Hoshimov, S. S
MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATEL YAKORI ZANJIRIGA ULANADIGAN QARSHILIKLARNI
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATEL YAKORI ZANJIRIGA ULANADIGAN QARSHILIKLARNIHISOBLASH Yuritmani loyihalashda ishga tushirish, dinamik tormozlash yoki teskari ulash rejimlarida turli mexanik tavsiflarni olishda dvigatel yakoriga ulanadigan qo‘shimcha (tashqi) qarshiliklarni hisoblash kerak bo‘ladi. Bunda o‘zgarmas magnit oqimida ishlayotgan mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli uchun absolut yoki nisbiy birliklarda keltirilgan elektromexanik tavsiflardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yakor qarshiligi rya ning nisbiy qiymatini hisoblashda va uning qiymatini ordinata o‘qiga 2.13- rasmda ko‘rsatilganidek i = 1 holat uchun qo‘yib, nisbiy tabiiy elektromexanik tavsif 1 ni olamiz. Agar M = Mnom bo‘lgandagi yuritmaning w1 tezlikka ega bo‘lgan sun’iy tavsifini qurish kerak bo‘lsa, u holda bu tezlikning nisbiy qiymati n1(n1 = w1w0-1)ni aniqlash va grafikka ushbu qiymatni nisbiy tok i = 1 bo‘lganda qo‘yish kerak. 2.13- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelni ishga tushirish diagrammasi (a) va rezistor seksiyalarinihg ulanish sxemasi (b). Hisoblayotgan mexanik tavsifga 2 to‘g‘ri chiziq mos keladi. Tenglik (2.24) asosida quyidagini aniqlaymiz: rya + rqo‘sh= 1-n1 (2.36) bu yerda: rqo‘sh= 1-n1-rya (2.37) qo‘shimcha qarshilikning absolut qiymati Rqush= = rqo‘sh•Rnom. Ishga tushirish rezistorlari seksiyalarini hisoblash uchun pog‘ona qarshiliklarini qayta ulashdagi toklarning eng katta I1 va eng kichik I2 qiymatlarini belgilaymiz (2.13- rasm, a). I1 ning qiymatini kommutatsiya shartidan kelib chiqqan holda maksimal tok qiymatiga yaqin qilib tanlaymiz. Masalan, PBST rusumli dvigatellar uchun I1 = (3,5ѐ4,0)Inom (2.38) Tok I2 ning qiymati yuklamaning statik toki qiymatidan 10—50% ortiq qilib qabul qilinadi. Toklarning ushbu chegaralarda o‘zgarishiga qarab 2.13- rasm, a da ko‘rsatilgan dvigatelning ishga tushirish diagrammasi quriladi va bunda I1, I2 toklarni rezistorlarning har bir ulanishida bir xil qiymatga teng bo‘lishini ta’minlash kerak. Shundan so‘ng yuqorida keltirilgan uslub asosida har bir pog‘ona qarshiliklarining nisbiy qiymati aniqlanadi. Bundan tashqari ishga tushirish qarshiliklari seksiyalarini hisoblahsning analitik usulini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun sxemaga 2.13- rasm b da ko‘rsatilgan belgilashlarni kiritamiz. Avval dvigatel yakor zanjirida Rya qarshilik bilan tarmoqqa ulanadi (2.13- rasm a dagi nuqta). Seksiya Rm-m + 1 v nuqtada o‘chiriladi va dvigatel yakor zanjirida Rm-1 qarshilik bilan keyingi mexanik tavsifga o‘tadi (c nuq- taga). Shundan so‘ng ishga tushirish seksiyalarining ayrimlarini chiqarish davom etadi va oxirida dvigatel tabiiy mexanik tavsifga chiqariladi (lmw0, nuri). Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, m pog‘onadan o‘tishda quyidagini olamiz: I1= (U-Em)/Rm-1; I2= (U-Em)/Rm, (2.39) bu yerda: Em — dvigatelning B va c nuqtalaridagi EYK. Shunday qilib, I1/I2 = Rm/Rm-1= l I1, tokining eng yuqori qiymati va I2 tokining eng pastki qiymatlarining tengligidan hamma pog‘onalar uchun qurilgan diagrammalardan quyidagilarni olamiz: I1/I2 = Rm/Rm-1 = Rm-1/Rm-2 = ... = R2/R1 = R1/Rya (2.40) (2.39) va (2.40) ifodalar asosida quyidagini aniqlaymiz: R1= l Rya; R2= l R1 = l 2Rya; ................................ R = l R = l m1R ; m 1 m 2 ya , Rm= l Rm 1= l m Rya. (2.41) bu yerdan (2.42) yoki
m= lg Rm (lgl )1 Rya (2.43)
Ishga tushirish qarshiliklarining seksiyalari quyidagicha hisoblanadi: dastlab (2.37) va (2.38) tenglamalarga asosan l0 ning taxminiy qiymati beriladi. So‘ngra Rm =UI1-1 qiymati aniqlanadi. (2.43) tenglama bo‘yicha pog‘onalar soni m0 kasrli son chiqadi, uni butun songacha yaxlitlanadi. So‘ngra (2.42) tenglama bo‘yicha l ning keyingi hisoblashlarda qo‘llaniladigan yaxlit qiymati aniqlanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, l qiymatini aniqlashda faqat I2 qiymatini o‘zgartirish mumkin va u Iq dan katta bo‘lishi darkor. Har bir seksiyalar qarshiligi (2.13- rasm, b) quyidagi tenglamalar orqali topiladi: R12= R1- Rya= l Rya- Rya= Rya( l - 1); R23= R2- R1= l 2 Rya- l Rya- l Rya= R2 l ( l - 1); . ............................................... R = R R = ...= R l m2( l - 1); ( m 1) m m 1 m 2 ya R = R R = ...= R l m1( l - 1). m ( m 1) m m 1 ya (2.44) Real elektr yuritmalarni loyihalashda turli tuzilishdagi rezistorlarning issiqlik hisobi bajarilib, shunga asosan katalogdan mos kelgan elementlar tanlanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling