Yuritmani rostlashdagi tejamkorlik uni yaratish va foydalanishga ketgan sarf-xarajatlar bilan tavsiflanadi.
Tejamkorlikni baholashda rostlash jarayonidagi energiya isrofining kamligi katta ahamiyatga ega. Tezlikni rostlashda hosil bo‘ladigan quvvat isrofi DP yuritma FIK aniqlaydi:
h= P2 P2+ D P
bu yerda: P2 — dvigatel o‘qidagi quvvat.
Rostlashning turli usullari uchun tezlikni rostlashdagi energiya isrofi turlicha bo‘ladi. Agar rostlash kuchli (yakor, stator, rotor) zanjirda amalga oshirilsa nisbatan katta, qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjiri orqali amalga oshirilganda esa anchagina kichik qiymatga ega bo‘ladi. Chunki o‘zgarmas tok qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjirining quvvati yakor zanjiri quvvatining 1—5% ni tashkil qiladi.
Berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi yuklama momentini berilgan og‘ishida aylanish tezligining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va u mexanik tavsifning qattiqligiga bog‘liq tavsif qancha qattiq bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Agarda tezlik rostlanayotganda tavsif qattiqligi o‘zgarsa, u holda tezlikning berilgan qiymati atrofida tebranishi ham o‘zgaradi.
Tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish, ya’ni tezlikning asosiy tezlikka nisbatan ortishi yoki kamayishi rostlash turiga bog‘liq. Asosiy tezlik kuchlanish va magnit oqimining nominal qiymatlariga mos keladi. Bu tezlik, dvigatel zanjirlarida hech qanday tashqi qarshilik bo‘lmaganda olinadi, ya’ni w ning asosiy nuqtasi tabiiy mexanik tavsifda bo‘ladi. O‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Dvigatel rejimida bir xil yuklamada dvigatel tezligi qarshilikni oshirganda kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qarshilikni o‘zgartirib (kiritib) rostlash asosiy tezlikka nisbatan faqat pastga qarab amalga oshiriladi. Bunga teskari ravishda magnit oqimini kamaytirib rostlash esa normal yuklamalarda tezlikning ortishiga olib keladi, ya’ni bu holda rostlash asosiy tezlikdan yuqori tezlikka tomon amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |