Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet27/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Savol va topshiriqlar





  1. Elektr dvigatelning mexanik tavsifi deganda nimani tushunasiz?

  2. Mexanik tavsif turi qanday tanlanadi?

  3. Nisbiy birlik nima va u qanday aniqlanadi? Kuchlanish, tok va qarshiliklarni nisbiy birliklarda ifodalang.

  4. Moment va tezlikning nisbiy birliklarini aniqlang.

  5. Yakor zanjiri EYK muvozanat tenglamasini keltiring.

  6. Dvigatel mexanik tavsifi tenglamasi qanday ko‘rinishga ega va u nimalarga bog‘liq?

  7. Dvigatel elektromexanik tavsifining tenglamasi qanday ko‘rinishga ega?

  8. Dvigatelning tabiiy tavsifi deganda nimani tushunasiz?

  9. Dvigatelning sun’iy tavsiflari qanday olinadi?

  10. O‘zgarmas tok dvigateli qanday qilib ishga tushiriladi?

  11. Nima uchun o‘zgarmas tok dvigatelini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgarmas tok tarmog‘iga ulab ishga tushirish mumkin emas?

  12. Dvigatelni dinamik tormozlash qanday amalga oshiriladi?

  13. Teskari ulab tormozlash sxemasini chizib ko‘rsating.

  14. Reaktiv qarshilik momentida teskari ulab tormozlash qanday amalga oshiriladi?



    1. KETMA-KET QO‘ZG‘ATISH HULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK TAVSIFLARI


Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar transport vositasida, xususan, metropolitenda, trolleybus va tramvaylarda, zavod sexlarida harakatlanadigan transport vositalarida, shaxtalardagi o‘zi yurar vagonchalarda keng qo‘llaniladi. Chunki bu mexanizmlarda bitta trolley (maxsus konfiguratsiyali tok o‘tkazgich simi) qo‘llaniladi. Bundan tashqari ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli kuchlanish kamayganda ham me’yorida ishlaydi, bu esa trolley orqali uzoq masofaga elektr uzatish imkonini beradi. Bu dvigatellar mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarga nisbatan yana ikkita asosli afzallikka ega bo‘lib, ulardan biri, mexanizmda yuklama ortib ketganda, tok bo‘yicha bir xil o‘ta yuklanishda momentni katta qiymatga oshiradi. Ikkinchi afzalligi esa, qo‘zg‘atish chulg‘ami simlarining ko‘ndalang kesimining kattaligi, ularning o‘ramlari orasidagi kuchlanishning kichikligi, qo‘zg‘atish chulg‘ami maydonining so‘ndirish tizimi mavjudligi tufayli yuqori ishonchlilikka egaligidadir. Shuning uchun elektrotexnika sanoati bunday mashinalarning turli seriyalarini ishlab chiqarishda davom etmoqda. Masalan, kran va metallurgiya dvigatellari 2,5 kW dan 185 kW gacha quvvatga, (2,7—5,0) Mnom ga ega bo‘lgan maksimal momentli ДС, ДП va boshqa rusumdagi dvigatellar ishlab chiqarilmoqda.


Ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarda qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor bilan ketma-ket ulanadi va magnit
oqimi yakor tokining funksiyasi bo‘lib qoladi. Shuning uchun yuklama ortganda tezlikning pasayishi nafaqat kuchlanish tushishining ortishidan, balki magnit oqimi ortishi hisobiga ham hosil bo‘ladi. Bu bilan mexanik tavsiflarning ayniqsa, kichik yuklamalarda katta qiyalikka ega ekanligini ham izohlash mumkin.
Agar mashina magnit tizimini to‘yinmagan deb hisoblasak, u holda uning magnit oqimi tokka to‘g‘ri proporsional deb qabul qilinadi. U holda quyidagini yozish mumkin:



F = aI; =
(2.49)

O‘zgarmas tok mashinasi uchun mexanik tavsif ifodasidan va (2.49) bog‘lanishdan foydalanib, quyidagini olamiz:


w= U R M =  R

yoki
CE


CECM Ф 2
CE a
(2.50)

w= а - b,
(2.51)

bu yerda: a = U (CEa)-0,5; b = R(CEa)-1. (2.50) ifoda giperbola tenglamasi bo‘lib, uning bitta asimptotasi ordinata o‘qi, ikkinchisi ega abssissa o‘qiga parallel va B masofada pastroqdan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqdir.


Zamonaviy dvigatellarning magnit tizimi nominal rejimda anchagina to‘yingan bo‘lib, w = f (M) giperboloik bog‘lanish esa faqat kichik yuklamalardagina mavjud bo‘ladi.
Shuning uchun hisoblashlarda dvigatellarning ish tavsiflaridan foydalaniladi. Bunday n = f (Iq.ch), M = f (Iq.ch) va (E/n) = f (Iq.ch) kabi

tavsiflar elektr mashinalarning barcha rusumlari uchun kataloglarda berilgan bo‘ladi.
Bunday tavsiflar, agarda nisbiy birliklarda berilsa, ular universal tavsiflar deyiladi (2.16- rasm). Bu yerda bazaviy qiymatlar sifatida nominal: Unom, nnom, Inom, Mnom, rnom qiymatlar qabul qilinadi. ДП rusumli o‘zgarmas tok mashinasining universal tavsiflari 2.16- rasmda keltirilgan bo‘lib, bu yerda: M = f (iya) bog‘lanishdagi momentning qiymati elektromagnit momentning emas, balki dvigatel o‘qidagi momentning qiymatini ko‘rsatadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling