tavsif 4 nuqtadan o‘tadigan nur bo‘lsa, u holda (teskari ulanib) tormozlash rejimi 5 nuqtada tugamaydi. Dvigatel reverslanib 6 nuqta koordinatalari bilan aniqlanadigan dvigatel rejimiga o‘tib ketishi mumkin (2.9- rasm).
Reversning oldini olish uchun mexanik tavsifda dvigatel 5 nuqtaga yetganda uni tarmoqdan uzib, mexanik tormozlash usuli qo‘llanadi.
Aktiv qarshilik momenti bo‘lgan teskari ulab tormozlash rejimi yakor zanjiriga katta RTR qarshilik
2.9- rasm. Reaktiv statik moment bo‘lganda va teskari ulanish rejimida dvigatelning ulanish sxemasi (a)
hamda mexanik tavsiflari (b).

kiritish bilan amalga oshirilib, bu holda yakordagi qutblar o‘rni almashtirilmaydi (2.10- rasm).


Bu holda potensial kuchlar ta’siri ostida yakor tormozlanadi. Shundan so‘ng dvigatel teskari tomonga aylanib EYK o‘z ishorasini o‘zgartiradi. Shuning uchun to‘rtinchi kvadrantda ishlaganda dvigatel toki oldingi yo‘nalishni saqlab qoladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:




R R
I = U ( E )= U E .
(2.33)



2.10-rasm. Aktiv statik moment bo‘lganda dvigatelning ulanish sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b).

Dvigatelni dvigatel rejimidan tormozlab teskari ulanish rejimiga o‘tish jarayoni 2.10- rasmda keltirilgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu holda tormozlash rejimini RTr qarshiligiga bog‘liq holda



turli tezliklar (wq< 0) bilan ta’minlash mumkin va bunda yuritmaning to‘la to‘xtashi ham ta’minlanadi (6 nuqta).
Yuritmaning -wq tezligi bilan ishlashi ko‘tarish-transport qurilmalarida qo‘llaniladi va bu yukni kuchli ravishda tushirish deyiladi. Shuni ta’kidlash joizki, RTr hamda 1 nuqta qiymati bilan aniqlanadigan yuritmaning bir holatidan reaktiv moment ta’sirida (2.9- rasm b dagi 3 nuqta) w = 0 tezlikka erishish jarayoni aktiv moment
bo‘lgandagiga nisbatan (2.10- rasm b dagi 3 nuqta) tezroq kechadi.
Bu holat yuritma I kvadrantda ishlayotganda dinamik moment va shundan kelib chiqqan holda sekinlashish momentlari yig‘indisi bilan emas, balki ularning ayirmasi bilan aniqlanadi, ya’ni:


Mdin = (M - Mq) < 0 (2.34)

Energiyani tarmoqqa qaytarib generatorli tormozlashga nisbatan teskari ulab, tormozlash rejimida dvigatelga tarmoqdan Pel va mexanizmga -Pm quvvati beriladi. Bu holda quvvat isrofi:


DP = Pel + Pm = UI + EI = I2R (2.35)


Shunday qilib, teskari ulanish rejimida yuritmani zudlik bilan tormozlab to‘la to‘xtatiladi. Lekin tormozlash jarayonida tarmoqdan sezilarli darajada energiya iste’mol qilinadi. Bu esa dvigatel chulg‘amlarini hamda qarshiliklarni qizishga olib keladi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling