Elektr yuritmalarni rostlashning zamonaviy tizimlari teskari bog‘lanishlar hisobiga aylanish tezligi diapazonini anchagina kengaytirish imkonini beradi. Turli sanoat mexanizm va mashinalari turli
Bu yerda w
i va w
i-1,
mos ravishda i- va
i-1- rostlash pog‘onasidagi
tezliklar. Mazkur tezlikdan mumkin bo‘lgan darajadagi yaqin tezlikka sakrash qancha kam bo‘lsa, ravonlik shuncha yuqori bo‘ladi. Bir rostlash pog‘onasidan ikkinchisiga ravonlik bilan o‘tish ishlov berilayotgan mahsulot sifatini belgilaydi. Amalda ikkita tezlikka ega bo‘lgan asinxron dvigatellar eng kam rostlash ravonligiga ega. O‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakorga qo‘yilayotgan kuchlanishni yoki qo‘zg‘atish chulg‘amidagi magnit oqimini o‘zgartirib rostlanadi.